Xolding kompaniyalari - - korporatsiya shakllaridan biri. Xolding kompaniyasi
tarkibiga kiaivchi aksionerlik jamiyatlari ,,aksiyalarining nazoratpaketi" kompaniyaning
ixtiyorida bo'ladi. Bundan maqsad yagona tarmoq va ilmiy-texnikaviy siyosat yurgizish,
umumiy manfaatlar yo'lida aksionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o’rnatish va
dividendlar ko'rinishida foy da olishdir. Xolding kompaniyasiga misol tariqasida
mamlakatimizda tashkil etilgan 15 ta qishloq xo'jalik mashinasozlik korxonalarini
birlashtirgan ,,Otzqishloqxo’jalikmashxolding", ,,O’zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" va
,,O’zbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyalarini kiritish mumkin. Shuningdek,
,,O'zbekyengilsanoat" kompaniyasi, ,,o'zqurilishmaterial" davlat aksiyadorlik kompaniyalari
ham faoliyat ko'rsatmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |