O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘zbek terminologiyasi fanidan ma’ruza matnlari


-mavzu: Qo‘shma so‘zlar va qo‘shma terminlarning umumiy hamda farqli jihatlari haqida



Download 457,78 Kb.
bet26/82
Sana04.03.2022
Hajmi457,78 Kb.
#483300
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   82
Bog'liq
leksikografiya majmua

17-mavzu: Qo‘shma so‘zlar va qo‘shma terminlarning umumiy hamda farqli jihatlari haqida

Reja:

1. Qo‘shma so‘zlar va qo‘shma terminlar haqida.

2. Qo‘shma so‘z va terminlarning mushtarak va farqlmi jihatlari xususida.

3. Qo‘shma terminlar hosil bo‘lishining manbalari.

Tayanch so‘z va iboralar: qo‘shma so‘zlar, qo‘shma terminlar, ularning yasalish xususiyatlari, usullar, mezonlar, mushtarak, farqlar.

O‘zbek tili leksikasida ilmiy-texnikaviy tushunchalarni ifodalovchi qo‘shma terminlar salmoqli o‘rin egallaydi. Terminshunos G. O. Vinokurning: «...Har qanday so‘z, u qanchalik trivial bo‘lmasin, termin funksiyasida kela oladi», degan fikriga asoslangan holda, umum tilshunoslikdagi «qo‘shma so‘zlar» (sobstvennoslojniye slova) terminiga qiyosan terminologik sistemalardagi xuddi shu tipdagi, ya’ni ikki yoki undan ortiq mustaqil termin yoki termin elementlarning o‘zaro qo‘shib hosil qilingan yangi leksik birlik - yangi yaxlit terminga «qo‘shma termin» birikmasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. «So‘z yasash sohasida tilning ichki rivojlanish qonunlari, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. Yangi so‘zlarning (terminlarning ham. - M. A.) yasalishi tilda allaqachon barqarorlashgan yoki yangi o‘zaklarning ajralishi va yangi affiksal elementlarning qo‘llanishi bilan, shuningdek, so‘z yasash sistemasining rivojlanishi va takomillashuvi bilan bog‘liq holda yangidan vujudga kelayotgan modellar hamda so‘z yasash tiplari bo‘yicha amalga oshadi», -deb yozgan edi V. V. Vinogradov.

Modomiki shunday ekan, terminologiyaning o‘zigagina xos ayrim xususiyatlarni hisobga olmaganda, qo‘shma terminlar umumadabiy tildagi qo‘shma so‘zlarga qiyosan tuziladi. Ma’lumki, umumtil leksikasi bilan uning bir qismi hisoblangan terminologik leksika orasida doimiy aloqa mavjud, ular doimo bir-birini boyitib turadi. Qo‘shma so‘zlar va qo‘shma terminlar orasida ham shunday aloqani ko‘ramiz. Chunonchi, qo‘shma terminlarning yasalish modellari, tiplari aynan, tilda avvaldan mavjud bo‘lgan qo‘shma so‘zlar asosida yuzaga keladi; shu bilan birga, terminologik sistemalarda yuzaga kelgan qo‘shma terminlarning maxsus modellari va tiplari, o‘z navbatida, umumiste’mol doirasiga o‘tib, bu yerda keng qo‘llanishda bo‘ladi. Masalan, ruscha-baynalmilal o‘zaklar bilan o‘zbekcha so‘zlarning o‘zaro qo‘shilib hosil qilgan yangicha gibrid terminlar tipi dastlab terminologiya sohalarida paydo bo‘lib, keyin umumiste’molga kirgan.


Download 457,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish