O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘zbek terminologiyasi fanidan ma’ruza matnlari



Download 457,78 Kb.
bet20/82
Sana04.03.2022
Hajmi457,78 Kb.
#483300
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82
Bog'liq
leksikografiya majmua

Nazorat savollari:
1.Texnikaviy predmetlarni ifodalovchi terminlarga misollar keltiring?.
2. Texnikaviy soha va kasblarni anglatuvchi terminlarning o‘ziga xos xususiyatlarini bayon eting.
3. Faoliyati texnika bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarni
ifodalovchi terminlarga qanday terminlar kiradi..
4.Texnikaviy jarayonlarni, miqdorni, o‘lchovlarni anglatuvchi terminlarni hosil bo‘lishi, qo‘llanishi haqida nimalarni bilasiz.


Adabiyotlar:

  1. Doniyorov R.O‘zbek tili ilmiy-texnikaviy terminlar tarixidan.Toshkent, 1974.

  2. Doniyorov R. O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. Toshkent, 1977.

  3. “Tarjumon”-X1U asr yozma obidasi. Toshkent: Fan. 1980.

  4. Usmonov O., Hamidov Sh. O‘zbek tili leksikasi tarixidan. Toshkent: Fan, 1981.

  5. Qosimov N. O‘zbek tili ilmiy-texnikaviy terminologiyasi masalalari. Toshkent,1985.

  6. Dadabayev X.A. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno-ekonomicheskaya terminologiya v tyurkoyazichnix pismennix pamyatnikax X1-XIV vv. -Tashkent: Yozuvchi, 1991.

  7. Danilenko V.P. Russkaya terminologiya. Opit lingvisticheskogo opisaniya.- M.: Nauka, 1977.

13-ma’ruza. Davlat tili va o‘zbek lug‘atchiligi rivoji.
Reja:
1. Davlat tili to‘g‘risidagi qonunning tarixiy ahamiyati.
2.Davlat tili va o‘zbek lug‘atchiligi rivoji.


Tayanch so‘z va iboralar: davlat tili, o‘zbek lug‘atchiligi, termin, izohli lug‘at, qomusiy lug‘at, etimologik lug‘at, maqom, leksikografiya, lug‘atchilik.

O‘zbek tilshunosligida ham terminlarni o‘rganish borasida yangi qadamlar qo‘yildi, ya’ni ilmiy terminologiyaga oid, kasb-hunarga oid, o‘zbek tili leksikasiga oid tadqiqotlar, shuningdek, entsiklopediya, izohli lug‘atlar birinketin maydonga keldi. Alohida qayd etish lozimki, 1989- yil oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili haqida qonunga ega bo‘ldi. Shuningdek, yana bir olamshumul voqeani qayd etib o‘tish o‘rinlidir. 1991-yili 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi sobiq ittifoq respublikalari ichida birinchilardan bo‘lib o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Bu muhim dalillar tilda qadimdan qaror topib kelgan lisoniy informatsiya almashish jarayonini yanada keng miqiyosda rivojlantirishdan iborat muhim vazifani ko‘ndalang qildi. Pirovardida, hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan sohalar bo‘yicha yuzaga kelayotgan lisoniy materiallarni o‘zbek tili qonun-qoidalari va talablari doirasida qayta ko‘rib chiqish lozimligini taqoza qildi. Ayniqsa, bu jarayonda ijtimoiy-siyosiy hujjatlar va adabiyotlarni mukammal yaratish masalalari muhim rolni o‘ynaydi.


Zero, O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonunining 7-moddasida “Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, uni hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy qilish hisobiga ta’minlaydi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo‘mitasinang roziligi bilan o‘zbek tiliga joriy etiladi” deyilgan.26 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida shunday yozilgan: O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Avval Respublika muassasalararo terminologiya komissiyasi nomi bilan tuzilgan komissiya mustaqillikdan keyin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Terminologiya komiteti sifatida ish boshladi. Uning 40dan ortiq sohalar bo‘yicha ish olib boruvchi tarmoqlari ish boshladi. Natijada sohalar terminlari tilshunos olimlar va soha mutaxassislari ko‘magida unifikatsiya qilindi va tartibga keltirildi. Ammo shuni ham aytish mumkinki, bu jarayonda ba’zi subektiv sabablar tufayli terminbozlik illatlari ham namayon bo‘la boshladi. Ayrim “yangilikparvarlar” oldindan ishlatilib kelinayotgan baynalminal terminlarni yoppasiga almashtirish, ya’ni yangi yasalmalar yoxud arabcha, fors-tojikcha so‘zlar bilan almashtirish payiga tushdilar. Masalan, gazeta-ro‘znoma; jurnal-oynoma, oybitik, majalla, jarida; samolyot-tayyora, aeroport-tayyoragoh; respublika-jumhuriyat; rayon-nohiya; avtobus-ko‘po‘rindiq; radio-ovoznigor; institut-oliygoh; fakultet-kulliyot; kurs-bosqich; pensiya-nafaqa; posobiya-nafaqa; prezidium-rayosat; jyuri-hakam; arbitrhakam kabi
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va 1991 yilda Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi o‘zbek leksikografiyasi oldida shonli ufqlarni ochib berdi. Mustaqillikning dastlabki yillardan boshlab o‘zbek lug‘atchiligi o‘tmishda erishilgan tajriba va an’analar negizida turfa turdagi lug‘atlar tuzish masalalasini ijobiy hal qilishga kirishdi. Bu borada qo‘yilgan jiddiy qadamlardan biri O‘zbekiston milliy ensiklopediyasini Istiqlol g‘oyalari asosida tuzish, sobiq sho‘rolar davrida nohaq kamsitilgan ajdodlar hayoti va faoliyatini obyektiv, haqqoniy yoritish, totalitar tuzum siyosati va mavkurasini ifodalovchi tushunchalardan voz kechish singari maqsadlar sari yo‘naltirilgan 12 jilldan iborat Milliy ensiklopediyaning nashr qilinishi Respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea sifatida e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, o‘zining ilmiy jihatdan chuqur, ayni vaqtda ommabopligi bilan keng kitoxonlar orasida obro‘-e’tibor topib, jahonning nufuzli qomuslari qatoridan munosib o‘rin oldi. 32 dan ortiq fan sohalariga doir tushunchalar qatori umumbashariy ma’lumotlarni ham o‘z ichiga qamrab olgan ensiklopediya jildlarida 60 mingdan ortiq maqolalar keltirilgan. Ensiklopediyadan joy olgan maqolalar 9 tahririyat tomonidan tavsiya etilgan. Maqolalarning hajmi ularning mazmun-mohiyati, xarakteridan kelib chiqqan holda o‘zaro farqlangan. Mamlakatlar, davlatlar, geografik obyektlar, sulolalar, mashhur tarixiy shaxslar kengroq yoritishni taqozo etgan.
Etimologik lug‘at yaratish tuzuvchidan til tarixidan yuqori darajada xabardor bo‘lishni, tilda sodir bo‘luvchi qonuniyatlar, so‘z yasalishi jarayonlarini puxta egallashni taqozo etadi. Etimologik lug‘atlar tuzish masalasiga tilshunoslar juda erta diqqat qaratishgan bo‘lsa-da, biroq tom ma’nodagi etimologik lug‘atlar nisbatan keyingi davrlarda yaratildi. Turkiyshunoslikda etimologik lug‘atlar tuzishga qo‘l urgan olimlar barmoq bilan sanalarli. Xususan, “Chuvash tilining etimologik lug‘ati” Yegorov tomonidan o‘z vaqtid tuzildi. Sobiq SSSR FA Tilshunoslik institutida E.V.Sevortyan rahbarligida dunyo yuzini ko‘rgan “Turkiy tillarning etimologik lug‘ati” (Etimologicheskiy slovar tyurkskix yazikov ).1-1U.M., 1974-1989, Hasan Erenning Turkiy tillar etimologik lug‘ati shular jumlasiga kirar edi. O‘tgan asrning oxirida o‘zbek lug‘atshunosligi qarshisida etimologik lug‘at yaratish masalasi ko‘ndalang turar edi. Ushbu o‘ta og‘ir, ayni paytda, sharafli vazifani amalga oshirish professor Sh.Rahmatullayev boshchiligidagi ToshDU (hozirgi O‘zMU) tilchilari zimmasiga yuklatildi. 1997-1999 yillarda “O‘zbek tilining qisqacha etimologik lug‘ati” chop etildi. To‘rt kitobchadagi maqolalarning talay qismi keyinchalik qaytadan tuzildi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlanib, bartaraf qimlindi. Lug‘at 2000 yilda “Universitet” nashriyotida Sh.Rahmatullayev nomi bilan “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” shaklida nashr qilindi. Mazkur lug‘atning birinchi jildi turkiy so‘zlar etimologiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 2400dan ortiq so‘z qamrab olingan. Lug‘atning 2003 yilda e’lon qilingan P jildida arab so‘zlari va ular bilan hosilalar, 2009 yilda dunyo yuzini ko‘rgan SH jildida esa forscha, tojikcha birliklar va ular bilan hosilalarning etimologiyasi berilgan.
O‘zbek leksikografiyasi izohli lug‘atlar tuzish borasida ham muayyan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Ma’lumki, 1981 yili Moskvadagi “Russkiy yazik” nashriyotida Z.Magrufov tahriri ostida 60000 so‘zni ichiga olgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ikki jild tarzida chop etilgan edi. O‘z vaqtida o‘zbek lug‘atshunosligining ulkan yutug‘i siftida baholangan ushbu lug‘at Mustaqillikdan keyingi mavjud talablarni qondirishda qo‘l kelmay qoldi. Zero, unda izohlangan so‘zlarning aksar qismi totalitar tuzum mafkurasi, ma’naviyati bilan bog‘liq edi. O‘zligini angab yetgan, azaliy qadriyatlarini qayta tiklash yo‘ligi tushib olgan o‘zbek millati vakillari uchun istiqlol, ozodlik, erkinlak, vatanparvarlik, fidoylik g‘oyalarini tarannum etuvchi mutlaqo yangi tipdagi izohli lug‘at tuzish zarur edi. Ushbu jihatlardan kelib chiqqan holda O‘zR FA Til va adabiyot insituti lug‘atchilari sa’y harakati natijasida 5 jilddan iborat “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” joriy alifboda nashr qilindi. Lug‘atning lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosidagi nusxasi nashr yuzini ko‘rish arafasida.
Istiqlol yillarida o‘zbek lug‘atshunosligi yuqorida qayd etilgan lug‘atlardan tashqari ikki tilli, chappa(ters), chastotali,tezaurs va h.k. lug‘atlar tuzish borasida ham sezilari ishlarni bajardi. Ayniqsa, ilm-fan, texika sohasiga doir terminologik lug‘atlar tuzishdagi ishlarni ta’kidlash lozim bo‘ladi. Bu borada tibbiyot fanida qo‘llanuvchi terminlarning tarjima, izohli lug‘atlarining katta miqdorda nashr yuzini ko‘rgani quvanarli hol. Tarixda qo‘llangan ijtimoiy, siyosiy, harbiy terminlar izohiga bag‘ishlangan lug‘atlar nashr qilindi. Natijada, bugungi kitobxon o‘tmish bilan yaqindan oshno bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Nazorat savollari


1.O‘zbek tilida terminlar yasashda o‘zlashma qo‘shimchalarning o‘rni qanday?
2. Mustaqillikdan keyin o‘zbek leksikografiyasi qanday yutuqlarga erishdi?
3. “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” xususida fikringiz qanday?
4. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (besh tomlik) sizni qoniqtiradimi?
Adabiyotlar:
1. Begmatov E. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik qatlami. -Toshkent: Fan, 1988.
2. BektemirovH., Begmatov E. Mustaqillik davri atamalari. Toshkent: Fan, 2002.
3. Dadabayev X.A. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno-ekonomicheskaya terminologiya v tyurkoyazichnix pismennix pamyatnikax X1-X1U vv. -Tashkent: Yozuvchi, 1991.
4. Danilenko V.P. Russkaya terminologiya. Opit lingvisticheskogo opisaniya.- M.: Nauka, 1977.
5. Doniyorov R. O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. Toshkent: Fan, 1977.

14-mavzu: O‘zbek terminologiyasini takomillashtirish masalalari.


Reja:
1. O‘zbek terminologiyasini takomillashtirish borasida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar.
2.Soha terminologiyasida yangi avlod lug‘atlarining yuzaga kelishi.
3.O‘zbek elektron, internet, vikipediya lug‘atlarini yaratish masalalari.

Tayanch so‘z va iboralar: sohaviy terminologiya, o‘zbek leksikografiyasi, guruhlashtirish, tizim, sheva va lahja materiallari, internet, tilning ichki imkoniyatlari, ekstralingvistik omillar, texnologiya, elektron lug‘atlar, konkordans


Bugungi kunda o‘zbek tili soha terminologiyasi har tomonlama takomillashish jarayonini kechirmoqda. Terminlarning ular ifodalaydigan narsa-buyum, voqea-hodisa tushunchasi, ma’no-mazmuniga mutanosib, mos tushishi, struktur(shakl) jihatdan ixcham bo‘lishi, yakka ma’noni ifodalashi, ma’nodoshlik qatorlariga kirmasligi kabi talablar terminshunoslar diqqat markazidan joy olganligi yangilik emas. Ayniqsa, xorijiy tillardan shiddat bilan kirib kelayotgan fan, texnikaga doir terminlarni qanday tarzda qabul qilish, o‘zlashtirish xususida har xil yondashulvr ko‘zga tashlanadi. Istiqloldan keyin o‘zbek terminologiyasi nafaqat miqdor, shuningdek sifat o‘zgarishlarga ham yuz qo‘ydi. O‘zbek tili imkoniyatlaridan foydalangan tarzda terminlar tizimini tartibga solishga alohida e’tiyuor qaratilmoqda. Xususan, muayyan narsa-buyum, tushuncha, vrqea-hodisani ifodalashda ona tili qatori o‘rni bilan o‘zbek tili shevalari va lahjalari so‘z xazinasida mavjud tayyor so‘zlardan foydalanilmoqda, o‘zbek tilida asrlar osha sinovlarga bardosh bergan so‘z yasovchi affikslarning termin hosil qilishdagi ishtirokidan unumli istifoda etilmoqda, kalkalashning turlari yordamida terminlar hosil qilishga jiddiy diqqat qaratilmoqda, mazkur usullarning birortasi ham qo‘l kelmagan kezlarda chet tili terminlari aynan, tayyor holda o‘zbek terminologiyasi tizimiga oli nmoqda. So‘nggi fikrning isbotini AKT va zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kompyuter, internet bilan bog‘liq terminlarning qo‘llanishida ko‘ramiz.
Shubhasiz, o‘zbek terminologiyasi tizimi sezilarli rivojlanishda bo‘lishiga qaramay, ushbu soha ham muayyan qusur va kamchiliklardan holi emas. Bizning nazarimizda ularni quyidagi tarzda guruhlashtirish o‘zini oqlaydi:
Ilmiy-texnikaviy terminlarning yanada taraqqiy etishi va takomillashuvida ona tilining ichki manbalari va so‘z yasash usullaridan qoniqarli tarzda foydalanmaslik. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot bugungi kunda dunyodagi barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar hayotida lokomativ rolini ado etmoqda. Eng zamonaviy asbob-anjomlar, dastgohlar, robotlar, axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz kelajak jamiyat taraqqiyotini tasavvur qilish amri mahol. O‘zbek modeli asosida o‘z rivojlanish yo‘lini belgilab olgan mamlakatimizda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari, xususan, og‘ir va yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan, madaniyat, san’at sohalari ildam qadamlar bilan rivojlanmoqda. Buning natijasi o‘laroq O‘zbekiston jahon hamjamiyatining faol a’zosiga aylandi. Dunyoning yetakchi davlatlari bilan o‘rnatilgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy, madaniy, diniy va h.k. aloqalar negizida taraqqiyotning yangi pallasini boshidan kechirayotgan xalqimiz xorijdan olib kelinayotgan eng so‘nggi texnika va texnologiyalar bilan oshno bo‘lmoqda, ularni kundalik hayotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Vatandoshlarimiz, ayniqsa, iste’dodli yoshlarning xorijning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishi, yosh mutaxassislarning chet ellardagi universitetlarda malakasini oshirishi, zamonaviy axborot texnologiyalarining insonlar turmushidan o‘rin olishi kabi omillar oqibatida yangidan-yangi tushunchalar va ular bilan bog‘liq terminlar tilimizning so‘z xazinasidan o‘rin olmoqda. Mubolahasiz ta’kidlash joizki, ayni kezlarda o‘zbek tili terminologik tizimiga G‘arbiy Yevropa tillaridan bevosita va bilvosita yopirilib kirib kelayotgan terminlarni tartibga solish, unifikatsiya qilish, ularni o‘zbek tili qoidalariga bo‘ysundirish qiyin kechmoqda. Chetdan kelayotgan axborotning haddan tashqari ko‘pligi va serqirraligi terminologiyaga xos jihatlarni har doim ham diqqat markazida ushlab turish imkoniyatini bermayapdi. Bu holat terminlarni o‘zlashtirish, kalkalash, izohlash paytida muayyan qiyinchiliklarni yuzaga chiqarmoqda. O‘zbek tilining ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanishga zarur e’tibor qaratilmoqda, so‘z yasash usullaridan har doim ham unumli iste’foda etilmoqda, deb bo‘lmaydi. Chet tilidan o‘zlashayotgan istilohlarni aynan qabul qilish tendensiyasi hamon yetakchilik qilmoqda.
Ayni bir termin bilan bir nechta yoki har xil ma’nolarni ifodalash; Terminologiyada salbiy jihat hisoblangan mazkur holat qator tiziminlar tizimidagi chalkashliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Terminning faqat yakka ma’noni ifodalishi lozimligini hisobga oladigan bo‘lsak, ayni holatni o‘nglash borasida jiddiy ishlarni amalga oshirishning zarurligi oydinlashadi.
Bir ma’noni ifodalashda ikki, ba’zan bir nechta termin-sinonim (dublet, leksik variant)larning parallel ishlatilishi;
Terminologiyaga oid tadqiqot ishlarining barchasida bitta ma’noni ifodalash uchun faqat bitta termin qo‘llanishi zarurligi bot-bot takrorlangan. Shunga qaramasdan, nafaqt o‘zbek terminologiyasi, balki boshqa til teraminologiyalarida ham muayyan ma’nining bir nechta termin-sinonimlar yoki dubletlar va leksik variantlar yordamila ifodalanishi ko‘zga tashlanadi va h.k.
O‘zbek terminshunoslari oldida yuqorida keltirilgan muammolar qatori tubandagi maslalarni ham hal etish mas’uliyati ko‘ndalang turibdi:
umumqo‘llanish xarakteridagi ba’zi terminlarning mutanosib variantining mavjud emasligi;
fan va texnika turli sohalari terminlarini tartibga solish va bir xillashtirishning qoniqarsizligi;
terminlarni qo‘llashda imloviy chalkashliklarga yo‘l qo‘yish;
turli turdagi terminologik lug‘atlar tuzish va nashr qilish jarayonini boshqarish hamda nazorat qilishning sustligi;
turli sohalarda qo‘llanuvchi terminlar aynanligini ta’minlaydigan metodik qo‘llanma va davriy byulletenning mavjud emasligi;
terminologik leksika, ayniqsa, Mustaqillik davri ilmiy-texnik terminlar haqida olib borilayotgan nazariy tadqiqotlarning qoniqarli emasligi;
terminologiya maslalari bilan maxsus shug‘ullanadigan boshqaruv organining yo‘qligi va b.
Mustaqqillik davri o‘zbek tili soha terminologiyasi bo‘yicha lug‘atlar yaratish nuqtai nazaridan ham maqtovga loyiq ba’zi ishlarni amalga oshirdi. Kimyo, matematika, tuproqshunoslik, fizika, tibbiyot, biologiya, geografiya, huquqshunoslik kabi fan sohalari bo‘yicha qator tipdagi terminologik lug‘atlar yaratildi. Bu holatni ijtimoy-gumanitar fan sohalari, chunonchi, tarixshunoslik, adabiyotshunoslik, tilshunoslikda ham ko‘rish mumkin. O‘zbek leksikografiyasi erishgan yutuqlar O‘zR FA Til va adabiyot instituti olimlari tomonidan nashr qilingan “O‘zbekcha-ruscha lug‘at”, “O‘zbek tilining imloviy lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Tilshunoslik terminlari izohli lug‘ati”, “Lingvokulturologiya terminlarining qisqacha izohli lug‘ati”, O‘zMU tilshunoslari tuzgan “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”, “Tarixiy harbiy terminlar lug‘ati”, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti olimlari tomonidan e’lon qilingan “Alisher Navoiy asarlari konkordansi”ning birinchi jildi, shuningdek, boshqa oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari yaratgan “O‘zbek davlatchiligida qo‘llangan tarixiy-huquqiy atamalar”, “Boburnoma”dagi frazeologik birliklar va paremeyalarning inglizcha tarjimalari lug‘ati”, “Tarix atamalari lug‘ati”, “Ijtimoiy-siyosiy terminlar lug‘ati” singari asarlarni kiritish joiz. Kezi kelganda moziyda bitilgan durdona asrlar yoki ularga tuzilgan lug‘atlar yaratish yo‘nalishida Respublikada olib borilayotgan ishlarning kun tartibidan tushib qolmaganligini ta’kidlash zarur. Zero, o‘zbek tili leksik tarkibi, alalxusus, terminologiya tizimida o‘tmishda yuz bergan voqea-hodislarni hisobga olmasdan ularning hozirga holati xususida obyektiv fikr yuritish mumkin emas. Shu jihatdan Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asari ruscha tarjimasining akademik A.Rustamov tomonidan Moskvada chop etilishi, 1983-1985 yillarda “Fan” nashriyoti tomonidan to‘rt tom tarzida chop etilgan “Alisher Navoiy asarlari tili izohli lug‘atining” 2013 yili akademik E.Fozilov tomonidan to‘ldirilgan, qayta izohlangan (Alisher Navoiy asarlari lug‘ati 1) holda kitobxonlarga taqdim qilingan nashri muhim ahamiyatga ega. Bu lug‘atlar nafaqat eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tili so‘z boyligi, balki terminlar tizimini ham aks ettirishi bois muhim ilmiy qimmatga egadir.
Istiqlol davri o‘zbek leksikografiyasi nafaqat an’anaviy, balki zamonaviy lug‘at tuzish prinsiplarini ham o‘zlashtirdi. Globallashuv hamda internet davrida har qanday axborotni sanoqli soniya yoki daqiqalarda qo‘lga kiritish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki,o‘zbek lug‘atshunosligi o‘tgan vaqtlar davomida kitobxonlar ommasi , mutaxassislar uchun mo‘ljallangan turfa tipdagi lug‘atlarni nashr qilish borasida sezilarli yutuqlarga erishdi. Ayni paytda lug‘atlar yaratish borasidagi ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, rivojlangan davlatlarda har qanday asarni hox u ommaviy hox ilmiy bo‘lishidan qat’iy nazar ularga oid elektron lug‘atlar tuzish, internet lug‘atlari yaratish jadallik bilan taraqqiy etmoqda. Ko‘plab kutubxona fondlarida saqlanayotgan turli asarlar qatori ilgari nashr qilingan lug‘atlarning ham elektron nushalarini yaratish bugungi kun tartibidan o‘rin olgan. Shunga o‘xshash ishlar o‘zbek lug‘atshunosligida ham asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da kutubxonalardan o‘rin olmoqda. Chunonchi, “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”, “Bolalar ensiklopediyasi”, “Toshkent ensiklopediyasi” , “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” va qator tarjima lug‘atlar, terminologik lug‘atlar va h.k.larning elektron shakllari nafaqat mutaxassislar, balki keng kitobxonlar ommasi hukmiga havola qilingan.
Ayni paytda jahon leksikografiyasi tajribasidan o‘rin olgan vikipediya lug‘atlarini yaratish bo‘yicha respublikada dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda. Mazkur lug‘atlar, o‘zining tezkorligi, universalligi va ommabopligi nuqtai nazaridan boshqa lug‘atlardan farqlanib, kitobxonning vaqtini tejashi, so‘ralgan ma’lumotni qisqa va lo‘nda ifodalashi bilan ahamiyatga molikdir.
Nazorat savollari:
Soha terminologiyasi birikmasi nimani anglatadi?
O‘zbek tilshunosligi terminlari qanday qatlamlardan iborat?
O‘zbek tilshunosligi terminologiyasiga oid qanday lug‘atlarni bilasiz?
Tibbiy terminlar izohli lug‘ati kim tomonidan yaratilgan va u nechta tilda izohlangan?
Elektron lug‘atlarning zamonaviy leksikografiyadagi o‘rni qanday?
Mamlakatimizda Internet lug‘atlarini yaratish darajasi sizni qoniqtiradimi?
Foydalanilgan adabiyot:
1. Begmatov E. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik qatlami. -Toshkent: Fan, 1988.
2. BektemirovH., Begmatov E. Mustaqillik davri atamalari. Toshkent: Fan, 2002.
3. Dadabayev X.A. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno-ekonomicheskaya terminologiya v tyurkoyazichnix pismennix pamyatnikax X1-X1U vv. -Tashkent: Yozuvchi, 1991.
4. Danilenko V.P. Russkaya terminologiya. Opit lingvisticheskogo opisaniya.- M.: Nauka, 1977.
5. Doniyorov R. O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. Toshkent: Fan, 197

15-Mavzu: Termin va so‘z, nom, kasb-hunar so‘zlari


o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar
Reja:
1. Termin, so‘z va nom.
2. Kasb-hunar so‘zlari va leksemalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.
3. Terminlarning nominativ vazifa bajarishi.
4. Terminlashish va determinlashish.

Tayanch iboralar: eski turkiy til, ilk eski turkiy til, tovush o‘zgarishi, inlaut, fonema, leksik fond, rudiment shakl, o‘z qatlam, leksikografik manbalar, ismlar, fe’llar, fe’llardan yasalgan ismlar, iste’moldan chiqqan so‘zlar, eskirgan so‘zlar, istiloh.


Ma’lumki, fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, sanoat tarmoqlarida qo‘llanilayotgan so‘z va iboralar eng qadimgi davrlarda o‘sha sohalarning boshlang‘ich davrlarida qo‘llanilayotgan so‘z va iboralar kabi ma’lum predmetlarga atab qo‘yilgan va o‘sha predmetlarni bildiradigan bir ma’noli so‘z va terminlardir.


Aslida termin va oddiy so‘zning farqli jihatlariga e’tibor qaratmoqchi bo‘lsak, bu hodisalarga o‘sha soha bilan shug‘ullangan olimlarning fikrlariga nazar solish va shu asosda termin va oddiy so‘z oppozitsiyani hal qilish maqsadga muvofiqdir. Odatda, olimlar terminlarning quyidagi belgilarini ko‘rsatadilar:
1) termin bir ma’noli yoki bir ma’noli tendensiyaga ega;
2) termin aniq, nominativ funktsiyaga ega bo‘lib, unga emotsionallik,ekspressivlik, modallik funktsiyalari xos emas. Termin o‘zining bu xususiyatini kontekstda ham, kontekstdan tashqarida ham saqlaydi;
3) terminning ma’nosi tushunchaga tengdir;
4) termin stilistik jihatdan neytraldir;
5) terminologik leksika alohida sistemadir va hokazo.
Keltirilgan fikrlarda olimlar terminlarning xarakteri xususiyatlarini aniq va to‘la qayd qilganlar. Bu belgilardan termin uchun nihoyatda xarakterli belgilar terminlarning uslubiy neytralligi, terminologik leksika alohida tizim (sistema) ekanligi (uning bunday sistema ekanligi o‘zi qo‘llanilayotgan sohadagina sistema elementi sifatida ko‘zga tashlanishida ko‘rinadi), termin funktsiya bajarishi kabilardir. Terminlar shu belgilari bilan oddiy so‘zlardan farqlanishi mumkin. Terminlarning maxsus termin ekanligi o‘zi qo‘llanayotgan sohada yaqqol ko‘zga tashlanadi. U bu tizimdan boshqa tizimga o‘tsa oddiy so‘zga aylanadi. Shu sababli ham M.Mukarramov “bo‘g‘in” so‘zi tilshunoslikda, ya’ni fonetikada termin, “yosh bo‘g‘in”, “qo‘l bo‘g‘inlari” birikmalarida inson tanasining a’zolari sifatida ekanligini ta’kidlaydi. V.G.Gak yuqorida ko‘rsatilgan maqolasida termin bilan so‘zning farqli munosabatini ifoda planiga ko‘ra uch tipga bo‘lib o‘rganish mumkinligini ko‘rsatadi:
1) bir planli leksik birlik – oddiy so‘z;
2) bir planli leksik birlik – termin;
3) ikki planli leksik birlik – bir o‘rinda oddiy so‘z, ikkinchi bir o‘rinda termindir. V.G.Gakning fikricha, birinchi tip leksik birliklar doimo o‘zining oddiy so‘zligini saqlaydi. Ular ilmiy adabiyotlar tilida ham termin sifatida qo‘llanmaydi. Bu so‘zlarga atoqli otlar, olmosh va yordamchi so‘zlar kiradi. Ikkinchi tip birliklar haqiqiy terminlardir. Ular kontekstda ham, kontekstdan tashqarida ham o‘zlarining terminologik xususiyatini saqlay oladi. Ular oddiy so‘z bilan yonma-yon qo‘yilganda ham o‘zlarining oddiy so‘zdan uzoqlashganligini, begonalashganligini namoyon qilib turadi.Bunday so‘zlar tangens, sinus, affiks, prefiks, oqsil, oltingugurt, umurtqasizlar tipidagi so‘zlardir. Uchinchi tipda so‘zlar bir o‘rinda oddiy so‘z, ikkinchi bir o‘rinda termin ma’nosida qo‘llanishi mumkin. Bunday terminlar ko‘pincha o‘z til imkoniyatlari zaminida hosil qilinadi: Masalan: so‘z, gap, kuch, bo‘g‘in, maydon, uchburchak, ildiz, to‘qima kabi.
Tilshunoslikda terminlarning o‘zgarishi hamda yangi terminlarning paydo bo‘lishi fan va texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Bu haqda tilshunos olim L.I.Bojno quyidagilarni ta’kidlaydi: «Texnika taraqqiyoti ta’sirida terminologiya o‘zaro aloqador ikki qonuniyat asosida, birinchidan, ilmiy-texnika progressi qonuniyatlari bilan, ikkinchidan, til rivojlanishining umumiy qonuniyatlari bilan bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi»18. Texnik malakaning endilikda ma’lum tor doiradan chiqib, ommaviy xarakterga ega bo‘layotganligi va turli sohalarning mutaxassislari kundalik faoliyatida fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanayotganligi terminlarga bo‘lgan yuksak talab bilan uning hozirgi holati orasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etishni talab etadi. Chunki hayotda fan va texnika taraqqiyoti qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lsa, uni egallash, boshqarish va taraqqiy ettirish uchun terminlar ham shunchalik muhim ahamiyatga molikdir. Shu jihatdan, terminlarni tartibga solish juda katta ilmiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir.
D.S.Lotte qanday kategoriyadagi so‘zlar terminlashishi mumkinligi haqida gapirib: “...texnikada quyidagi tushunchalarni anglatuvchi asosiy kategoriyalar terminlashadi: jarayonlar (hodisalar); texnika predmetlari (materiallar, qurollar, asboblar, detallar va h.k.); xossalar; hisobiy tushunchalar (parametrlar, geometrik obrazlar va h.k.); o‘lchov birliklari”19,
A.V.Kalinin esa termin bilan kasb-hunar so‘zlarining bir-biridan farqli ekanligini quyidagicha asoslashga intiladi: “...termin – bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, kasb-hunar so‘zlari esa – biror kasb, mutaxassislik o‘rtasida ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat’iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir”20.
T.S. Kogotkova bu fikrga yana ham oydinlik kiritib “Mahalliy ishlab chiqarishning biror sohasi dialektal so‘zlari jamini ishlab chiqarish – kasbkorlikka oid leksika deb ataymiz” 21deb ta’kidlaydi. Ko‘rinadiki, olimlar termin bilan kasb-hunarga oid so‘zlar o‘rtasida ma’lum farqlar borligini, termin esa muayyan fan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, texnikada va boshqa sohalarda rasmiy qo‘llanila oladigan, qonunlashtirilgan so‘zlarni terminlar hisoblab, kasb-kor, hunarga, ma’lum bir doiraga (dehqonchilik poliz mahsulotlari va shuningdek, taom nomlarini ham) oid so‘zlarni terminlar jumlasiga kiritmaydilar.
Fan-texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanib borishi natijasida yangidanyangi mashinalar, apparatlar, asbob-anjomlar va texnologik jarayonlarning paydo bo‘lishi bilan ularni ifodalovchi yangi terminlar ham vujudga kelmoqda. Shu sababli, yangi texnika vositalari qaysi sohaga ko‘proq kirib kelgan bo‘lsa, shu soha terminologiyasi to‘xtovsiz ravishda kengayib bormoqda. Ana shunday sohalardan biri bugungi kitobatchilik ishi bilan shug‘ullanuvchi poligrafiyanashriyotchilik sohasidir. Mazkur soha taraqqiyotiga e’tibor bersak, bu sohaga texnik vositalarning kirib kelishi, asosan, yigirmanchi asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Lekin uning eng taraqqiy etgan davri bugungi kundagi holatidir.
Hozirgi zamonaviy poligrafiya-nashriyotchilik tarmog‘i hujjatlarni tayyorlash va ularning nusxalarini ko‘paytirish, kitob holiga keltirish jarayonlarini o‘zida mujassamlashtirgan texnik vositalar qo‘llanadigan etakchi sohalardan biriga aylandi. Natijada, ushbu soha terminologiyasiga juda ko‘plab yangi tushunchalar va ular bilan birga yangi ilmiy-texnikaviy terminlar ham kirib kelmoqda. Albatta, bunday o‘zgarishlar o‘zbek tilining ish ko‘rish doirasini kengaytirib, uning leksik tarkibini yangi-yangi ilmiy va texnik terminlar bilan boyitdi. Ko‘pchilik hollarda yangi terminlar yaratish ishiga oddiy tarjima yoki kalkalash jarayoni sifatida qaraymiz.
Terminologiyadagi mavjud kamchilik hamda tartibsizliklarning asosiy sabablaridan biri ham shundadir. Zotan, yangi termin yaratish har taraflama mukammal bo‘lgan ijodiy jarayondir. Har qanday ilmiy-texnikaviy termin oddiy so‘zning yoki so‘z birikmasining terminologiyadagi aksi bo‘lib, u aniq chegaralangan hamda belgilangan mazmunga, bu mazmun esa, kontekstdan qat’iy nazar, faqat shu terminga oid bo‘lishi lozim. To‘g‘ri, hech qanday til faqat o‘z termin elementlari hisobiga terminologiyasini qura olmaydi. Til qurilishi jarayoni shuni ko‘rsatadiki, dunyoda sof tilning o‘zi umuman mavjud emas. Har doim boshqa tillardan termin o‘zlashtirish jarayoni sodir bo‘lib turadi, bu jarayondan chekinish mumkin emas. Ammo ehtiyoj sezilmagan holatlarda ham xorijiy terminlarni sun’iy ravishda tilga olib kirish har doim o‘zini oqlayvermaydi. Bunday holatlarda ko‘proq o‘z til imkoniyatlaridan foydalanish va bunda termin ifodalashi lozim bo‘lgan tushuncha mohiyati bilan termin o‘rtasidagi mutanosiblikni saqlashga e’tiborni qaratish lozim. Ko‘p hollarda ba’zi tushunchalarni ifodalovchi terminlar iste’molda mavjud bo‘lmaydi. Natijada bunday tushunchalar o‘ta muhim va ahamiyatli bo‘lishiga qaramasdan, keng tarqalish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
Ko‘rsatilgan bu kamchiliklarning ayrimlari o‘zbek terminologiyasida ham mavjuddir. Xususan, tilimizda ayni bir terminni birdan ortiq tushuncha uchun qo‘llash, bir tushunchani turli terminlar bilan atash, variantlilikning mavjudligi, rus tili va u orqali evropa tillaridan o‘zlashtirilgan terminlarning tushuncha mohiyatini to‘g‘ri aks ettira olmasligi, bir tushunchani ifodalovchi terminlarning noqulayligiga sabab bo‘luvchi ko‘p komponentlilik holatining mavjudligi, xorijiy terminlarning keragidan ortiq darajada qo‘llanishi, ayrim terminlarning yozilishidagi har xillik kabi terminologiyaning etakchi tendentsiyasiga zid keluvchi holatlar ko‘plab uchraydi. O‘zbek terminologiyasidagi bunday salbiy holatlarning mavjudligi sohaviy terminologiyalarni tartibga solish borasida hali ko‘p ishlar qilinishi lozimligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, terminologiya masalalari ilmiy-texnik ishlab chiqarish, kasbhunar, har xil tarmoqlar leksikasi, ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga tegishli so‘z va iboralarni qamrab oladi, bu tushunchalar tarixi xalq hayoti, uning moddiy va ma’naviy jihatlari bilan bog‘liq hamda ularning barchasini tadqiq qilish, tilning mulkiga aylantirish hozirgi davr tilshunosligi oldida turgan, kechiktirib bo‘lmas tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir.
D.S.Lotte qanday kategoriyadagi so‘zlar terminlashishi mumkinligi haqida gapirib: “...texnikada quyidagi tushunchalarni anglatuvchi asosiy kategoriyalar terminlashadi: jarayonlar (hodisalar); texnika predmetlari (materiallar, qurollar, asboblar, detallar va h.k.); xossalar; hisobiy tushunchalar (parametrlar, geometrik obrazlar va h.k.); o‘lchov birliklari” 22,

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Akobirov S. Til va terminologiya. -T., 1968.
4. Begmatov E.Hozirgi o‘zbek tilining lek sik qatlamlari. – T., 1985.
5. Bektemirov X., E.Begmatov. Mustaqillik davri atamalari. –T., 2002.
6. Dadaboyev X. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno ekonomichaskaya
terminologiya v tyurkoyazichnix pismennix pamyatnikov XI-XIVvv. –
T.:1994.
7. Danilenko V.P. Russkaya terminologiya. Opit lingvisticheskogo opisaniya
– M., 1977.
8. Doniyorov R.O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari.-
T.:1977.
9. Tursunov U. O‘zbek terminologiyasi masalalari. –Toshkent, 1933.

Download 457,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish