ö:>o. Ushbu holat ko‘pchilik turkiy tillarda sodir bo‘lgan: kö:k (ko‘k, zangori): tur. gök, qoz., olt., qirg‘. kök, o‘zb., no‘g‘. kök, qum. gök va hokazo; kö:l (ko‘l); qirg‘., no‘g‘., o‘zb., qum., olt., q.balq., uyg‘., q.qalp. köl; ozarb. göl; tö:rt (4): no‘g‘., qum. dört, qirg‘., q.balq. tört, uyg‘. tö(r)t, olt., o‘zb., xak. tört.
Cho‘ziq ö: unlisining keyingi qisqarishi xuddi ö:nikiga o‘xshaydi: tat. kük (ko‘k)chuv. pul (bo‘lmoq)kabi.
Ikkilamchi cho‘ziq ö:ning hosil bo‘lishi ancha kam uchraydi: qirg‘. sö:k (suyak)
Birinchi bo‘g‘inda, boshqa bo‘g‘inlarda, shuningdek, turkiy bobotildagi affikslarda cho‘ziq ö: uchramaydi.
Qadimgi turkiy tillardan tashqari, turkiy bobotil davridagi qisqa u so‘z boshida turk, turkman, yoqut, shor, xakas, uyg‘ur, ozarbayjon, oltoy, qorachoy-balqar, gagauz, qaraim, qirg‘iz, tuva va qumiq tillarida uchraydi: qush: tur., gag. kush, ozarb., turkm. gush, no‘g‘. qus, qum., qirg‘., tuv., qush, xak. xus, yoq. kus; qum: tur., gag. kum, ozarb., turkm. gum, uyg‘., qum., qirg‘., q.balq., tuv., o‘zb. qum, xak. xum; tur (turmoq): turkm., tur., ozarb. dur, no‘g‘., qum., qirg‘., uyg‘., tuv., xak., qar., q.balq., o‘zb. tur.
u>ъ. Tatar, boshqird, chuvash, qozoq, qoraqalpoq va no‘g‘oy tillarida boboturkiy davrdagi u o‘rniga ü va ї yoki o va ї oralig‘idagi ancha keng, juda qisqa unli vujudga kelgan. Yuqorida nomlangan turkiy tillarda ushbu unli haqida turkologlar orasida yagona fikr yo‘q. F. G. Is’hoqov uni tilga olingan tillarda bir xil deb qarab, tatar va boshqird tillarida u o, chuvash tilida a, no‘g‘oy tilida u, qozoq ilida u harfi bilan ifodalanishini ta’kidlaydi. Olimning fikricha, o, ї unlisining lablangan juftini ifodalaydigan qisqa reduksiyaga uchragan unli hisoblanadi.
F. G. Is’hoqov fikriga tayangan holda B. A. Serebrennikov, N. Z. Gadjiyevalar barcha turkiy tillardagi ushbu tovushni reduksiyaga uchragan, o va ї oralig‘idagi o‘rta unli sifatida qaraydi: uzaq (uzoq): tur. uzak, ozarb. uzax, qum, no‘g‘., qirg‘. uzaq, tat., qoz., no‘g‘., q.qalp. ъzaq, boshq. ъz‘aq; uch (uchmoq): q.tur., tur., qum., turkm., ozarb. uch; tat., qoz., q.qalp., no‘g‘. ъsh, boshq. ъs, chuv. vъs; tut (tutmoq): tur., qirg‘., o‘zb. tut, tat., boshq., qoz., no‘g‘., q.qalp., tuv. tъt; tur (turmoq): q.turk., qum., qirg‘., olt., o‘zb. tur, tur., ozarb. dur, tat., boshq., qoz., q.qalp., no‘g‘., chuv. tъr.
O‘zbek tilida u kuchli reduksiyaga uchragan bo‘lishi mumkin.
Turkiy bobotilda so‘zning oxirida u juda kam uchraydi.
Affikslarda u>ї hodisasi ko‘p uchraydi. Qadimgi yozma obidalarda, ko‘pincha, u uchraydi: o‘rx.en. saqїnurmän (men o‘ylayman), chig‘. alur biz (biz olamiz) va hokazo.
So‘z boshida cho‘ziq u:ning saqlanganligini turkman va yoqut tillarida ko‘rish mumkin: tu:z: turkm. du:z‘, yoq. tu:s: bu:z (muz): turkm. bu:z‘, yoq. bu:s//mu:s; bu:t (son); turkm., yoq. bu:t; u:n (un): turkm. u:n; qu:rїg‘ (quriq): turkm. gu:rї, yoq. ku:r (qurimoq).
Do'stlaringiz bilan baham: |