Qo‘shimcha manbalarni o‘rganish. Mavzuga oid asarlar,
taqrizlar, tanqidiy maqolalar, biografik materiallar, fan va
madaniyat tarixiga oid asarlar tegishli ma’lumotnoma-nashrlar
va bibliografik qo‘llanmalar yordamida topiladi va o‘rganiladi.
Ma’lumotlarni to‘plash. Asarlarga annotatsiya berishda muallif
haqida avtobiografik ma’lumotlar, asarning hozirgi davr uchun
ilmiy va badiiy qimmati haqida ma’lumot beriladi. Zamonaviy
asarlarga annotatsiya berishda, unga haqqoniy va obyektiv baho
beriladi, muallifining shaxsiy tasavvuri yoki taassurotiga suyanib
qolish kerak emas. Ba’zida muallif fikri, ba’zi annotatsiyalarda
tanqidchi fikri, voqea yoki hodisa ishtirokchisi, mualliflar xotirasi
keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |