Etimologik yoki grafik tamoyil
O‘zlashgan so‘zlarning qadimgi etimologik yoki grafik holatini saqlab qolish asosida yozish imloda etimologik yoki grafik tamoyil deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, yozuvda o‘zlashma so‘zning etimologiyasi saqlanadi. Masalan, Navoiy, Lutfiy, Maoniy, mutolaa, mushoira, muammo kabi so‘zlar ham shu tamoyil asosida yozilgan. Rus tili va u orqali o'zlashgan rol, sentner, tender, kompyuter, bank, senator, aksiya kabi so‘zlar etimologik-grafik tamoyil asosida yozilmoqda. Shunisi xarakterliki, o‘zbek tili talaffuzi uchun qiyin bo‘lgan ba’zi ruscha-internatsional so‘zlar hozirgi orfografik qoidalarga ko‘ra, istisno tarzda, tilimizning talaffuz xususiyatlariga moslab yoziladi va talaffuz qilinadi: kiosk – kioska, propusk – propuska, otpusk – otpuska, bank – banka kabi.
Ayni vaqtda orfografiya tamoyillari o‘rtasida uzviy aloqa ham mavjud. Oilaviy, Navoiy kabi so'zlarning oxiridagi -viy, -iy qo'shimchalari tarixiy-an'anaviy tamoyilga ham, etimologik-grafik tamoyilga ham mos keladi. Jo‘nalish kelishigi shakli -ga, -ka, -qa yozilishida fonetik va morfologik tamoyillar mos keladi.
5-AMALIY MASHG‘ULOT.
MAVZU: IMLO VA TALAFFUZ MUNOSABATI
Orfoepiya (orto... yun. epos — nutq, talaffuz) —1) tilshunoslikning adabiy talaffuz meʼyorlarini oʻrganuvchi boʻlimi; 2) muayyan milliy tilning talaffuz meʼyorlariga mos holda bir xil talaffuzni taʼminlovchi qoidalar tizimi va ularga rioya qilish. Ogʻzaki nutq talaffuzining bir xilligi, imlo (orfografiya) kabi lisoniy muomalani yengillashtiradi. Orfoepiya tushunchasi keng va tor maʼnoda 2 xil tushuniladi: keng maʼnoda — unga fonemalarni qoʻllash qoida va fonema allofonlari (variantlari)ni talaffuz qilish qoidalari kiritiladi; tor maʼnoda — fasat fonemalarni qoʻllash qoidalari kiritiladi. Orfoepiya koʻlamining bir xil belgilanmasligining sababi shundaki, baʼzi olimlar talaffuz meʼyorlari tushunchasiga faqat tovushlarni talaffuz qilishni, boshqalari esa urgʻuni ham, baʼzan variantdor grammatik shakllar hosil boʻlishini ham kiritadilar.
Tilning ichki kategoriyasi tarzidagi orfoepik meʼyor bilan kridalashtirilgan meʼyor oʻzaro farqlanadi. Ulardan birinchisi ayni bir voqea-hodisani ifodalashning tilda namoyon boʻladigan yashirin imkoniyatlari mavjudligi bilan bogʻliq; bunda meʼyor — muayyan tilning aniq bir soʻzlovchilar jamoasida tegishli davr orasida mavjud boʻlishi bilan bogʻliq bir qancha ijtimoiy omillarning amal qilishi natijasidir. Ikkinchisi esa amalda mavjud boʻlgan meʼyorning turli lugʻatlar, maʼ-lumotnomalar va qoʻllanmalarda qoida va koʻrsatmalar tarzida shakllantirilgan aksidir. Qoidalashtirishda qoʻllash uchun toʻfi deb belgilanadigan faktlar tanlab olinadi. Qoidalashtirilgan meʼyor koʻpincha amalda mavjud boʻlgan meʼyordan orqada qoladi.
Orfoepiya milliy tilning shakllanishi bilan bir paytda, ogʻzaki nuqtning taʼsir doirasi kengaygan, ommaga qaratilgan nutqning yangicha shakllari rivojlangan paytda paydo boʻladi. Orfoepik meʼyorlarning shakllanish jarayoni turli milliy tillarda turlicha kechadi. Mas, hozirgi oʻzbek adabiy talaffuzi meʼyorlarining dastlabki ildizlari oʻtgan asrning 20—30-yillarida vujudga kelgan, bu sohada bir qancha tadqiqotlar oʻtkazilib, orfoepik lugʻatlar nashr etilgan boʻlsada, oʻzbek talaffuz meʼyorlari toʻliq shakllangan deb boʻlmaydi.
Orfoepik meʼyor muammosi bir til birligining bir emas, ikki yoki undan ortiq ifodasi boʻlgan hollarda yuzaga keladi. Meʼyorda ayni paytda til tizimida mavjud boʻlgan yoki mavjud boʻlishi koʻzda tutilgan narsa saralanadi. Tizim doirasida yangi shakllarning paydo boʻlishi hamda eskilarini ekstralingvistik omillar taʼsirida asta-sekin siqib chiqarishi natijasida meʼyor oʻzgarishi mumkin. Meʼyorning oʻzgarishi (almashinishi) har bir tarixiy davr tilida variantdor meʼyorlarning ayni bir paytda mavjud boʻlishi mumkinligini inkor etmaydi. Vaqt oʻtishi bilan variantlardan biri yetakchiga aylanib, qolganlari kamroq qoʻllanib, isteʼmoldan chiqib ketadi. Variantlardan birining yetakchi deb tanlanishiga uning til taraqqiyotidagi obʼyektiv qonunlarga muvofiq kelishi, keng tarqalganligi, moʻtabar andozalarga (jamiyatning bilimli va madaniyatli vakillari talaffuziga) mosligi kabi omillar taʼsir koʻrsatadi. Orfoepiya rivojida namunali adabiy talaffuzni targʻib qiluvchi teatr, keyinchalik radio va televideniye katta rol oʻynagan. Sahna nutqi koʻpchilik tillarda orfoepik meʼyorlarning asosi hisoblanadi.
Nutqning xarakteriga koʻra, adabiy talaffuzni 2 guruhga ajratish mumkin: toʻliq talaffuz; qisqargan talaffuz; maʼruzachilar, akterlar, diktorlar nutqi toʻliq talaffuzni aks ettiradi, chunki bunda har bir soʻz, uning morfemalari adabiy til qoidasiga mos ravishda toʻla, aniq, donadona talaffuz qilinadi.
Soʻzlovchi oʻz nutqiga beparvo qarashi orqasida, oʻz shevasi taʼsirida ayrim fonemalar turli oʻzgarishlarga duch keladi, soʻzning baʼzi birliklari qisqaradi. Mas, olib keldi — obkeldi; olib bordi — obbordi. Bu qisqargan talaffuzdir.
Oʻzbek adabiy tilining asosiy orfoepik qoidalari unli va undosh fonemalarning talaffuzi, morfologik birliklarning aytilishi, soʻz birikmalarining talaffuz qilinishi kabilarni oʻz ichiga oladi. Shunga koʻra umumiy orfoepik meʼyorlar belgilanadi. Orfoepik meʼyorlar, odatda transkripsion belgilar vositasi bilan ifodalanadi.
Orfoepiya orfografiya bilan zich bogʻlangan. Biroq soʻzning yoki soʻz shakllarining jonli talaffuzi hamma vaqt ham ularning yozuvdagi ifodasiga teng boʻlavermaydi. Jumladan, yozuvda bor baʼzi tovushlar talaffuzda sezilmaydi: biroq, bilan, tuhmachchi, adabiyochchi kabi; yozuvda berilgan tovushlar talaffuzda tushib qoladi: badbax, ayol-man, abstrak, Samarqan kabi; yozuvda ifodalangan tovush talaffuzda boshqasi bilan almashtiriladi: obod-obot, kitob-kitop, peshvoz-peshvos kabi. Talaffuzdagi ana shu murakkab tomonlarni hisobga olgan holda yagona orfoepik qoidalar yaratish lozim boʻladi.
Adabiy talaffuz butun shevalar uchun umumiy bo‘lgan qoidalar asosida belgilanadi.
1. Adabiy talaffuz so‘z bo‘g‘inlariga urg‘uni to‘g‘ri qo‘yishga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, ona tilidagi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga urg‘u tushadi: maktáb— maktabdósh - maktabdoshím.
2. Yuklamalar va kishilik affikslari urg‘usiz talaffuz qilinadi: síz-a, síz-da, sízmi kabi.
3. O‘zlashgan chet so‘zlarning ko‘pida urg‘u birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘inga tushadi: áql, fíkr, váqt, úzr, húkm, tónna, múhim, múdir, múnis, tipológiya kabi.
4. Chet so‘zlarning urg‘u olmagan oldingi o tovushi a tarzida, keyingi bo‘g‘indagi urg‘uli o va e tovushlari to‘g‘ri talafîuz etiladi: dotsent (datsent), izotop (izatop), morfema (marfema) kabi.
5. obraz, traktor, direktor kabi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inidagi “a”, “o” unlilari kabi talaffuz qilinmasa ham yoziladi.
6. Tutuq belgisidan oldingi unli yoki undosh cho‘ziq, ajratib talaffuz qilinadi:
a’lo, Ra’no, ta’zim, ta’b, ra’y, mas'ul, qat’iy, san’at kabi.
7. Oo harfi o‘zbekcha so‘zlarda orqa qator keng o unlisi sifatida (ota, xola, fido), chet so‘zlarda old qator tor o (o) unlisi (tonna, talon) kabi talaffuz qilinadi.
8. Ff harfi fursat, talaffuz, sof so‘zlarida f emas, p kabi talaffuz qilinadi.
9. Jj harfi juda, tijorat so‘zlarida jarangli qorishiq undosh kabi, jurnal, mujda, tiraj kabi so‘zlarda til oldi jarangli sirg‘aluvchi undosh sifatida talaffuz etiladi.
10. Xx va Hh harflarining yozilishi va talaffuzida farq bo‘ladi: Xx - chuqur til orqa jarangsiz sirg‘aluvchi undosh bo‘lib, Hh - jarangsiz sirg‘aluvchi bo‘g‘iz undoshidir. Bu undoshlarni farqlamaslik ma’no o‘zgarishiga olib keladi: shox - shoh, har - xar, hil - xil kabi.
11. Talaffuzda ba’zi tovushlar boshqa tovushlarning ta’siri bilan o‘zgarishi mumkin. Bunday hollarda tovushlar imlo qoidalariga ko‘ra yozilsa ham, talaffuzda rioya qilinmaydi: tuzsiz - tussiz, yozsa - yossa, uyqu—uyqi, kitob - kitop, zarar - zalal, uchta - ushta, daryo -dayro, shkaf - ishkaf, Samarqand - Samarqan, bigiz-
biyiz, bog‘bon - bog‘von kabi.
12. So‘z bo‘g‘inlaridagi urg‘uni o‘z o‘rnida qo‘yib talaffuz qilmaslik so‘z ma’nolarini o‘zgartirishi mumkin: bóg‘lar — bog‘lár, súrma — surmá, qishlóqcha - qishloqchá, átlas - atlás, mexánik - mexaník, fízik - fizík, etík - étik, ólma - olmá kabi.1
Do'stlaringiz bilan baham: |