12 -mavzu: Affiksatsiya usulida yasalgan termin va terminoelement hamda ularni tartibga solish masalalari
Рeжa:
1. Affikslarning terminologiyadagi muhim xususiyatlari
2. Affikslarning termin yasash imkoniyatlari
3.Affikslar ishtirokida vujudga keladigan asosiy ma’no kategoriyalari
Tayanch so‘z va iboralar: аффикс (қўшимча), термин, аффикслар, маҳсулдор аффикслар, термин ясаш, усуллар, сўз ясалиши.
O‘zbek tilining, shuningdek, umuman turkiy tillarning ham eng qadimgi va sermahsul so‘z yasash usullaridan birn affiksatsiyadir. Affikslar vositasida so‘z yasashda tilda mavjud bo‘lgan so‘zga yangi affiks qo‘shiladi yoki yasama so‘zdagi so‘z yasovchi affiks boshqasi bilan almashtiriladi. Shuni qayd etish kerakki, affikslarning terminologiyadagi imkoniyati va ahamiyati adabiy tildagiga qaraganda kengroqdir. Chunki ular bu sohada faqat termin va terminoelementlarni vujudga keltirishda (yasashda) ishtirok etib qolmay, ularni sistemaga solishda ham muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan ham mashhur terminshunoslar affikslarning terminologiyadagi muhim xususiyatlarini alohida qayd etganlar. Binobarin, affikslarning terminologiyadagi o‘ziga xos xususiyatlariga, ularning termin yasash imkoniyatlari va terminlarni tartibga solishdagi roliga to‘xtalib o‘tish lozim bo‘ladi.
Affikslarning terminologiyadagi muhim xususiyatlari.
Affikslarning terminologiyadagi muhim xususiyatlari adabiy tildagidan ancha farq qiladi. Garchi, terminologiya umumadabiy til tarkibiga kirib, undagi xususiyatlar adabiy tilga doir sanalsa ham, ammo bu holatlarning maxsus terminologik qoida va talablar bilan aloqadorligi ularni sof adabiy til hodisalaridan farqlashni taqozo etadi. Affikslarning terminologiyadagi maxsus xususiyatlari ular vujudga keltiradigan ma’nolarning, qo‘llanish usullarining o‘ziga xos tomonlari bilan aloqadordir. Mazkur holatlarni aniqlashda O‘zbek tili texnikaviy terminlarini chuqur o‘rganish va terminologiya sohasidagi nazariy manbalar bilan tanishish imkon berdi. O‘zbek tilining texnikaviy terminologiyasida affikslarning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
1. Adabiy tilda passiv bo‘lgan ba’zi so‘z yasovchi affikslar terminologiyada aktivlashadi. Ishlab chiqarish, fan yoki texnika sohasida yangi tushunchalarning paydo bo‘lib turishi va ularni tilda ifodalash ehtiyoji tildagi ayrim yasovchilarning aktivlashuviga sabab bo‘ladi. «Bunday aktuallik sof lingvistik talab asosida emas, balki yangi tushunchalarni ifodalash ehtiyoji tufayli vujudga keladi». Shu boisdan ham uni terminologik aktuallik deb ataydilar. Masalan, tilimizda ma’lum ish-harakatni bajarishga mo‘ljallangan texnikaviy vositalarning ko‘plab yaratilishi bilan ularni ifodalovchi nomlar tarkibida -gich, -ma singari affikslar ham aktivlashdi. Misollar: kurak tergich, kusak chuvigich, to‘p ko‘targich, osma, moslama, tirkama kabi. Terminshunos olim N. Mamatov ham mazkur holatni qayd etib, «Yangi qurol nomlari yasashda -gich (-kich) affikslari kuproq qo‘llanadi» — deb yozgan edi.
2. Ayrim affikslar adabiy tildagidan boshqacharoq ma’no ifodalaydi. Ma’lumki, adabiy tilda -cha, -chak affikslari bilan yasalgan so‘zlar ma’lum obyektni ifodalash bilan birga, ma’lum darajada emotsionallikni ham anglatadi. Masalan, sizcha, yigit-cha, kelinchak singari. Biroq terminologiyada ular ma’lum predmet nomini ifodalaganda undagi kishi tuyg‘usiga ta’sir etuvchi, emrsionallik (qo‘shimcha) ma’nosi yo‘qoladi va ular faqat bir ma’noni, ya’ni predmet ma’nosinigina anglatadi. Masalan: mushtcha (kulachok ma’nosida), gupchak kabi. Binobarin, ular vositasida ifodalangan terminlar neytrallik xususiyatiga ega bo‘lib, ekspressivlik xususiyatidan mahrumdir. 3. Affikslarning ma’nosi mantiqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi. Adabiy tilda va jonli nutqda affikslardan mantiqiy ravishda foydalanmaslik holatlari ko‘zga tashlanadi. Masalan, -xona affiksoidi, asosan, ma’lum predmetning turish, yashash joyini anglatadi: arixona, tovuqxona, molxona kabi. Shu bilan birga, mazkur ma’noga xilof ravishda, obyekt turmaydigan, yashamaydigan joyni ham anglatadi. Misol: pashshaxona kabi. Biroq terminologiyada bunday mantiqiy nomuvofiqlikka yo‘l qo‘yilmaydi va u bir turdagi ma’noni ifodalaydi.
4. Affikslar muntazam qo‘llanadi. Terminologiyadagi aynanlik prinsipiga ko‘ra, bir tipdagi terminlarni yasashda bir xil affiks (so‘z yasash modeli) takror qo‘llanadi. Chunonchi, bir turdagi tushunchalarni sistemaga solish uchun ular bir tipda yasaladi. Masalan: lazer, mazer, grazer kabilarda -zer; yuklagich, ko‘targich, o‘lchagich, tekshirgich, o‘tkazgich kabilarda -gich morfemalari takror qo‘llanib, yagona sistemani vujudga keltiradi. Adabiy tilda esa bunday holat qaytariq hisoblanadi.
5. Affikslar differensiyalanadi. Termin yasash va, ayniqsa, ularni tartibga solish aniq mahsad bilan va plapli ravishda olib borilganligi sababli adabiy tilda Sinonim tarzda qo‘llanadigan affiks (suffiks va prefiks)lar bu sohada differensiyalanib (ya’ni farqlanib) khl’layadsh Affikslarni differensiyalash va maxsuslashtirish termiyologiyada muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan ham rus tiliga oid manbalarda: «So‘z yasash modellari (affikslar) ni differensiyalash va maxsuslashtirish — termin yasashning Xarakterli xususiyatlaridan biridir» deb qayd etilgan. Affikslar differensiyalanganda ma’nodosh (sinonim) affikslarining har biri o‘ziga xos alohida vazifada qo‘llanadi. Masalan, rus tilida bir xil funksiyaga ega bo‘lgan -n(iy) va -ov(’iy) suffikslari meteorologiya terminologiyasida o‘zaro shunday differensiyalanadi: agar obyekt hordan iborat bo‘lsa, unga oid termin -n(iy) suffiksi ishtirokida (misol: snejniy pokrov kabi) yasaladi. Agar u kordan iborat bo‘lmay, faqat unga aloqador bo‘lgan tushunchani bildirsa, -oz(iy) suffiksi vositasida (masalan, snegovaya liniya singari) yasaladi. Biroq bu holat O‘zbek ilmiy-texnikaviy terminologiyasida rasmiy ravishda to‘la amalga oshmagan. Lekin ba’zi ishlarda bu lahgga rioya qilinganligini ham ko‘ramiz. Masalan, akademik Q. Zokirov va Jamolxonovlar O‘zbek botanika terminologiyasini tartibga solishda affiks va ba’zi affiksoidlarni differensiyalangan holda qo‘llab, undan unumli foydalanganlar
Texnikaviy terminologiyada ham (ko‘pincha lug‘atlarda) ma’lum ish- Harakatni bajaruvchi shaxs va predmet tushunchalari ba’zi affikslar vositasida farqlanadi. Masalan: tuproq tashuvchi (odam),. tuproq tashigich (mashina ma’nosida). holbuki, adabiy tilda bunday affikslar (-gich va -(u)vchi) sinonim holda qo‘llanadi.
6. Affiks maxsuslashtiriladi. Ma’lumki, tilshunoslikda ham affikslar o‘zlari yuzaga keltiradigan ma’no turlariga ko‘ra gruppalanadi. Terminologiyada affikslarning gruppalanishi (maxsuslashtirilishi) o‘ziga xos xususiyatga ega. Bunda so‘z (termin) yasovchi affikslar terminologiyadagi ma’lum ma’nolar uchun maxsuslashtiriladi. Natijada, affiks adabiy tilda ifodalashn mumkin bo‘lgan xilma-xil ma’nolardan faqat biri uchun aktiv qo‘llanadi va boshqa ma’nolari cheklanadi. Masalan, rus tilidagi -tel suffiksi ko‘p davrlar davomida ham qurol-vosita va shaxsga oid tushunchalarni ifodalab kelgan. Biroq fan va texnikaning rivoji natijasida u faqat bir turdagi ma’noii ifodalashga maxsuslashdi. Tilshunos 3. A. Potixaning qayd etishicha, -tel faqat ma’lum ish-harakatni bajaradigan texnika nomlarini yasashda aktiv qo‘llanib, shaxs bildiruvchilik ma’nosida deyarli qo‘llanmay qoldi.
O‘zbek texnikaviy terminologiyasida ham -gich (-kich) suffiksini maxsuslashtirib qo‘llash va buning oqibatida yuzaga keladigan ijobiy natijalar ba’zi ishlarda tadqiq etilgan. Taniqli terminshunos olimlardan akad. S. A. Chapligin va D. S. Lotte affikslardagi ko‘p ma’nolilik bilan kelishib bo‘lmasligini va ularni terminologiyada maxsuslashtirib qo‘llash muhimligini qayd etib, shunday yozgan edilar: «Tildagi affikslar, xususan, suffikslar, statistik jixatdan olganda, ko‘p ma’nolilik yoki sinonimlik xususiyatiga ega. Ammo texnikaviy terminologiyada bunday ko‘p ma’nolilik bilan kelishib bo‘lmaydi. Shu boisdan ham, har bir morfologik ko‘rsatkich (affiks) ni ma’lum turdagi ma’no variantiga biriktirib qo‘yishga imkoni boricha harakat qilmoq zarur». Biiobarin, O‘zbek texnikaviy terminologiyasida ham -gich (-kich) suffiksining faqat texnikaviy tushunchalarni ifodalashda aktiv qo‘llash va uning inson hamda jonivorlarga oid tushunchalarni anglatish ma’nosini bu sohada cheklash muhim ahamiyatga ega. Affikslarning terminologiyadagi o‘ziga xos xususiyatlari xilma- xildir. Ularning qo‘llanishidagi maxsuslanish va differensiyalanish, ba’zi so‘zlarning affiksoid (ya’ni affiksga yaqin) vazifada qo‘llanishi kabilar ham shular jumlasidandir.
O‘zbek tili terminlarining ko‘pchiligini affikslar ishtirokida yasalgan terminlar tashkil etadi. «Biz,— degan edi prof. A. G‘ulomov,— yangi so‘zlarni ko‘pincha affikslar orqali hosil qilamiz» Affikslarning sermahsullik xususiyati O‘zbek tilining asosiy mohiyatidan, ya’ni uning agglyutiiativlik xususiyatidan kelib chiqadi. O‘zbek tili texnikaviy terminologiyasida affikslar turlicha leksika birliklariga qo‘shila oladi. Ular asl o‘zbekcha o‘zak (negiz)larga qo‘shilib sodda termin hosil qiladi. Masalan: yumshatgich, moslama, tirkama kabi; Shuningdek ruscha-internatsional so‘zlarga ham, ko‘p miqdordagi texnikaviy terminlari vujudga keltiradi. Masalan: traktorni, seyalkachi, samolyotsoz kabi. Shuni qayd etish kerakki, affikslarning yangi so‘z hosil qilish imkoniyatlari terminologiyada adabiy tildagidan ham kengroqdir. Ular bu sohada turlicha ma’nolar anglatuvchi yangi terminlarni hosil qila oladi. Chunonchi, bu holatni birgina so‘z doirasida ko‘raylik. Masalan: rus tilidan o‘zlashgan mashina so‘zidan quyidagicha yangi yasalma terminlar hosil qilinadi: mashinasoz, mashinashunos, mashinashunoslik mashinaxona, mashinachi, mashinador, mashinafurush va boshqalar. Affikslarning sermahsulligi ularning so‘z yasash imkoniyati kengayganligi quyidagi holatlarda ham ko‘zga tashlanadi: a) ular qo‘shma va birikma terminlar tarkibiga kiradigan yuzlab yangi so‘zlar (terminoelementlar)ni yuzaga keltiradi. Bu sohada -gich, -ma, -li, -chi, -(u)vchi, -digan kabi yasovchilar, ayniqsa, keng qo‘llanadi. Bunda yasama so‘zlar keyingi davrinig mahsuli sifatida yangi tushunchalarni ifodalash ehtiyoji tufayli vujudga kelgandir. Masalan: suvo‘lchagich, g‘o‘zapoya yulgich, ko‘prikli kran kabi; b) Turlicha raqam, simvol va harflarga ham qo‘shilib, leksika birliklari hosil qiladi. Bunda simvol va Harf, raqamlar o‘zak vazifasini bajaradi. Misollar: 8-simon haydash (yerni), T-simon moslama, uu-simon birikish, X-simon birikish (metallarni payvandlashda) kabi. Affikslarning tildagi katta imkoniyatini qayd etib, tilshunos N. M. Shanskiy: «So‘z yasashning nihoyatda boy, ixcham va sermahsul usuli affiksatsiyadir»,— deb yozgan edi. Bu fikrning O‘zbek tili, ayniqsa, uning texnikaviy terminologiyasi uchun ham muvofiq kelishini yuqorida qayd etilgan holatlar tasdiqlaydi. O‘zbek tilida affikslarning so‘z va termin yasashdagi muhim imkoniyatlarini texnikaviy terminologiya sohasidagi asosiy ma’mo kategoriyalarining yasalishi va unda affikslarning ishtiroki ham ko‘rsatadi.
Terminologiyada, jumladan, texnikaviy terminologiyada ham turlicha ma’no kategoriyalari mavjuddir. Terminshunos T. L. Kandelaki rus tilidagi texnikaviy terminlarni tadqiq etib, bu sohadagi asosiy terminlarni ma’no jihatdan 9 xil kategoriyaga ajratgan. O‘zbek texnikaviy terminologiyasi sohasida kuzatish olib borgan R. Doniyorov bu sohada yetti xil ma’no kategoriyasini qayd etgan. Jumladan:
1. Texnikaviy predmetlarni ifodalovchi terminlar.
2. Texnikaviy soha va kasblarni anglatuvchi terminlar.
3. Faoliyati texnika bilan bogliq bo‘lgan shaxslarni
ifodalovchi terminlar.
4. Texnikaviy jarayonlarni anglatuvchi terminlar.
5. Texnikaviy miqdorni anglatuvchi terminlar.
6. Texnikaviy o‘lchovlarni anglatuvchi terminlar.
7. Texnikaviy xossalarni anglatuvchi terminlar.
Shuni qayd etish kerakki, mazkur tadhitsotchilarning ishlarida texnikaviy terminlarga oid bir muxim kategoriya, ya’ni o‘rin-joy tushunchasini anglatuvchi kategoriya e’tibordan chetda solgan. Chunki har bir predmetning mavjudlik belgisi uning zamon va makon bilan aloqadorligini taqozo etadi. Binobarin, texnikaviy terminologiyada ham mashina va uning ismlarini saklash, remont qilish kabilar. bilan alohador tushunchalar mavjuddirki, bularni xam alohida ma’no kategoriyasi sifatida harash zarur buladi. Shunday qilib, O‘zbek tili texnikaviy terminlarni ma’no jihatdan quyidagicha asosiy kategoriyalarga ajratish mumkin.
1. Predmet (mashina va uning qismlari)ni anglatuvchi
terminlar.
2. Ish-harakatlarni ifodalaydigan terminlar.
3. O‘rin-joylarni anglatuvchi terminlar.
4. Soha va shaxs nomlarini ifodalovchi terminlar.
5. Texnikaviy holat va xususiyatlarni bildiruvchi terminlar.
6. Texnikaga oid kattalik va miqdorlarni anglatuvchi
terminlar.
7. Turlicha rejim va o‘lchovlarni ifodalovchi terminlar.
Ushbu ishning asosiy maqsadi mazkur sohada mavjud fikrlari umumlashtirish va qayta ta’kidlashdan iborat bo‘lmaydi, balki, mazkur kategoriyalarning shakllanishida affikslarning ishtirokini chuhurroq tadqiq qilish, har bir kategoriya uchun aktiv qo‘llanayotgan so‘z yasovchilarni belgilab olish hamda ularning shu xususiyatlari haqida obyektiv xulosalarga kelishidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |