O‘zbek tilshunosligi kafedrasi



Download 3,85 Mb.
bet140/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. kördörbün kördörbüt
2-shaxs. kördörgüñ kördörgüt
3-shaxs. kördör kördörlär
-san ko‘rsatkichli shart mayli faqat chuvash tilida mavjud: Kas‘xine puja pulzan, kurnъzьbъr (Agar bo‘sh bo‘lsak, kechqurun uchrashamiz).
11.4. Muqarrarlik mayli. Maylning ushbu tipi, asosan, o‘g‘uz guruh tillarida uchraydi. Bu maylning ko‘rsatkichi -malї//-mäli hisoblanadi: tur. yazmalїyїm (yozishim kerak), yazmalїydїm (men yozishim kerak edi), ozarb. gälmäliyäm (kelishim kerak), oxumalїidim (o‘qishim kerak edi). Turkman tilida fe’lning muqarrarlik formasi o‘z ko‘rsatkichlariga ega emas: men yaz‘malї (men yozishim kerak), ol yaz‘malї (u yozishi kerak).
Ushbu maylning xuddi turkman tilidagi shakli Turkmanistonning Toshhovuz viloyat o‘g‘uz va qipchoq shevalarida faol ishlatiladi: barmalї (borish kerak), gälmäli (kelish kerak), görmäli (ko‘rish kerak), almalї (olish kerak) kabi. Bu viloyatdagi o‘zbek shevalariga turkman tilining ta’siri natijasida ro‘y bergan.
Maylning ushbu ko‘rinishining hududiy chegaralanganligi uning turkiy bobotilda ham mavjud bo‘lganligiga taxmin qilishga imkon beradi. Uning izlari ayrim turkiy tillarda uchraydi. Chuvash tilida ushbu mayl ko‘rsatkichi -mala shaklida: kaymalla s‘їn (ketishi kerak bo‘lgan odam). Turkologlar -malї//-mali ning kelib chiqishi -ma fe’ldan ot yasovchi qo‘shimcha va sifat yasovchi -lї (-lїg‘) affiksining birikishi bilan bog‘laydilar.
12. Turkiy tillarda bo‘lishsiz fe’lning ifodalanishi. Turkiy bobotil davri-dayoq fe’llarda bo‘lishsizlikni ifodalash uchun -ba (-ma) affiksi ishlatilgan.
Turkiy tillarda -ma bo‘lishsizlik affiksidan keyin y tovushi orttiriladi:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. barmadim barmadїk
2-shaxs. barmadїñ barmadїg‘їz
3-shaxs. barmadї barmadїlar


1-shaxs. barmayman barmaymїz
2-shaxs. barmaysїñ barmaysїz
3-shaxs. barmaydї barmaydїlar
Kelasi zamonda bo‘lishsizlik qo‘shimchasi -ma dan keyin -s ko‘rsatkichini qabul qiladi:
1-shaxs. barmasman barmasbїz
2-shaxs. barmassañ barmassїz
3-shaxs. barmas barmaslar
Bu yerdagi s elementi kelasi zamon sifatdoshi -asїdagi sning aynan o‘zi ekanligi taxmin etiladi.
Tatar tilida kelasi zamon shakli -ma bo‘lishsizlik affiksi bilan kelganda, diftongning birinchi qismida qisqarish ro‘y bergan: tat. almьym (olmayman), almьysьñ (olmaysan), almьy (olmaydi). -mäy inkor ma’noli affiksda ay>i hodisasi ro‘y bergan: bilmim (bilmayman), bilmisiñ (bilmaysan)
Chuvash tilidagi -mas bo‘lishsizlik affiksi ham hozirgi zamonni ifodalashga xizmat qiladi: sїrmas-tъp (yozmayman), sїr-mas-tъn (yozmaysan) kabi. Xuddi shunday holat yoqut tilida kuzatiladi: bar-bat (bormaydi)
Ayrim turkiy tillarda, asosan, o‘g‘uz tillarida s inkor affiksi o‘rnida r elementi qo‘llaniladi. Bu, ayniqsa, turkman tilida yaqqol ko‘zga tashlanadi:

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish