Til va nutq. Nutq odobi. Til va madaniyat
Til va nutq bir-biri bilan bog’liq hodisadir. Ularni bir-biridan ajratib qarash asossizdir. Til nutq uchun moddiy materialdir. SHu material asosida nutq tashkil topadi.
Til madaniyati til vositalarining boyligi va rang-barangligidan iborat bo’lib, shu tildan foydalanuvchilarning ongida yashaydi. Lekin bu boylikning o’zlashish darajasi jamoa a’zolarining har birida har xil bo’ladi.
Nutqning kommunikativ sifatlari (aniqligi, to’g’riligi, tozaligi).
G’ar qanday nutq so’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko’rinishi bo’lib, u faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ham ruhiyat, ham nafosat hodisasi hisoblanadi. SHuning uchun ham yaxshi nutq deyilganda aytilmoqchi bo’lgan maqsadning tinglovchi va kitobxonga to’liq yetib borishi ularga ta’sir o’tkazishi nazarda tutiladi. SHunga ko’ra nutq oldiga ma’lum talablar qo’yiladi. Bu talablar nutqning mantiqiy jihatdan to’g’ri, aniq toza, ifodali va maqsadga muvofiq bo’lishdir. Bu belgilar nutqning asosiy sifatlari, xususiyatlari hisoblanadi.
Nutqning kommunikativ sifatlari mantiqiyligi, ta’sirchanligi, maqsadga muvofiqligi
Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan og’zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi va shuning uchun tinglovchi tomonidan qabul qilinishdagi ruhiy vaziyatni e’tiborga olish ham muhimdir.
Nutqning mantiqiy bo’lishi, eng avvalo so’zlovchi va yozuvchining tafakkur uquvi, qobiliyati bilan bog’liq. SHuning uchun mantiqiylik faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki nolisoniy hodisa sifatida ham namayon bo’ladi. Gapdagi so’zlar, birliklar tartibning nutq mantiqiyligida ahamiyat katta.
Grammatik stilistika va nutq madaniyati
Nutq madaniyati bilan uslubning o’zaro munosabati haqida gap borganda til hodisasi bo’lgan nutq madaniyatini, nutqiy uslublarini ilmiy soha bo’lgan nutq madaniyati va uslubiyatdan farqlash lozim bo’ladi. Bularning birinchisi tabiiy holda, real mavjud bo’lgan til hodisalarni o’rganuvchi fan tarmoqlarini anglatadi.
SHunday qilib, nutq madaniyati bilan nutqiy uslublar teng hodisa bo’lmaganidek, tilshunoslikning nutq madaniyati uslubiyat deb yuritilayotgan sohalari ham batamom teng hodisalar emas. Ammo ular biri ikkinchisini to’ldiruvchi, o’zaro aloqador bo’lgan lisoniy muammolardir.
Ta’lim jarayonida nutq madaniyati masalalari. Yozma nutq madaniyati.
Boshqa qardosh jumhuriyatlar qatori O’zbekistonda ham fan-texnikaning barcha sohalari shakllandi, rivojlandi. Natijada o’zbek tilida fan-texnikaning barcha sohalariga oid atamalar vujudga keldi, o’zlashtirildi. Mavjud atamalarning ko’pchiligi o’zgardi. Ana shu atamalarning aksariyati umumiy adabiy tilga o’tib, ommalashib ketgan va hamma uchun tushunarli bo’lib qolgan. Ba’zi bir so’zlarni ta’lim jarayonida qo’llash birmuncha qiyinchilik keltirib chiqaradi. G’ar bir so’zning ma’nosini chuqur bilish, tushunish lozim bo’ladi. Bu o’rinda R.Dekartning quyidagi fikri juda mos keladi.
«So’zning ma’nolarini tushuntirib bering, shunda siz insoniyat olamini anglashilmovchiliklarning yarimidan xalos qilgan bo’lasiz»
Do'stlaringiz bilan baham: |