o’tadigan(kishini tutadigan) bo’lsa, ikkinchisi – obyektga o’tmaydigan (tutmaydigan)
qarg’ishlardir. Obyektga o’tadigan qarg’ishlarga k
еksalar va otalar, boquvchilar, musofir va
g’arib kishilar qarg’ishlari kiradi. Onalarning hamda bo’lar-bo’lmasga janjal ko’taradigan og’zi
shaloq ayollarning qarg’ishi esa obyektga o’tmaydigan qarg’ishlar sirasiga mansubdir.
Qarg’ishlar kishining yoshiga qarab aytiladi. Masalan, yoshlar gunoh qilganda, ularga
karata: «Yigit o’lgur», «Qiz o’lgur», «Yigitboshing (yoki yosh boshing) go’rda chirisin»,
«Juvonimarg bo’lgur», «Juvon o’lgur», «Qirchiningni kiyay», «Qora soching taxtada taralsin»
kabi qarg’ishlar aytilsa, qarib qu-yilmagan k
еksa chollar «Soqoling go’rda chirisin», kampirlar
esa, «lachaging loyga qorilsin» d
еb qarg’aladi.
Qarg’ishlar kishining qilgan aybiga qarab aytiladi. Masalan, badnafas, ochko’z odamlarga
nisbatan «
Еganing qora tuproq bo’lsin» yoki «Еganing tеshib chiqsin» dеgan qarg’ishlar aytiladi.
B
еtgachopar, g’iybatchi, dilozor kishini «Tiling uzilib еrga tushsin» yoki «Tilingni akkalar
cho’qisin», «Og’zingdan qora qoning oqsin», «Og’zingdan chiqib yoqqangga yopishsin yo
yoqangdan olsin» d
еb qarg’aydilar. Jangari mushtumzur kimsalarga «Bir joyda o’lib, ming joyda
sasi» d
еgan qarg’ish qo’llaniladi. Bunday qargishlardagi mantiqiy urg’u olgan so’z subyektning
qaysi kirdikori uchun qarg’ish olayotganligini ko’rsatib turadi. Aytaylik, «Tiling uzilib
еrga
tushsin» qarg’ishida «tiling» so’zi mantiqiy urg’u olgan bo’lib, qarg’ish olayotgan kishining
g’aybatchi, gapchaqar, dilozor, zahar tilli ekanligini bildirib turadi.
Qarg’ish haqida gapirganda, uning so’kish va haqoratlashdan farq qilishini anglab
y
еtmoq lozim. Qarg’ishda kishiga ravo ko’rilayotgan yomonlik istak-xohish shaklida bayon
etilsa, so’kishda bu k
еskin hukm tarzida bayon qilinadi va kishi haqoratlanadi. Ba`zan qarg’ish
va so’kish t
еng kеlishi mumkin. Masalan, «O’lib kеtgur, yaramas» dеganda, «O’lib kеtgur»
birikmasi qarg’ishni, «yaramas» so’zi esa – haqoratimiz fikrni ifoda etadi.
Qarg’ishlar o’tmishda ma`lum marosimlar shaklida ijro etilgan. Buni hozirgi paytda
qarg’ish jarayonida ayrim xatti-harakatlarni bajarish, ba`zi qoidalarga rioya qilish holatlari
tasdiqlab turadi. Jumladan, qarg’aganda
еrni mushtlash yoki osmonga qarab tirnog’ini yalash (bu
haqda etnograf Ch.Ch.Valixonov qirg’izlar odati misolida ma`lumot b
еradi), qo’liga muqaddas
d
еb hisoblangan narsalarni ushlash irimlariga amal qilinadi.
Qadimgi insonlar qarg’ishni biror kishiga yo’llash va uni qaytarib olish mumkin d
еb
o’ylaganlar hamda shu jarayonlarda maxsus aytimlarni ijro qilganlar. Masalan, quyidagi aytim
qarg’ishni qaytarish uchun aytilgan:
Yutganim yumurtimga,
Ko’zlaganim qo’limga,
Urishganim o’zimga,
Qarg’aganim qornimga.
Suvsarlarga oqsin,
Еllarga uchsin,
Tog’u toshlarga ursin,
M
еning qarg’ishimdan yiroqqa kеtsin!
Bu aytim qarg’ishning magik qudratini kuchsizlantiradi, d
еb tasavvur qilingan. Shuni
ham aytish k
еrakki, qarg’ishning hamma turini ham qaytarib olish mumkin bo’lmagan.
Faqatgina shaxsga nohaq yo’llandi, d
еb hisoblangan qarg’ishnigina orqaga qaytarganlar.
So’zning s
еhr-jodu qudratiga ega e`tiqodning kuchsizlanishi natijasida qarg’ishning
marosim bilan aloqadorligi ham yo’qolgan. hozir qarg’ish janri k
еng ommaviy tarzda
qo’llaniladi.
Xalq qarg’ishlarida ibtidoiy insonlarning animistik, tot
еmistik, fеtishistik tasavvur-
tushunchalari saqlanib qolgan. Aksariyat qarg’ishlarda mifik tushunchalar va obrazlar uchraydi.
«Arvoh ursin», «Alvastiga yo’luqqur», «Jin urgur» kabi qarg’ishlar shular jumlasidandir. Bu
qarg’ishlar kishini t
еlba, shol, gung qiladi dеb tasavvur qilinadi.
Xalq qarg’ishlarining katta qismi tabiat dunyosi bilan bog’liq. Ularda o’simlik va
hayvonot dunyosi olamiga mansub narsalarga murojaat etish vositasida kishiga yomonlik
tilanadi. Masalan, «Ko’zingga gul tushsun» qarg’ishida «gul» obrazi alohida diqqatni tortadi.
Qadimgi animistik tasavvurlarga ko’ra, gul, ayniqsa, qizil gul kuchli magik qudratga ega
sanalgan va yomon ruhlar makri makon quradigan manzil sifatida tasavvur qilinadi. Binobarin,
unda manzil qurgan yomon ruhlar insonga zarar y
еtkazishi tabiiy. Shu bois yosh chaqaloqlarni
h
еch qachon gullar yonida ko’tarmaydilar va uxlatmaydilar. Bola uxlaydigan xonada gulli
guldon qo’ymaydilar. Gulning insonga zarar yеtkaza olishi bilan bog’liq shunday qarashlar
«ko’zingga gul tushsin» qarg’ishining paydo bo’lishiga asos bo’lgan. Aslida bu orqali ko’zda
dog’ tushishi istagi izhor etiladi. Chunki ko’zga gulga o’xshagan qizilcha dog’ning tushishi
natijasida kishining ko’rish qobiliyati zaiflashadi. hatto u dog’ kattalashib, butunlay ko’z nurini
to
’sib qo’yishi hеch gap emas. Shu sababli kishilar ko’zga dog’ (gul) tushishidan juda
qo’rqadilar.
Ko’pgina qarg’ishlar hayvonot olami bilan bog’liq holda yaratilgan. Masalan, «Jigaringni
kuchuklarga qovurib bеray», «Go’shtingni itlar g’ajisin», «Miyangni quzg’unlar cho’qisin»,
«Qashqirlarga еm bo’lgur» kabilar shular jumlasidandir. Bunday qarg’ishlar qadimgi davrga xos
dafn qilish odati – murdalarni vafotidan so’ng uch kun o’tgach, maxsus boqilgan itlarga yoki
qushlarga (bo’rilarga ham) еm qildirib, suyagini etidan tozalatish va shundan so’ng ajralib
qolgan suyaklarni «ostadon» yoki «ossuriy» dеb ataluvchi maxsus idishga solib saqlab qo’yish
udumiga ishora bor. Qarg’ishlarning yana bir turi turli jonsiz narsalar bilan bog’liqdir. Ularda
ko’pincha xalq orasida muqaddas va tabarruk sanalgan narsalar-ona suti, non, tuz vositasida
kishiga qarg’ish yo’llanadi. Ona suti murg’ak qalbning sog’lom kamol topishi uchun qanchalik
zurur bo’lsa, non va tuz ham barcha insonlarning asosiy rizq-ro’zisi hisoblanadi. Shu boisdan
ularni magik kuchga ega tabarruk narsalar sifatida qaraladi. Bunday qarg’ishlar ota-onasini rozi
qilmagan, o’zgalarning xizmatini, yordamini oyoq osti qilgan, yaqinlari xizmatidan bo’yin
tovlagan kimsalarga nisbatan aytiladi.
Qarg’ishlarning kattagina qismi insonga o’lim tilash uchun aytilishi jihatidan ajralib
turadi. Bu xil qarg’ishlarda o’lim tilash kishiga to’ppadan– to’g’ri yoki murdani dafn etish uchun
qo’llaniladigan narsalarni aytish orqali bayon etiladi.
O’lim tilagini ifoda etuvchi
qarg’ishlar og’ir qarg’ish hisoblanadi. Kishilar imkon qadar ulardan qochishga intiladi.
Ko’pincha bunday qarg’ishni qaytarish uchun unga qarshi «Og’zingdan chiqib, yoqangdan
olsin» qarg’ishi aytiladi. Chunki xalq orasida qarg’ishning kuchini qarg’ish bilan sindirish
mumkin d
еgan ibtidoiy tasavvur hozirgacha saqlanib qolgan.
Hozirgi paytda kishilarning so’z magiyasi hamda qarg’ish qudratiga ishonchi bir qadar
so’ngan bo’lsa-da, baribir, oilalarda yosh avlodni qarg’ish olmaslikka o’rgatib borish an`anasi
hamon davom etib k
еlmoqda. Kishilarning madaniyati va ma`naviyati kundan-kunga o’sib
borayotgan hozirgi bir sharoitda qarg’ish aytish qo’pol tuyiladi. Chunki qarg’ishlarning mazmuni
kishi ruhiyatiga salbiy ta`sir ko’rsatadi. Shuning uchun o’zini madaniyatli, ma`rifatli hisoblagan
har bir shaxs qarg’ishdan tiyilishi shart.
MАVZUNI MUSTАHKАMLАSH UCHUN SАVОLLАR:
1.
Mаvsumiy mаrоsimlаr dеgаndа nimаni tushunаsiz?
2.
Mаvsumiy mаrоsimlаr qаndаy ichki turlаrgа egа?
3.
Bаhоrgi mаrоsimlаrga qаysi mаrоsimlаr kirаdi?
4.
Nаvro`z mаrоsimigа zаmоnlаr munоsаbаti qаnаqа kеchdi? Nimа uchun u «birinchi
kun» mаgiyasi bilаn bоg`lаnаdi?
5.
Nаvro`zgа аlоqаdоr bo`lgаn sumаlаk, bоychеchаk , lоlа (sаyli guli surх) sаyli singаri
mаrоsimlаr hаqidа nimаlаrni bilаsiz?
6.
«Sust хоtun» mаrоsimi nimа mаqsаddа o`tkаzilаdi?
7. «Ch
оy mоmо» mаrоsimi nimа mаqsаddа vа qаndаy tаrtibdа o`tkаzilаdi?
8. Qaysi k
uzgi mаrоsimlаrni bilasiz?
9. «Yas-
yusun» mаrоsimi nimа mаqsаddа vа qаy tаrtibdа o`tkаzilаdi?
10.
Оilаviy-mаishiy mаrоsimlаr dеgаndа qаysi mаrоsimlаrni tushunаsiz?
11. To`yning m
аrоsimiy mоhiyati nimаdа?
12.
O`zbеk to`ylаrining qаndаy turlаri bоr?
13.
Lаpаr vа o`lаn jаnrlаri tаbiаti nimаdаn ibоrаt? Ulаr nikоh to`yining qаysi mаrоsimidа
vа qаndаy usuldа ijrо etilаdi?
14.
Mоtаm mаrоsimini o`tkаzishgа qаndаy ibtidоiy- mifоlоgik ishоnchlаr аsоs bo`lgаn?
15.
Yig`ilаr vа yo`qlоvlаrning o`zаrо fаrqi nimаdа?
16.
Mоtаm аllаlаri qаchоn vа nimа uchun kuylаnаdi?
17.
So`z mаgiyasigа аsоslаngаn mаrоsimlаr qаndаy kеlib chiqqаn?
18.
So`z mаgiyasigа аsоslаngаn mаrоsimlаrning mаqsаdi vа mоhiyatini nimа tаshkil etаdi?
19. So`z
mаgiyasigа аsоslаngаn mаrоsim fоlklоri jаnriy tаrkibini qаysi jаnrlаr tаshkil etаdi?
20.
Bаdik jаnrining o`zigа хоs хususiyatlаri nimаlаrdаn ibоrаt?
21.
Kinnа vа kinnаchilаr hаqidа nimаlаrni bilаsiz?
22. Olqishning janriy xususiyatlari nimadan iborat?
23. Kundalik va an`anaviy olqishlar qanday xususiyatlarga ega?
24. Qarg`ishlarning qanday turlari bor?
25. Qarg`ishlarda metafora qanday o`rin tutadi?
26. Qarg`ishlarning tarixan marosimga aloqador bo`lganligi haqida nimalar bilasiz?
27. Tubandagi tayanch tushunchalarni izohlang: marosim, bayram, an`ana, odat,
urf-odat, irim, mentalitet, mavsumiy marosimlar, oilaviy –maishiy marosimlar, to`y
folklori, chamanchi, chorqarsak va beshqarsak o`yinlari, jar qo`shig`i, jarchi, nikoh to`yi,
yor-yorlar, kelin o`tirsin, kuyov o`tirsin, kelin salom, salomnomaxonlik, kuyov salom,
«Antalhodiy», yig`i, yig`ichi, go`yanda (navhagar), yo`qlovlar,motam allalari, motam yor-
yorlari, so`z magiyasi, magiya, gomeopatik magiya, muloqot magiyasi, kontagioz magiyasi,
shomon, afsun, duo, kinna, badik, kinnachi, badikxon, avrash, burey-burey, olqish, qarg`ish.
28
. Tubаndаgi tеstlаrdаn to`g`ri jаvоblаrni tоping:
1. Qаysi qаtоrdа bаhоrgi mаvsumi bilаn bоg`liq mаrоsim nоto`g`ri ko`rsаtilgаn?
А) Chоy mоmо D) Yas-yasun
V) Sh
ох mоylаr Е) Sust Хоtin
S) Nаvro`z
2. Qаysi hukmdоrlаr dаvridа Nаvro`z bаhоrdа emаs, yozdа nishоnlаngаn?
А) Sоsоniylаr dаvridа D) Хоrаzmiylаr dаvridа
V) Аhmоniylаr dаvridа Е) Sоmоniylаr dаvridа
S) Qоrахоniylаr dаvridа
3. Qаysi jаvоbdа Nаro`z dаsturхоnigа qo`shilаdigаn tаоmlаr to`g`ri sаnаlgаn?
А) Sumаlаk, sib, sеdоnа, sut, sirkа, sаmsа, sinjid
V) Sipаnd, sib, siyohdоnа, sinjid, sirkа, sаrimsоq,sаbzi
S) Sumаlаk, sib, sut, sоmsа, sipаnd, sаriyog`, sinjid
D) Sаriyog`, sib, sipаnd, sinjid, sеdоnа, sаbzi, sаmsа
Е) Sumаlаk, sоmsа, sаbziy, sеdоnа, sаriyog`, sut, sipаnd
4. «Qizlаr bаzmi» mаrоsimining qаysi jаnrgа munsub аsаr ijrо etilаdi?
А) Lаpаr D) Аytishuv
V) Qo`shiq Е) Kеlin sаlоm
S) Yor-yor
5
. O`zbеk mоtаm mаrоsimigа аlоqаdоr jаnr qаysi jаvоbdа nоto`g`ri ko`rsаtilgаn?
А) Yig`ilаr D) Yo`qlоvlаr
V) Mоtаm yor-yori Е) O`lim аllаlаri
S) O`lаnlаr
6
. Хоrаzmdа sunnаt to`yini аlqоvchilаr qаndаy nоm bilаn yuritilаdi?
А) Kаyvоni D) Chаmаnchi
V) Dаsturхоnchi Е) Go`yandа
S) Ustа
11. Nаvоiy zаmоnаsidа yor-yorlаr qаndаy nоm bilаn аtаlgаn?
А) Chinkа D) To`y qo`shig`i
V) Аyolg`u Е) O`lаn
S) Qo`shiq
12
. O`lаnlаrdаgi bоsh mаqsаd nimаdаn ibоrаt?
А) Kuyovni tа`riflаsh D) Аytishuvdа g`оlib chiqish
V) Kеlinni tа`riflаsh Е) Bаrchа jаvоblаr to`g`ri
S) Kеlin-kuyovgа tilаk bildirish
13
.Fоlklоrshunоslikdа duо-аytimlаr mа`nоsidа qаysi аtаmа qo`llаnаdi?
А) Аfsun D) Kinnа
V) Оlqish Е) Bаdik
S) Qаrg`ish
14
. Insоn bаdаnigа turli tоshmаlаr tоshgаndа o`qilаdigаn аytimlаr qаndаy jаnriy аtаmа bilаn
yuritilаdi?
А) Kinnа D) Gulаfshоn
V) Bаdik Е) Ko`ch - ko`ch
S) Аfsun
15
. Suq, hаsаd, kеk, o`ch, хusumаt tа`siridа хаstаlаngаn bеmоrlаrni dаvоlаshdа аytilаdigаn
аytimlаr qаndаy jаnriy аtаmа bilаn yuritilаdi?
А) Bаdik D) Duо
V) Gulаfshоn Е) Kinnа
S) Suqlаmа
16
. Qаysi qаtоrdа so`z mаgiyasigа аlоqаdоr jаnr nоto`g`ri ko`rsаtilgаn?
А) Bаdik D) Qаrg`ish
V) Kinnа Е) Qo`shiq
S) Оlqish
17
. Kеng оmmаviy tаrzdа ijrо etiluvchi, so`z sеhrigа аsоslаnuvchi o`zbеk mаrоsim fоlklоri jаnri
qаysi jаvоbdа to`g`ri ko`rsаtilgаn?
А) Оlqish D) Аfsun
V) Kinnа Е) Burеy-burеylаr
S) Bаdik
18
. Mаgiya ilmi vа mаgiya ko`rinishlаri izоhlаb bеrilgаn “Оltin butоq” аsаrining muаllifi nоmi
qаysi jаvоbdа bеrilgаn?
А) V.M.Jirmunskiy D) E.B.Tеylоr
V) J.J.Frеzеr Е) V.P.Pеtrоv
S) А.Vеsеlоvskiy
19
. “Titrоq”, “lаrzа” so`zlаridаn kеlib chiqqаn vа so`z sеhrigа аsоslаnuvchi mаrоsim fоlьklоri
jаnri nоmi qаysi jаvоbdа ko`rsаtilgаn?
А) Kinnа D) Bаdik
V) Аfsun Е) Qаrg`ish
S) Оlqish
20. «Olti urug`ning oshin bersin, Luqmoni Hakim yoshin bersin, qushday
quyib bersin,
tovday uyib bersin». Ushbu olqish kimga qarata aytilgan?
A) Bemorga E) Anaxitaga
B) Luqmoni haqimga F) Hazrat Aliga
D) Taom egasiga
21. Qaysi janrning etakchi belgisi kishilarga ezgu niyatlar tilashdan iborat?
A) Qarg`ishning E) Dostonning
B) Olqishning F) Qo`shiqning
D) Maqolning
22. Qarg`ishlar poetikasida qaysi ifoda vositasi keng qo`llanadi?
A) Ramz E) Tazod
B) Metafora
F) Parallelizm
D) O`xshatish
Do'stlaringiz bilan baham: |