16-mavzu: Xalqaro prepozitiv termin elementlar va ularning o‘zbek tilida ifodalanishi Reja: 1. Xalqaro prepozitiv termin elementlar haqida. 2. Xalqaro termin elementlar va ularga xos xususiyatlar. 3. Prepozitiv terminoelementlarning qo‘llanish doirasi to‘g‘risida.
Tayanch so‘z va iboralar: xalqaro, xalqaro termin, poli, mikro, prepozitiv, element, prepozitiv termin,prepozitiv termino element, tillar ta’siri, Tillararo o‘zaro ta’sir natijasida o‘zbek tilining leksikasi sezilarli darajada boyidi va boyib bormoqda. Masalan, O‘zbek tiliga rus tili orqali ruscha so‘zlar bilan bir qatorda G‘arbiy Yevropa tillariga oid, xususan, yunon va lotin tillari materiallari asosida tuzilgan so‘z va terminlar ham kirib kelmoqda. Shuningdek, o‘zbek tili, uning ilmiy terminologiyasi hozirgi taraqiyot bosqichida o‘z ichki imkoniyatlari hisobiga ham boyib bormoqda. O‘zbek tili va uning terminologiyasining ikki tomonlama boyib borishi dastlab 1929 yilda, Samarqandda bo‘lib o‘tgan Til-imlo konferensiyasida belgilab berilgan edi. Ushbu konferensiya qarorlarida, jumladan, shunday deyilgan edi: «O‘zbek tilining butun xususiyatlarini saqlagan holda, uni yangi terminlar bilan boyitmoq va kengaytirmoq kerak. Bu boyitish, bir tomondan, o‘zbek tilining o‘z so‘zlari hisobiga bo‘lib, ikkinchi tomondan internatsional so‘zlar hisobiga bo‘ladi. O‘zbek tilida so‘z topilmasa va yasalishi ham mumkin bo‘lmasa, ortiqcha sun’iylikka bormasdan, To‘g‘ridan to‘g‘ri internatsional terminlarni olish kerak» bugungi kunga qadar rus tilidan O‘zbek tiliga minglab baynalmilalchirik gerdagi so‘z va terminlar kirib keldi. Rus tili orqali O‘zbek tiliga G‘arbiy Yevropa tillaridan faqat o‘zak-negizlardan iborat leksik birliklargina emas,nainki ular tarkibidagi so‘z yasovchi elementlar ham birga kirib joylashgan Bunday elementlar aslida turli tillarga mansubdir. Hozirgi zamondagi barcha asosiy fanlarda, ya’ni tibbiyot, kimyo,biologiya, zoologiya, arxeologiya, geologiya, matematika, fizika fanlarida, shuningdek, siyosat, san’at va texnika sohalarida yunonpa pogni tillariga mansub bo‘lgan terminlar, so‘z hosil qiluvchilar barapg elementlar ko‘plab uchraydi. Masalan, tibbiyotda: abiogenez, avitaminoz, analgin, aritmiya, bronxoskopiya, gipertoniya, kardiografiya, mikrooperatsiya, monoartrit, poliartrit, psixiatr kabi; kimyoda: adsorbsiya, azobenzol, akvokislota, antikatalizator, galogen, geksadekan, gidroperoksid, nitrotsellyuloza, polimer, psevdokislota, tiokarbonat, xromogen kabi; fizikada: avtotransformator, antineytrino, barometr, gidromexaniqa, dielektrik kvazineytral, makrofizika, mikrofarada, monoxromator, radiosignal, sinxrofazotron, elektrod kabi; matematikada: antikvadrat, binom, geksagon, geometriya,gipernormal, interpolyator, kvazigruppa, ortonormal, polinom,tetraedr kabi; botaniqada: avtogamiya, allogamiya, biomorfologiya, geofiliya, geterosporiya, dendrologiya, izosporiya, mikroflora, monogibrid, neodarvinizm kabi; sport sohasida: aviamodel,velodrom, ippodrom, motobol kabi; ijtimoiy-siyosiy terminologiyada: avtonomiya, anarxiya, genotsid, demoqratiya, internatsionalizm, neorealizm, patriarxat kabi; tilshunoslikda: antonim, antroponimika, bilingvizm, diaxroniya, omonim, polisemiya, singarmonizm, transliteratsiya, fonologiyava boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |