O‘zbek tilshunosligi kafedrasi


a>u. Ushbu holat yoqut, boshqird, qisman, chuvash tillari uchun xarakterlidir: toqїz



Download 3,85 Mb.
bet27/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

a>u. Ushbu holat yoqut, boshqird, qisman, chuvash tillari uchun xarakterlidir: toqїz (9): qoz., q.qalp. tog‘ьz, qum., qirg‘.tog‘uz, tat., boshq. tug‘ьz tur., turkm. dokuz; ot (o‘t - o‘simlik): tat., boshq, ut, chuv. ud‘; toq (to‘q): tur., turkm.tok, ozarb. tox, qoz., qum., no‘g‘., q.balq. toq, o‘zb. to‘q va tat., boshq. tuq.
So‘zning oxirgi bo‘g‘inida, shuningdek, affiksal bo‘g‘inlarda turkiy bobotilda o uchramaydi.
Cho‘ziq o: ning bobotil davridagi izlarini turkman tilida so‘z boshida uchratish mumkin: yo:l (yo‘l): turkm. yo:l; o:t (olov): turkm. o:t; o:n (10): turkm. o:n; yo:q (yo‘q): turkm. yo:k; bo:l (bo‘lmoq): turkm. bo:l; to:l (to‘lmoq): turkm. do:l.
o:>u°. Oning diftonglashuvi (u°) yoqut tili uchun xosdir: o:t (olov): turkm. o:t va yoq. u°t; yo:l (yo‘l): turkm. yo:l va yoq. su°l; yo:q (yo‘q): turkm. yo:k, yoq. su°x; bo:r (loy): turkm. bo:r va yoq. bu°r; o:n (10): turkm. o:n va yoq. u°n; to:l (to‘lmoq): turkm. do:l va yoq. tu°l va hokazo.
o:>o. Bobotil davridagi cho‘ziq o:ning oga o‘tishi ko‘pchilik turkiy tillarda sodir bo‘lgan: o:t (olov): no‘g‘., qoz., q.qalp., qar., o‘zb. o‘t, tur., qum., qirg‘., xak.., uyg‘. ot; yo:q (yo‘q): tur., gag., turkm.yok, ozarb, yox, qum., kar., no‘g‘., qoz., o‘zb., uyg‘. yoq, q.qalp., qirg‘. joq, xak. chox; o:n (10): tur., ozarb., xak., qirg‘., qirg‘., qar., gag., uyg‘., no‘g‘., q.qalp., qoz., qum., olt. on; yo:l (yo‘l): qirg‘., q.qalp.,qoz. jol, turkm., ozarb., qum., no‘g‘., qar., gag. yol; o:l (u): qirg‘., qoz., turkm., ozarb., qum., no‘g‘., kar., esk.tur., q.qalp., gag. ol; bo:l (bo‘lmoq): qirg‘., qoz., no‘g‘. bol kabi.
Cho‘ziq o: dan hosil bo‘lgan qisqa o, keyinchalik, xuddi shu tarzda, qisqa o ga aylangan: or. Chuvash tilidagi. suk (yo‘q)<yoq, tat. ut (olov)<o:t va hokazo.
Turkiy bobotilda cho‘ziq o: birinchi bo‘g‘inda va affikslarda uchramagan.
Ayrim turkiy tillarda muayyan tovushlar qisqarishi bilan ikkilamchi cho‘ziq o: vujudga kelgan: o‘r.qirg‘. to: (tog‘)(bog‘)(sog‘)olt. o:s (og‘iz)(og‘riq)gag. o:lu (o‘g‘li)< og‘lu (uning o‘g‘li); do:ru (to‘g‘ri)va hokazo.
Bobotil davridagi qisqa öning so‘z boshida saqlanishini ozarbayjon, turk, turkman, uyg‘ur, qorachoy-balqar, gagauz, qaraim, qozoq, qoraqalpoq, qumiq, no‘g‘oy, tuva, xakas, shor va yoqut tillarida ko‘rish mumkin: öl (vafot etmoq): q.tur., yoq., turkm., tur., o‘zb., qum., no‘g‘., ozarb., uyg‘., q.balq., xak., tuv. öl; kör (ko‘rmoq): q.tur., yoq., no‘g‘., olt., qoz., xak., o‘zb., q.qalp., q.balq. kör, uyg‘. kö(r); turkm., ozarb., tur. gör; soz (so‘z): qad.tur. söz, yoq. ös, qum., o‘zb., ozarb., tur., q.qalp., uyg‘. söz, olt., xak.., tuv. sös; köz (ko‘z): q.tur., no‘g‘., uyg‘., q.balq., qar. köz, olt., xak. kös, turkm., tur., tur., ozarb., qum.göz.

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish