O‘zbek Yozuvlari tarixi.
O‘zbek xalqi o‘zining ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida bir qancha Yozuvlardan foydalanib keldi. Miloddan oldingi asrlardanoq ajdodlarimiz o‘z tarixini, badiiy va ilmiy ijodini tarixiy sharoitdan kelib chiqqan holda turli Yozuvlarda bitib qoldirganlar. Yozuvning xabar yetkazish imkoniyati tufayli turli masofadagi axborotlar umumiy ma’lumotga aylanadi. Yozuv kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvsiz tilning va xalqning tadrijiy taraqqiyotini o‘rganib bo‘lmaydi.
O'rtа Оsiyodаgi хаlqlаr, jumlаdаn, o'zbеk хаlqi o'tmishdа turli Yozuvlаrdаn fоydаlаngаn. Bu Yozuvlаr o'z sistеmаsigа ko'rа fоnоgrаfik - hаrf-tоvush Yozuvidаn ibоrаt bo'lgаn. Mаsаlаn, so'g'd, pаhlаviy, O'rхun-Yenisеy (runik), uyg'ur, аrаb kаbi Yozuvlаr shulаr jumlаsidаndir. Bu Yozuvlаrning bаrchаsi hаm оrоmiy Yozuvi bilаn qаysidir jihаtlаri bilаn bоg'liqdir.
Markaziy Osiyo eng qadimgi madaniyat va ma‘rifat o‘choqlaridan biridir. Bu hududda yashagan xalqlar juda qadimdan Yozuv madaniyatiga ega bo‘lganlar. Bu Yozuv yodgorliklari, keyin aniqlanishicha, qadimgi turk va qadimgi uyg‘ur Yozuv yodgorliklari bo‘lib chiqdi.
Bu yozuvlarning ahamiyati juda kattadir. Turk xalqlarining tarixi uchun ham, turk tillari tarixi uchun ham bu yodgorliklar g‘oyat qimmatlidir. Shu bilan birga bu Yozuvlarning etnografik ahamiyati ham bor. Shuningdek, bu Yozuvlar qadimgi turk davlatining qurilishi, ijtimoiy tuzumi haqida ham ancha yaxshi tasavvur beradi.
Qadimgi turk yozuvi yodgorliklari dastlab O‘rxun va Enasoy (Shimoliy
Mo‘guliston) daryolari bo‘ylarida topilganligi uchun ularni O‘rxun-Enasoy yozuvlari deb atadilar.
XIX asr oxirlarida, runik Yozuvlardan tashqari, Sharqiy Turkistonda uyg‘ur Yozuvi yodgorliklari ham topilgan, keyinroq uyg‘ur Yozuvi yodgorliklari ham Markaziy Osiyo hududida topildi. X-XV asrlarda yaratilgan bu yodgorliklarning ko‘pchiligi eski o‘zbek tilida yozilgan. Ma’lum tarixiy sabablarga ko‘ra, arab alifbosi Markaziy Osiyo xalqlarining yozuvlarini asta-sekin siqib chiqardi. Lekin, bir qancha asrlar davomida arab yozuvi bilan birga Markaziy Osiyo xalqlarining (turk xalqlari va tojiklarning) yozuvlari ham ishlatilganligi ma’lum. Bizning davrimizgacha yetib kelgan. O‘zbek xalqi bunyodga kelgandan beri yaratilgan yodgorliklarning deyarli hammasi mana shu arab alifbosidadir.
Arab alifbosiga asoslangan yozuv xalqimizning ming yillik tarixi davomida qo‘llanib keldi va u 1930-yili lotin alifbosi bilan almashtirildi. 1940-yilda esa rus alifbosiga o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘zbek tilining tovushlar tizimi, ohangdorligi va jilosini to‘la ifodalay oladigan Yozuvga alifboga o‘tish zaruriyati tug‘ildi.
1993-yil 2-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “Lotin Yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” Qonun qabul qildi. Bu alifbo 31 harf va 1 tutuq belgisidan iborat etib belgilandi. Yangi alifbodagi ba’zi harflar jahon aloqa-aralashuv (kommunikatsiya) tizimiga kirishimizda ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirish mumkinligi hisobga olinib lotin Yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6-mayda “Lotin Yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” Qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida” Qaroq qabul qildi.Qarorga binoan, Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 26 harf va 3 harflar birikmasidan iborat etib belgilandi.
Yangi alifbo asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-sonli qaroriga ilova tarzida “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” tasdiqlandi.
O‘zbek Yozuvlarining rivojlanish bosqichlari.
O'zbеk хаlqi ХХ аsr dаvоmidа quyidаgi yozuvlаrdаn fоydаlаndi:
Аrаb Yozuvi 1929- yilgаchа.
Lоtin Yozuvi 1929-1940 -yillаr.
Rus grаfikаsi 1940-1995- yillаr.
Rus vа lоtin grаfikаsi 1995-2014 -yillаr.
Do'stlaringiz bilan baham: |