O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2021



Download 11,9 Mb.
bet6/107
Sana29.04.2022
Hajmi11,9 Mb.
#594282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
СОХА УМК 2022 110222132021

2-topshiriq. Matnni o‘qing va so‘zlab bering.
Til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, berish va o‘zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi. Til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo‘ladi.
Tilning muhim funksiyalaridan yana bittasi – intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qilishdir. Odam hayvonot olamidan farqli o‘laroq o‘zi xoh amaliy, xoh aqliy harakat bo‘lishidan qat’i nazar uni rejalashtira oladi. Faoliyatni bunday rejalashtirish yechimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarini hal qilishning asosiy quroli tildir.
Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish, avlodlarga berish (uzatish) yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.
Nutq axborot, xabar, ma’lumot va yangi bilim berish aqliy topshiriqlarni yechish faoliyatidan iboratdir. Agarda til aloqa vositasi (quroli) bo‘lsa, nutq esa aynan o‘sha jarayonining o‘zidir.
Leksik ma’no taraqqiyoti natijalari ikki xil bo‘ladi: 1) so‘zning semantik tarkibidagi ma’nolar miqdori ko‘payadi, demak, miqdor o‘zgarishi yuz beradi, bu hol ko‘p ma’nolilik va omonimiyaga olib keladi. Xususan, metafora, vazifadoshlik va senekdoxa yo‘llari bilan ma’no ko‘chirilishida ko‘proq polisemiya yuzaga keladi, chunki bir leksemaning semantik tarkibida leksik ma’nolar miqdori ko‘payadi:ko‘rish a’zosi – ko‘z; "uzukning ko‘zi" – ko‘z; Bu hol issiq (sifat) va issiq (ot) omonimlarining yuzaga kelishiga ham sabab bo‘lgan.3-topshiriq.Lug‘atdan foydalanib mutaxassisligingizga oid kichik atamalar lug‘atini tuzing. Ularning ma’nosini puxta o‘zlashtiring.
3-topshiriq. Quyida berilgan matnni o‘qing. Uning qanday vazifa bajarayotganini aniqlang.
Kimyoviy texnologiya - tabiiy xomashyo, sanoat chiqindilari, shuningdek, sintetik yarim mahsulotlarni kimyoviy yoʻl bilan qayta ishlab, isteʼmol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalariga aylantirishning iqtisodiy va ekologik jihatdan qulay usullari va jarayonlari haqidagi fan. Kimyoviy texnologiya usullari va jarayonlarining fizik-kimyoviy sharoitlarini tekshirish, texnologik jarayonlarning sxemalarini ishlab chiqish, asbob va uskunalarning tuzilishi va ularni tayyorlash uchun zarur materiallarni aniqlash Kimyoviy texnologiyaning vazifasidir. Har qanday Kimyoviy texnologiya jarayonining asosiy elementlari — xom ashyo, energiya, asbob va uskunalardir. Kimyo, metallurgiya, qurilish materiallari, yoqilgʻi, toʻqimachilik, koʻn, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida kimyoviy texnologiya usullaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish usullari va jarayonlarining umumiy, muhim asoslari va qonuniyatlarini oʻrganadigan umumiy kimyoviy texnologiya ham mavjud. Kimyoviy texnologiya tayyor mahsulot olish maqsadida xomashyo va yarim mahsulotni tayyorlash, uning holati, xossalari, shaklini maʼlum ishlab chiqarish vositalari yordamida oʻzgartirish usullari va jarayonlarini oʻrganadi. Kimyoviy texnologiya anorganiq moddalar texnologiyasi (kislota, ishqor, soda, tuz, mineral oʻgʻitlar va boshqa sanoati) va organiq moddalar texnologiyasi (sintetik kauchuk, plastmassa, kimyoviy tolalar, boʻyagich moddalar, spirt, organiq kislotalar va boshqa sanoati)ga boʻlinadi.


Download 11,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish