a>ї. Ayrim turkiy tillarda nodoimiy va izohlash qiyin bo‘lgan a>ї kuzatiladi: o‘rta tuv. tїp (topmoq<tap), tїrtyoqut. sїt(yot), tїmїr(tomir); chuv. sїr(bol-asal), sїxla(oltin); qoz. (dial). dїbьl(ovoz) va hokazo.
Ї o‘rnida aning paydo bo‘lishini na birinchi bo‘g‘indagi unlilar xarakteri, na bevosita fonetik qurshov xususiyatlari bilan izohlash mumkin. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida turkiy tillardagi birinchi bo‘g‘indagi urg‘usiz aning nomustahkam holati, shuningdek, affiksal ablaut (ichki fleksiya sifatida morfologik almashinish) a:ї o‘zgarishi ta’siri bilan izohlanadi.
Auslaut (so‘z oxirida) holatida a ancha mustahkam va deyarlik barcha turkiy tillarda, hatto birinchi bo‘g‘indagi qisqa a o‘zgarishga uchraganlarida ham saqlañan: qara (qora): no‘g‘., qum.., qirg‘., qoz. qara; tur. kara; chuv. xura va hokazo; qazan (qozon): no‘g‘., qirg‘., qoz. qazan; tur .kazan, chuv. xuran, tat. qa°zan, boshq. qa°zan va hokazo; bala (bola): no‘g‘., qum., qirg‘., ozarb., yan.uyg‘. bala, tat. ba°la kabi.
Qirg‘iz, oltoy va yoqut tillarida unlilardagi lab garmoniyasi ta’sirida oxirgi a>o: orta (o‘rta): qoz., turkm., tur., ozarb. orta, tat. urta, qirg‘., olt., yoq. orto.
Qisqa a affikslarda nisbatan turg‘un: o‘r.tat. urmannarda (o‘rmonlarda) <ormanlarda, qoz. dalalarda, tat. ya°zma (yozma), tur. yazma. U faqat lab unlilari garmoniyasi izchilligiga amal qiladigan tillardagina o‘zgarishi mumkin: yoq. og‘olar (bolalar) o‘rniga og‘olor, olt. dollar (yo‘llar) o‘rniga doldor, qirg‘. osholar (ular) o‘rniga osholor kabi.
Turkiy tillarda ikkilamchi qisqa a ancha kam uchraydi. Chuvash tilida dastlabki ädan paydo bo‘lgan a uchraydi: o‘r.chuv. adъ (etik)<ätik(ber)<bä:r kabi.
Turkiy tillarda uzun a, umuman, barcha uzun unlilar kabi turg‘un bo‘lmagan. Ushbu unlining uzunligini ko‘rsatadigan misollar turkman va yoqut tillarida saqlangan: ya:z (yoz fasli), turkm. ya:z, yoqut. sa:s; ta:sh (tosh), turkm. da:sh, yoqut. ta:s; qa:z (g‘oz): turkm. ga:z, yoq. xa:s; qa:n (qon): turkm. ga:n, yoqut. xa:n; ba:y (boy): turkm. bay, yoqut. ba:y: ba:r (bor): turkm. ba:r, yoqut. ba:r; qa:r (qor): turkm. ga:r, yoqut. xa:r; a:t (ism): turkm., yoq. a:t; a:ch (qorni och): turkm. a:ch, yoqut. a:s; ta:r (tor): turkm. da:r, yoq. ta:r; qa:l (qol): turkm. ga:l, yoq. xa:l; sa:l (sol): turkm. sa:l, yoq. a:l kabi.
Boshqa turkiy tillarda aning cho‘ziqligi sporadik (kam) holatda uchraydi.
Cho‘ziq a: qadimgi turkiy obidalar imlosida, turkiy tillardan o‘zlashgan veñrcha so‘zlarda ham uchraydi: o‘rx. en. szal (sol) va turkm. sa:l, sar (loy)~ turkm. sa:z (balchiq). Sa:z so‘zining balchiq ma'nosi Xorazm shevalaridagi sa:zlav hamda qadimgi Xorazmning Bo‘ldimsoz shahri nomida uchraydi(-R.Y.).
Shuningdek, turkiy so‘zlarda qadimda qisman cho‘ziq a:niñ mavjud bo‘lganligini ta’kidlash kerak. Bunga namuna sifatida diftonglarni ko‘rsatish mumkin: o‘rta yoq. tїa (igna bargli qalin o‘rmon)<ta:g (tog‘), turkm. da:g, tof. aysh (och), turkm. a:ch (qorni och) va hokazo. Tuva tilida bobotil unlilari, jumladan, a sirg‘aluvchilik xususiyatiga ega emas.
Ayrim turkiy tillarda aning ikkilamchi cho‘ziqligi vujudga kelgan. Ikkilamchi cho‘ziqlik (a), odatda, muayyan tovushlar guruhiniñ tortilishi (qisqarishi) natijasida yuzaga kelgan: o‘r.gag., xak., tuv., shor. a:r (og‘ir)<ag‘їr, a:ztuv. oda:m (mening gulxanim), xak. aza:m (meniñ oyog‘im)(oyoq), xak. pa:r (bag‘ir), tuv. a:ch (yog‘och), gag. sa:r (guñ), tuv., xak., shor. a:l (ovul)<qadimturkiy ag‘їl (chorva uchun molxona).
Do'stlaringiz bilan baham: |