3-topshiriq. Matnni o‘qing. Ma‘lumotlardan foydalanib dialogik nutq tayyorlang.
Nashr turlari va xillari rang-barangdir va ularning tahririda o‘ziga xos talab, muammolar mavjud.Siyosiy, ijtimoiy-ommaviy, adabiyotlar matnining tahriridagi asosiy mezonlar – ishonarlilik, dalillanganlik, asoslanganlikdir. Quruq bayonchilik va safsatabozlikdan, yuzaki va sayoz sharhlardan, ko‘chirma (sitata)bozlikdan qochish zarur.
Ijtimoiy-siyosiy nashrlar matn qurilishidagi o‘ziga xoslik - tashviqot va targ’ibot bo‘lib, unda lisoniy-uslubiy vositalarni tanlash va qo‘llash tamoyillariga e‘tibor beriladi. Siyosiy-mafkuraviy atamalarni qo‘llashning o‘ziga xosligi –ommaviylik, tushunarlilik va ta‘sirchanlikni ta‘minlovchi omillarga asoslanadi. Ijtimoiy-siyosiy nashrlar tahririda rasmiy nutq uslubi maromlariga asoslanish lozim.
Ilmiy-texnikaviy nashrlar oldiga qo‘yiladigan talablar juda jiddiydir va nashrning kimga mo‘ljallanganligiga bog’liq. Ilmiy adabiyotning janr turlari va lisoniy-uslubiy, matniy o‘ziga xos bo‘lib, ularning turlari va ularning bayon qilish tarzi, matn qurilishi turlichadir. Ilmiy-texnikaviy adabiyotlarda milliy atamalardan, ko‘chirmalardan foydalaniladi, manbalarga havola qilinadi.
Ilmiy nashr matnida ilmiy uslub marom va mezonlarga asoslaniladi: bayonning xosliligi, mantiqiyligi, isbotlanganligi, tasvirlash, ta‘riflash, tahlil va
muhokama yuritishning lisoniy-uslubiy o‘ziga xosligi. Ilmiy matnlarda turli xil
ishoralar, chizma va formulalar, hisob-kitoblarni berish usullari va tartiblaridan
foydalaniladi. Ilmiy adabiyotlarni ruknlash va sarlavha tanlash muammosi alohida
ahamiyatga ega.
14-MAVZU:Rasmiy uslubga xos xususiyatlar.
Rasmiy uslubning shakllanishi, xususiyatlari. Hujjatchilik va adabiy til me’yorlari. Hujjat va uning turlari. Hujjatlarning zaruriy qismlari.
Sohaga oid hujjatlar va ularning rasmiylashtirilishi.
Rasmiy uslub diplomatik yozishmalarda, iqtisodiy, davlat idoralaridagi, sudlarda, savdoga doir, yuridik munosabatlar ifodasi bo‘lgan hujjatlarda ishlatiladi, ya'ni bu stil ish yuritish hujjatlarida qo‘llaniladi. Bunga ariza, tushuntirish xati, e’lon, taijimayi hol, ishonch qog‘ozi, tilxat, hisobot, rasmiy notalar, buyruq va farmonlar, farmoyishlar, taklifnoma, rasmiy xatlar, tijorat yozishmalari kabilar kiradi. (Bu rasmiy qog‘ozlaming qanday yozilishi haqida M.Aminov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N.Mahmudovning «Ish yuritish» nomli kitobidan har tomonlama ma'lumot olish mumkin).
Bu uslubda adabiy me’yorga qat’iy rioya qilinadi, shevaga xos so‘zlar, jaxgonlar, har xil stilistik bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘zlar ishlatilmaydi. Jumlaiar liam inversiyasiz bo‘lishi lozim. Gaplarda ta'sirclianlik bo‘lmaydi. Rasmiy stilda yoziladigan ayrim hujjatlar shtampga o‘xshash maxsus tartib va shakl bilan yoziladi. Masalan, rasmiy xatlar, ariza, tushuntirish xati, bildiigi, ma’lumotnomalar, qarorlami ko‘rsatish mumkin. Agar pul, buyum miqdori ko‘rsatilishi lozim bo‘lsa, oldin raqam bilan, so‘ng qavs ichida harflarbilan yoziladi.
Hujjatlarda fikr aniq, qisqa, lo‘nda (ravon) bayon qilinishi lozim. Bunda xatboshi (abzas)ning o‘rni muhimdir. Har bir yangi, alohida fikr xatboshi bilan ajratilishi, bir xatboshi bilan ikkinchi xatboshi o‘rtasidagi matn to‘rt-besh jumladan oshmasligi me'yorga mosdir.
Hujjatchilikda imlo va tinish belgilariga alohida e'tibor berish kerak. Hujjatning nomi bosh harf bilan yoziladi. Agar bosma matn bo‘lsa, hujjat nomining har bir harfi bosh harf bilan yoziladi. Hujjatning nomidan so‘ng hech qanday belgi qo‘yilmaydi.
Diplomatik hujjatlar shakli va so‘z qo‘llanishi jihatidan o‘ziga xos ko‘rinishga ega. Ularni yozishda hujjatning qay shaklda bo‘lisliiga e’tibor berish muliimdir. Ma’lumki, diplomatik yozishmalar bir davlatdagi oddiy korxonalar yoki tashkilotlar orasida bo‘lmaydi. Ular boshqa-boshqa davlatlar o‘rtasida bo‘lgani uchun hujjat yuborilayotgan mamlakat an’analari hisobga olinadi. U yoki bu davlatga hujjatning qaysi turi yuborilayotgan bo‘lsa, xuddi shu turi bilan javob qaytariladi.Diplomatik hujjatlarga bayonot, rasmiy nota vaxatlar, ilovaxatlar, yarimrasmiy shaxsiy xatlar, diplomatik protokol — qaydnomalar, memorandumlar va boshqalar kiradi.
Diplomatik yozishmalarda hujjat yuborilayotgan mamlakatning nomlanishida, shaxsning ismi-sharifi va lavozimini yozishda, unga qilinayotgan murojaat ifodalarida xatoga yo‘l qo‘yilishi mumkin emas. Chunki xatolar bepisandlik, hurmatsizlik sanaladi. Bu hujjatlar tashqi ko‘rmish jihatidan ham nuqsonsiz bo‘lishi, fikr aniq, to‘g‘ri, mantiqiy, izcliil, asosli va ikkinchi tomonning xususiyatlarini hisobga olgan holda bayon etilishi zarur. Rasmiy stilda fonetik xususiyatlar bo‘lmaydi. Chunki unda talafluzga xos belgilar uchramaydi, adabiy me’yorga qat'iy rioya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |