O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2021



Download 11,9 Mb.
bet3/107
Sana29.04.2022
Hajmi11,9 Mb.
#594282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
СОХА УМК 2022 110222132021

Fanning vazifasi – talabalarga iqtisodiyot sohasidagi so‘z va terminlarning shakllanish va qo‘llanish, yasalish va kirib kelish xususiyatlarini, matnlarning tuzilishi, matnga so‘z va termin tanlash, matnni tahrir qilish – kengaytirish va qisqartirish, matn va hujjatlarni to‘g‘ri yozish, dastlabki ilmiy ishlarni yozishga o‘rgatish, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqninig kommunikativ sifatlari, nutqiy etiket, nutqning tarkibiy qismlari, nutq tuzish usullarini o‘rgatishdan iborat.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida muloqot tushunchasiga quyidagicha ta‘rif berilgan:Muloqot – tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli.
Muloqot deganda uning og‘zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo‘lishidagi jarayonlar, ya‘ni so‘zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.
Har bir kishining muloqoti individual, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi; vahohlangki, asosiy til unsurlari – lug‘at tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli bo‘lmay, umumnikidir, ya‘ni muayyan til jamoasiga umuman taalluqli bo‘ladi. Muloqot kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bog‘liqdir. Muloqotda kishining o‘y – fikrlari shakllanadi va mavjud bo‘ladi. Muloqot tufayli va muloqot asosida borliqni umumlashgan holda mavhumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin bo‘ladi. Muloqot kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, o‘y – hayollari, hissiyoti, irodasi va boshqaning namoyon bo‘lishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega.
2-topshiriq. Matnni o‘qing. Matnni so‘zlab bering.
Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog‘liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir. Ammo umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Til ko‘p vazifali, hamma uchun umumiy bo‘lgan aloqa-munosabat vositasidir; sheva esa, vazifava hudud nuqtai nazaridan chegaralangan bo‘lib, tilning nutqiy ko‘rinishini tashkil etadi.
Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langan. Kishilik tarixidan shu narsa ma’lumki, avval urug‘dosh tili, keyin qabila tili, elat, xalq va millat tili shakllangan.
Jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida dialektlar kamayib, adabiy tilga yaqinlasha borishi kuzatiladi. Buni adabiy til ta’sirining kengayishi bilan izohlash mumkin. Til taraqqiyotidagi bu jarayon integratsiya deb yuritiladi. Integratsiya bir tilga mansub shevalarning adabiy til me’yorlariga yaqinlashuvidir. Bunday jarayonlar tasodifan yuz bermaydi, balki jamiyat taraqqiyotiga, ijtimoiy hayotning taraqqiyot jarayonlariga bog’liq tarzda sodir bo‘ladi.



Til kishilik jamiyatining asrlar davomidagi tarixiy-ijtimoiy tajribasi asosida yuzaga kelgan ijtimoiy hodisadir. Tilning ijtimoiy tabiati uning janiyatda mavjud bo‘lishi hamda jamiyat manfaatlariga xizmat qilishida namoyon bo‘ladi. Tilga xos tarixiylik, hayotiylik, me’yoriylik, hududiylik kabi qator mezonlar amal qiladi.


Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ijtimoiy hodisalardir. Inson nutqi, til vositalari bo‘lmasa, fikrlash ham bo‘lishi gumon. Tafakkur va til aynan bir xil hodisa emas. Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan til bilan ifodalanadigan in’ikosi. Til esa fikrni ifodalash usuli, uni qayd etib boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Boshqacha aytganda.til — tafakkurning borliq shakli.



Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurning mevalari va ma’naviy boyliklarini zamon va makonda abadiylashtiradi. Ular doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birining yashashi va rivojlanishiga yordam beradi.


Tafakkur faqat insonlarga xosdir. U kishining mehnat va nutq faoliyati bilan bog‘liq holda mayjud. Inson tafakkuri nutq bilan yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd etiladi.
Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamisha biror-bir fikrdan iborat bo‘lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida til vositasida namoyon bo‘ladi.Til fikrni reallashtiradi, kishilarning fikr almashishlariga imkon tug‘diradi.
Me’yorlashtirilgan tillar adabiy til me’yoriga ega bo‘lgan tillardir. Bunday tillarga adabiy shakliga ega bo‘lgan barcha tillar kiradi. Adabiy til tarixiy taraqqiyot jarayonida takomillashib, o‘zgarib boradi.
Dastlabki davrlarda, jamiyatning qarama-qarshi guruhlarga bo‘linishiga qaramay, til birgina guruh ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilmadi, u jamiyat a’zolarining hammasiga bab-baravar xizmat qildi. Ishlab chiqarish jarayoni jamiyatdagi turli guruh odamlari bir-biri bilan aloqada bo‘ladilar, til esa ishlab chiqarishni uyushtirishda jamiyatning hamma sohalari rivojlanishida muhim aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Til kishilik jamiyatining asrlar davomidagi butun tarixiy jarayonida ma’lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat va jamiyatning a’zolari tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy hodisadir. Shu bilan birga, til biror davrning, biror ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatning mahsuli bo‘lmay, balki butun jamiyat tarixi jarayonidagi bir qancha davrlarning mahsuli bo‘lib, jamiyatdagi turli tabaqa vakillari uchun baravar xizmat qiladi.
Til fikr ifodalashning muhim vositasidir. Tafakkur bilan tilning munosabati murakkab jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud, o‘z navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til ham tafakkur ham mehnat jarayonida kishilik jamiyatida shakllangan. Til va madaniyatning bir-biriga munosabatini tavsiflash jarayoni haqida turli xil fikr-mulohazalarga duch kelish tabiiy, chunki bu ikki tushunchaning o‘zaro munosabati keng qamrovli va bir necha yillar davomida olimlarning diqqati markazidan o‘rin olib kelmoqda. Shunday ekan, til va madaniyat ikkisi bir butunlikni tashkil etadi. Ular o‘zaro bir-birini taqazo etib, bir-birini to‘ldirib keladi. O‘zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri, ma’rifatparvar olim Abdulla Avloniy : “Har bir millatning o‘zligini ko‘rsatadurg‘on oynai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”, - deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, til-millat ko‘zgusi, ma’naviyat sarchasmasidir.


Download 11,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish