Asar matnini tahlil qilish. Asar turi (alohida, to‘plam, ko‘p
jildli nashrning bir qismi, ruknli nashrning qismi) aniqlanadi.
qaysi masala, muammo, mavzu yoki bilim sohasiga bag‘ish-
langanligi ko‘rsatiladi. Nashr tuzilishi va materialning guruh-
lanishiga e’tibor qaratiladi. Materialning qay usulda berilishini
yoki izohlanishini aniqlash kitobxonlar guruhini aniqlashga
yordam beradi. Tahlilda so‘zboshi, kirish so‘zi, eslatmalardan,
qo‘shimcha tanqidiy materiallardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |