Nazorat savollari:
1. Termin nima?
2. Terminologiya nimadan bahs yuritadi?
3. Termin leksemadan qanday farqlanadi?
4. Kasb-hunar so‘zlari nima?
5. Terminlashish hodisasini qanday tushunasiz?
6. Determinlashish hodisasini qanday tushunasiz?
7. Terminologiya qanday sohalar bilan aloqador?
Adabiyotlar:
1. Akobirov S. Til va terminologiya. -T., 1968.
4. Begmatov E.Hozirgi o‘zbek tilining lek sik qatlamlari. – T., 1985.
5. Bektemirov X., E.Begmatov. Mustaqillik davri atamalari. –T.,2002.
6. Dadaboev X. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno ekonomichaskaya
terminologiya v tyurkoyazichnix pismennix pamyatnikov XI-XIVvv. – T.:
1994.
7. Danilenko V.P. Russkaya terminologiya. Opit lingvisticheskogo opisaniya -
M.,1977.
8. Doniyorov R.O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari.-
T.:1977.
9. Tursunov U. O‘zbek terminologiyasi masalalari. –Toshkent, 1933
4-mavzu. Termin va terminografiya xususida
Reja:
1.Tilshunoslikka oid tadqiqotlarda terminning ta’rifi masalasi.
2. Terminografiya termini haqida.
Tayanch so‘z va iboralar: tilshunoslik, termin,terminning ta’rifi, terminografiya, terminshunoslik, terminologik tizim, terminologiya, ilmiy-texnik terminologiya.
Tilshunoslikka oid tadqiqotlarda maxsus sohalarda qo‘llanuvchi so‘z va so‘z birikmalari termin sifatida talkin kilinadi. Aksar tilshunoslar to‘liq asos bilan termin, eng avvalo, til lug‘aviy tizimining teng huquqli a’zosi ekanligini ta’kidlaydilar. Terminologik tizimlar yaxlit til tizimida uning umumiy qonuniyatlariga bo‘ysungan halqda paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Termin bilan so‘z o‘rtasida o‘tib bo‘lmas chegara yo‘q ular «shaklan ham, mazmunan ham» jiddiy tafovutga ega emas. Termin ham mohiyat e’tibori bilan so‘zdir, faqat so‘zning alohida turidir. Terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan terminlar tizimi sifatida ta’riflanishi mumkin. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi muvofiq keladi. Terminologik tizimlarning rivojlanishi bevosita fan taraqqiyoti bilan birga kechadi. Bundan tashqari, umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda, terminlar ilmiy va amaliy muomalaga ongli ravishda olib kiriladi. «Terminlar paydo bo‘lmaydi», balki ularga zarurat sezilganda «o‘ylab topiladi», «ijod qilanadi». Shu o‘rinda O‘zbek tilida termin so‘zining qo‘llanishi, termin-atama-istiloh; sinonimik munosabati hakida aytilgan va aytilayotgan fikrlarga yana kaytishni lozim ko‘rdik. Keyingi 10-15 yil ichida ayrim subyektiv nuqtai nazarlar bois termin so‘zi o‘rnida atama so‘zining qo‘llanishi sun’iy ravishda faollashdi. Hatto terminologiya so‘zi ham rasmiy tarzda atamashunoslik so‘zi bilan almashtirildi. Bu so‘zlar o‘tgan vakt mobaynida iashr etilgai qo‘llanma va risolalarda, 50 dan ortiq terminologik lug‘atlarda muxrlanib qoldi. To‘g‘ri, o‘z tilimizda muayyan baynalmilal so‘zga har tomonlama maqbul bo‘lgan mukobil (ekvivalent) topilsa, uni albatta almashtirish zarur, bunga hech qanday e’tiroz tug‘ilmaydi. Lekin yuqoridagi holatda esa, ya’ni termin so‘zi o‘rnida atama so‘zini qo‘llashda termin so‘zining ta’rifi bilan atama so‘zining qamrovini taqqoslashning o‘zi bunday almashtirishning nomakbul ekanligini ko‘rsatadi. Akademik A. Hojiyev ham bunday almashtirishning noto‘g‘ri ekanligi, uning sabab va okibatlari hakida asosli fikrlar bildirgan edi. Shundan kelib chiqqan holda, termin so‘zini ilm-fanning biror sohasi yoki tarmog‘ida qo‘llanuvchi so‘z va so‘z birikmalariga nisbatan, atama so‘zini esa shartli ravishda qo‘yilgan nomlarga, jumladan, geografik obyektlar nomlariga, toponimlarga nisbatan keng ma’noda qo‘llash maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Termin ma’nosidagi istiloh so‘zini esa tobora rivojlanib borayotgan zamonaviy fan va texnika tushunchalarining nomi sifatida qo‘llash maqsadga muvofiq emas. Lekin bu so‘zni tarixiy mavzulardagi matnlarda qo‘llash hech qanday e’tiroz tug‘dirmasa kerak. Termin chegaralangan leksik qatlamga mansub lug‘aviy birlik sifatida terminologik tadqiqotlarning asosiy obyekti, terminologik lug‘atlar yaratishning muhim manbai hisoblanadi. Leksikologiya umumadabiy til lug‘aviy birliklarini o‘rganish bilan shug‘ullansa, leksikografiya ana shu lug‘aviy birliklarni to‘plash, tartibga solish va tavsiflash orqali lug‘atlar yaratish nazariyasi va amaliyoti bilan shug‘ullanadi. Shunga o‘xshab, terminologiya maxsus lug‘aviy birliklarni - terminlarni tadqiq etuvchi fan sohasi hisoblanadi. Terminlar asosida lug‘atlar yaratish hamda yaratilgan lug‘atlar majmui ko‘pchilik tilshunoslar va mutaxassislar tomonidan «terminologik leksikografiya», «ilmiy-texnik leksikografiya» deb nomlanib keladi.
Tilshunoslar A. A. Reformatskiy va A. D. Xayutinlardan so‘ng S. V. Grinyov mazkur birikma terminlar o‘rniga, leksikografiya terminiga ohangdosh va vazifadosh bo‘lgan terminografiya terminini qo‘llashni taklif etadi va unga maxsus yoki terminologik lug‘atlar tuzish nazariyasi va amaliyoti sifatida ta’rif beradi.
1.«Terminografiya» so‘zini qo‘llash, birinchidan, ixchamlikni ta’-minlaydi; ikkinchidan, bu so‘z terminologiya so‘zining ma’nolaridan birini bajara boshlaydi va ma’lum darajada omonimiyani bartaraf etadi. Biz ham, «terminografiya» terminining zikr kilingan ijobiy tomonlarini e’tiborga olgan holda, uni amaliyotda qo‘llashni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, terminografiya terminologik lug‘atlar tuzish, ya’ni terminografik faoliyatning ham na-zariy, ham amaliy jihatlari bilan shug‘ullanar ekan. Hozirgi kunda terminografiyada terminologik yoki maxsus lug‘at deganda, ensiklopedik lug‘atlarning biron-bir ixtisoslik terminlarini alohida bilim sohasi va fan-texnika tarmoqlaridagi tushuncha va predmetlarning nomlarini qamrab oluvchi, ularni tushuntirib, izohlab beruvchi turi tushuniladi.
Terminologik lug‘at faqat bir tor soha terminlarini tushuntirib berishi (masalan, botanika terminlari lug‘ati) yoki bilimning turli xil, odatda yondosh sohalari terminlarini qamrab olishi mumkin (masalan, politexnik terminlar lug‘ati). Shu bilan birga, terminologik lug‘at bir tilli bo‘lishi (bir tildagi muayyan soha terminologiyasi jamlanib, uning izohi ayni shu tilda beriladi) yoki ikki, uch va ko‘p tilli bo‘lishi (bir tilning terminlari boshqa til yoki boisha tillar terminlari bilan izohlanadi) ham mumkin. Terminologik lug‘atlar, odatda, sinxron materialni qamrab oladi, lekin ular eskira borgan sari nafaqat tegishli terminologiya tarixini, balki o‘sha terminologik lug‘atlar yaratilgan tilning tarixini o‘rganishda muhim manbalardan biriga aylanib qoldi. Terminologik lug‘atlar yaratish, ya’ni terminografiya umumiyleksikografiyaning ajralmas qismi bo‘lib, ulardagi jarayonlarning aksariyati bir-biriga o‘xshasa-da, lekin ularning o‘zaro farqli tomonlari ham anchagina. Xususan, terminlarning tasnifi va ta’rifi umumadabiy tildagi so‘zlarning tasnifi va ta’rifidan ancha farqlanadi. O‘tgan asrning turli yillarida nashr etilgan risola va qo‘llanmalarda, yo‘riqnomalarda terminografik faoliyat, ya’ni terminologik lug‘atlar to‘zish ishi bir necha bosqichdan iborat bo‘lishi, Har bir bosqichda qanday ishlar amalga oshirilishi kerakligi haqida aniq ko‘rsatmalar beriladi.
Lug‘atshunos S. Akobirov o‘z vaqtida Moskvadagi Texnika terminologiyasi komitetining «Ilmiy-texnikaviy terminologiyani tartibga solish bo‘yicha ishlovchilar uchun eslatma xat»idan kelib chiqib, terminologik tadqiqotlar olib borish va terminologik lug‘at to‘zish ishlari 6 bosqichda olib borilishini tavsiya etadi va har bir bosqichni tavsiflab chiqadi.
S. V. Grinyov esa bir qancha terminshunos mutaxassislarning terminologik lug‘at yaratish ishidagi izchillik (ketma-ketlik)ni ifodalovchi bosqichlar qancha va qanday bo‘lishi haqidagi nuqtai nazarlarini o‘rganib, ularni to‘rtta qilib belgilaydi. Birinchi bosqichda bo‘lajak lug‘atning tipi va uning asosiy xarakteristikalari - tavsiflanishi kerak bo‘lgan leksik qatlam, lug‘atning maqsadi va vazifasi, lug‘atdan foydalanuvchilar doirasi, leksikani qamrab olish va tavsiflash jihatlari, lug‘atning taxminiy hajmi, lug‘atga jalb etiladigan maxsus leksikani tanlab olish mezonlari, lug‘at maqolalarining va, umuman, lug‘atning tuzilishi va boshqalar belgilab olinadi. Ishning ikkinchi bosqichida leksik material (so‘z va so‘z birikmalari) to‘planadi va so‘zlik - lug‘atda tavsiflanishi kerak bo‘lgan maxsus lug‘aviy birliklar ro‘yxati tuziladi.
Maxsus lug‘aviy birliklar lug‘at tuzuvchilar tomonidan avvaldan belgilab qo‘yilgan manbalardan (ilmiy-texnikaviy adabiyotlar, meyoriy-texnikaviy hujjatlar, lug‘atlar va boshqalardan) maqbul, rasmiy mezonlarga mos holda tanlab olinadi. Aksar hollarda so‘zlikka faqat terminlar, ya’ni maxsus (ilmiy-texnikaviy) tilda maxsus tushunchalarni aniq aks ettirish, maxsus predmetlarni ifodalash uchun yaratiladigan so‘z va so‘z birikmalari tanlab olinadi, lekin ba’zan so‘zlikka nomenklaturaviy birliklar – yakka tushunchalar yoki konkret ommaviy mahsulotlar nomlari, shartli nomlar ham kiritiladi. Maxsus leksikani tanlab olishda har bir lug‘aviy birlik alohida kartochkaga ko‘chirib yoziladi va ular alifbo tartibida joylashtiriladi (Hozirgi kunda kompyuter texnikasining yuqori darajada rivojlanganligi ushbu jarayonni ancha osonlashtirgan). Lug‘at tuzishning uchinchi bosqichida so‘zlikka kirgan maxsus leksika bevosita tahlil va tavsif dilinadi. Lug‘atning maqsad-vazifasiga ko‘ra, tanlab olingan lug‘aviy birliklar o‘rtasida sinonimik iyerarxik (pog‘onaviy) va assotsiativ (bog‘liqlik aloqadorlik) munosabatlar aniqlanadi va qayd etiladi, ularga ta’rif beriladi yoki chet til materiallaridan ekvivalent tanla-nadi, zarur o‘rinlarda tavsiflanayotgan lug‘aviy birliklar grammatik xarakteristika bilan ta’minlanadi. Maqolalar tarkibiva strukturasi belgilanadi, asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar shakllantiriladi. To‘rtinchi bosqichda terminografik ishlarning natijalari konkret lug‘atlar ko‘rinishida shakllanadi, tayyorlangan material tahrir qilinadi, lug‘atning ayrim maqolalari orasidagi o‘zaro havolalar aniqlanib tekshirib chiqiladi, kirish qismi tayyorlanadi, lug‘atni nashrga topshirish bilan bog‘liq boshqa ishlar bajariladi. S. F. Akobirov 1968 yildayoq afsus bilan hozir O‘zbek tilida fan va texnikaning turli sohalari bo‘yicha ko‘pgina ilmiy muassasa, oliy o‘quv yurtlari, nashriyotlarda, shuningdek, ayrim nomenklatura (nomenlar) va uning xususiyatlari haqida shabbuskorlar tomonidan terminologik lug‘atlar tuzilayotgani, ammo bu lug‘atlar yuqoridagidek yo‘llanmalarda ko‘rsatib o‘tilgan bosqichlarda diktat va matonat bilan olib borilgan ishning mahsuli bo‘lgan taqdirdagina terminologiyani tartibga solishishiga yaxshi xizmat qila olishi mumkinligini ta’kidlab yozgandi.
To‘g‘ri, birmuncha muddat faoliyat ko‘rsatgan O‘zRFA huzuridagi Respublika muassasalararo terminologiya komissiyasi (1984-1988) va O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik qo‘mitasi (1989-2004)ning sa’y-harakatlari bilan respublikada terminologik tadqiqotlar olib borish va terminologik lug‘atlar tuzish ishi bir qadar jonlangan bo‘lsa-da, bu sohadagi ishlar bosqichdan bosqichga o‘tib olib borilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri terminologik lug‘atlar tuzishdan boshlangan. «Lekin hech shubhasiz aytish mumkinki, ma’lum ilmiy va amaliy tayyorgarlik ko‘rmasdan, iste’moldagi terminlarni to‘plamasdan (kartoteka tuzmasdan) va ularning kamchiliklarini o‘rganmasdan, shuningdek har bir soha tushunchalari olmasdan, terminologiya lug‘atlari tuzish kutilgan natijalarni bermaydi». Xaki katan ham bevosita mazko‘r Atamashunoslik qo‘mitasi tomonidan nashr etilgan 30 dan ortiq kichik hajmli yoki Atamashunoslik qo‘mitasining turli bo‘limlarida muhokama qilinib tasdiqlangan va nashr etilgan Har xil hajmli 20 dan ortiq terminologik lug‘atlar yaratishda yuqoridagidek bosqichlarga to‘liq rioya qilinmaganligi bois ularda ozmi-ko‘pmi nomuvofiq (dublet, polisemantik noaniq) terminlar uchraydi.
Zamonaviy O‘zbek terminografiyasi XX asrning 20-yillaridan boshlangan. Dastlabki terminologik lug‘at N. Turaqulovning 1922 yilda chop etilgan «Rus-o‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy lug‘ati»dir. Shundan so‘ng o‘zbek terminografiyasi tarixida hozirgi kungacha ilm-fan va texnikaning 50 dan ortiq turli sohalari va tarmoqlari bo‘yicha 300 dan ortiq terminologik lug‘at yaratildi. Bu lug‘atlar qatoriga falsafa, ijtimoiy-siyosiy soha, iqtisodiyot, adliya, etika, estetika, matematika, politexnika, geografiya kabi sohalar bo‘yicha Moskvada nashr qilingan va o‘zbek tiliga tarjima qilinib, Toshkentda chop etilgan o‘nlab terminologik lug‘atlar, kasb-hunar leksikasi asosida tuzilgan lug‘atlar, «Uy-ro‘zgor», «Paxtachilik», «Salomatlik», «Islom», «Falsafa» ensiklopediyalarini ham kiritish mumkin. O‘zbek terminografiyasida qariyb bir asrlik davrda yaratilgan terminologik lug‘atlar nafaqat O‘zbek ilmiy tilining rivoji va terminologik tizimlarida ro‘y bergan tadrijiy o‘zgarishlarni, terminografik faoliyat sohasidagi yutuqlar va kamchiliklarni aniqlash, balki o‘zbek tili leksikasining rivojlanishiga turtki bo‘lgan asosiy omillardan birini belgilashga imkon tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |