Sof o‘zbek so‘zlari — o‘zbek tilining o‘zida yasalgan so‘zlar - leksemalar. Ular o‘z qatlamning ikkinchi (nisbatan yangi) qismini tashkil qiladi. Bunday yasalishning quyidagi turlari bor:
semantik usul - ma’no taraqqiyoti mahsuli sifatida yangi so‘zlarning yuzaga kelishi: ko‘k («rang») — ko‘k («osmon»), yetti («son») — yetti («ma’raka nomi»), yupqa (sifat) - yupqa (ot: «ovqatning bir turi») kabi;
affiksatsiya usuli- Bunda o‘zak va affikslar turli til materiallari bo‘lishi mumkin, ammo ularning qo‘shilishi o‘zbek tili tarkibida yuz beradi, o‘zbek tilining so‘z yasash qoliplariga asoslanadi, shu sababli bunday yasama so‘zlar o‘zbek tilining o‘z qatlami birligi sanaladi. Masalan: bosh (umumturkiy)+ «-la» (o‘zb.) — boshla (o‘zb.), temir (umumturkiy) + «-chilik» (o‘zb.) — temirchilik (o‘zb.) Jang (f-t.) + «-chi» (o‘zb.) —jangchi (o‘zb.), madaniyat (ar.) + «-li» (o‘zb.) — madaniyatli (o‘zb.), obuna (r-b.) + «~chi» (o‘zb.) — obunachi (o‘zb.), axta (mo‘g‘.) + «-chi» (o‘zb.) — axtachi (o‘zb.), «be-» (f-t.) + bosh (umumturkiy) — bebosh (o‘zb.) + «-lik» (o‘zb.) — beboshlik (o‘zb.), bil (umumturkiy) + «-im» (o‘zb.) — bilim (o‘zb.) + «-don» (f-t.) — bilimdon (o‘zb.) kabi.
Sof o‘zbek so‘zlarining yasovchi asosi arabcha yoki ruscha-baynalmilal bo‘lganda, yasalmaning o‘zagi yoki asosida ikki unli yonma-yon kelishi, so‘z boshida ikki-uch undosh qatorlashishi mumkin: maorifchi, matbaachi, doirachi, saodatli, manfaatli, dramnavislik, drenajlanmoq, plakatbop, planbozlik.
O‘zlashgan qatlam — o‘zbek tili leksikasining boshqa tillardan o‘zlashtirilgan leksemalardan iborat qismi. Masalan: maktab, oila (ar.), daraxt, gul (f-t.), axta, bahodir (mo‘g‘.), afandi (turk.), ravshan (sug‘d.), traktor, avtobus (r-b.) va b.lar. Bu qismda arab, tojik-fors va rus tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Leksikologiya yunoncha lexikos – “lug`at”, logos “ta`limot”, so`z haqidagi, so`z ma`nolari haqidagi ta`limot. L.ning asosiy muammolaridan biri soʻzning mustaqil til birligi sifatida mavjudligi masalasidir. L.da soʻzlarning maʼno jihatdan oʻzaro bogʻlangan, yaʼni monosemiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, suz maʼnolarining erkin yoki bogʻliq holda boʻlishi kabi masalalari ham oʻrganiladi. Leksika muayyan bir tizim sifatida koʻrilganda, soʻz maʼnolari va tushunchalarning oʻzaro bogʻliq holda boʻlishi koʻzda tutiladi. L. lugʻat tarkibining amalda ishlatilishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini, soʻzlarning uslubiy jihatdan tasni-fiy tamoyillarini ishlab chiqadi. Shuningdek, soʻzlashuv va adabiy tillarda foydalanish meʼyorlarini, professionalizm, dialektizm, arxaizm, neologizm, leksikalashgan soʻz birikmalarini meʼyorlashtirish kabi masalalarni tahlil etadi hamda bular haqida muayyan xulosalar chiqaradi.
Leksikologiya so‘z va uning lug‘aviy ma’nosi haqidagi bo‘lim. So‘z va uning lug‘aviy ma’nosi bilan bog‘liq hodisalar: o‘z ma’no va ko‘chma ma’no, bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, so‘zning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari (sinonim, omonim, antonim, paronim) leksikologiyada o‘rganiladi. So‘z lug‘aviy ma’no va grammatik ma’noga ega bo‘ladi. So‘zning ob’ektiv borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilar haqidagi ma’lumoti leksik (lug‘aviy) ma’no deyiladi. Lug‘aviy ma’no so‘z anglatgan tushunchadir. Grammatik ma’no grammatik shakllar (qo‘shimchalar) orqali ifodalangan ma’nodir. Masalan, qalam: a) lug‘aviy ma’nosi-o‘quv quroli; b) grammatik ma’nosi: ot, turdosh ot, birlikda, turlanmagan.
So‘zning lug‘aviy ma’nosini leksikologiya, grammatik ma’nosini morfologiya o‘rganadi. Lug‘aviy ma’no anglatuvchi til birliklari lug‘aviy birliklar deyiladi. Lug‘aviy birliklar 3 xil: 1) so‘z 2) ibora 3) termin (atama). Mustaqil so‘zlar ham lug‘aviy, ham grammatik ma’no ifodalaydi; yordamchi so‘zlar esa faqat grammatik ma’no bildiradi. So‘z ma’nosi ma’lum xususiyatlarga ko‘ra ko‘chadi. Lug‘aviy ma’noning asosiy taraqqiyot yo‘llari (ko‘chish usullari) quyidagicha: metafora, metonimiya, sinekdoxa, funksiyadoshlik (vazifadoshlik), kinoya. Metafora - “o‘xshashlik” asosidagi ma’no ko‘chishi. Bunda ma’no ko‘chishi o‘xshashlik asosida ro‘y beradi. Metafora ikki usulda amalga oshadi: a) ma’no o‘xshashlik asosida ko‘chadi: oltin kuz, kumush choyshab, fan cho‘qqilari, litsey qaldirg‘ochlari...b) metafora -dek, -day, kabi, singari, yanglig‘, xuddi, go‘yo so‘zlari yordamida hosil qilinadi, masalan: shishadek osmon, Adashgan it kabi Furqat, xuddi sherdek. Metonimiya - “aloqadorlik” asosidagi ma’no ko‘chishidir. Bunda narsa-buyum o‘ziga aloqador boshqa nom bilan ataladi. Masalan: Qishloq chetida samovar ochildi (samovar-choyxona); Osmonga tikildi million juft ko‘zlar (ko‘z-odam); Fuzuliyni oldim qo‘limga (Fuzuliyni-kitobini). Sinekdoxa - butunning nomi bilan qismini atash, qismning nomini atash. masalan: Besh qo‘l barobar emas (qo‘l-barmoq); O‘n qo‘li hunar (qo‘l barmoq).. Besh qo‘lini og‘ziga tiqdi (qo‘l barmoq); Shu bitta tuyoq bilan olti bolani boqdim (tuyoq-sigir); Tirnoqqa zor o‘tdi (tirnoq-farzand. Vazifadoshlik (funksiyadoshlik) - vazifa asosida ma’no ko‘chishi. Bunda so‘z ma’nosi vazifaga ko‘ra ko‘chadi. Masalan: o‘q qadimda kamon o‘qi ma’nosida qo‘llangan. Hozirda miltiq o‘qi, pistolet o‘qi ma’nolarida qo‘llanadi; kotib, pero, qalam so‘zlarida ham vazifaga ko‘ra ma’no ko‘chishi ro‘y bergan.
Kinoya-qochiriq, kesatiq ma’nolarida aytilgan o‘zgalar “gapi”, “so‘zi”. Kinoya bilan aytilgan so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi. Kinoya bilan aytilgan so‘z teskari ma’noda tushuniladi. Salima “a’lochi” qiz (ikkichi). So‘z ma’nosi ko‘chishi natijasida o‘z va ko‘chma ma’no hosil bo‘ladi. So‘zning nutq tarkibi (gap)dan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi o‘z ma’no (asosiy ma’no, bosh ma’no) deyiladi. So‘zning nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida ifodalagan ma’nosi ko‘chma ma’no hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |