O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2021



Download 11,9 Mb.
bet38/107
Sana29.04.2022
Hajmi11,9 Mb.
#594282
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107
Bog'liq
СОХА УМК 2022 110222132021

Ikki kishi ortasidagi dialog - nutq savol-javob, buyruq-javob,
xabar-e‘tiroz kabi mazmunlarda bo’lib, fikr xususidagi tasdiq yoki
inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi. Ko’p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo’lmay, o’rtaga tashlangan savol, taklif, da‘vat, biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi.Dialogik matn so’zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.



Matn turlari va ularni nima farq qiladi


1. Hikoya matni
2. Tasviriy matn
3. Izohli matn
4. Argumentativ matn
5. Direktiv matn
6. Ilmiy matnlar
7. Huquqiy matnlar
8. Ma'muriy matnlar
9. Badiiy matnlar
10. Gumanistik matnlar
11. Reklama matnlari
12. Gazeta matnlari
13. Raqamli matnlar

Ilmiy matnlar


Agar siz universitetda o‘qiganlardan bo‘lsangiz, shubhasiz siz ilmiy matnni o‘qigansiz, bu tadqiqotning yutuqlarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan matn turi. Unda texnik til ishlatilgan rasmiy yozuv ajralib turadi. Tuzilishi izchil va ma'lumot har doim havola qilinishi kerak.
Matnni tahrir qilish uchun dastlab u bilan yaxshilab tanishib, to‘lig’icha
o‘qib chiqish, masalaning mohiyatini tushunib olish lozim. Birinchi o‘qishdanoq
tuzatishlar kiritishga shoshilish xatoliklarga olib kelishi, bu tuzatishlar muallif
muddaosini anglamasdan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Matn haqida tasavvurga ega bo‘lingandan keyin, matn til jihatdan tahrir qilinadi. Bunda so‘zlarning imlosi ham, tinish belgilari ham, uslubiy kamchiliklar ham e‘tibordan
chetda qoldirilmaydi. Mana shu tuzatishlar jarayonida asosiy matndagi ba‘zi o‘rinlar kyengaytirilishi, olib tashlanishi, o‘zgartirilishi mumkin.
Tahrir usulida asosiy e‘tibor matn talqin (variant)larini qiyoslashga qaratiladi. Bunda, ya‘ni qiyoslash jarayonida, tabiiyki, tuzatishlar kiritiladi, natijada matnning ikki talqini yuzaga keladi: birinchisi, muvaffaqiyatsiz chiqqani
bo‘lsa, ikkinchisi tuzatilgan namunasi. Axborot texnologiyalari rivojlanayotgan hozirgi vaqtda matnni qiyoslash usulida yangi qadam tashlandi. Bunga muharrirning mehnati zamonaviy texnika vositalari bilan ta‘minlanganligi sabab
bo‘ldi. Muharrir matn talqinlarini qiyoslash uchun, ularni bir vaqtda display ekraniga chaqirish imkoniga ega bo‘ldi. Bunday qiyoslash ham qulay. Chunki, ikki
qiyoslanuvchi talqin muharrir ko‘z o‘ngida yaqqol namoyon bo‘ladi va qulaylik
tug’diradi.
Biror so‘z yoki biror iboraning ma‘nosi haqida fikr bildirishda uning turli
muqobillari bilan izohlash mumkin. Tilshunoslik tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
―pishib yetilmagan so‘zlarni ikkinchisi, ya‘ni maqbul varianti bilan almashtirib yoki o‘rnini, ifodasini o‘zgartirib erkin birikmaga kirishida ma‘naviy farqlanishini
kuzatish zarur.
Muharrir matn bilan tanishar ekan, u haqiqiy mutaxassis, bilimdon sifatida
namoyon bo‘lishi kerak. Tafsilotlarga chuqur va keng qamrovli nazar tashlay olganlargina ishining haqiqiy ustasi sifatida muharrirlikni kasb qilib olgan «hunarmand»lardan farq qiladi. O‘z ishining haqiqiy bilimdonigina arzimasdek tuyulgan g’ayriodatiy narsada ham katta ma‘no ko‘radi, zero uni chuqur tushunadi.
Muharrir mutolaasi ko‘p jihatdan ilmiy mutolaaga o‘xshab ko‘rinadi. Har ikkala o‘qishda ham tushunarsiz bo‘lgan hech narsa qolmasligi lozim. Bunda tushunarsiz ifoda qolmasligidan tashqari, matndagi murakkab bandlarni chuqur mulohaza qilib ko‘rish, mazkur mavzu bo‘yicha adabiyotlar bilan tanishish shart. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, bunday vaziyatda to‘la aynanlikka erishish amrimahol. Mohirona amalga oshirilgan tuzatishlar matnning yaxlitligi va mazmuniy uyg’unligiga putur yetkazmaydi. Aksincha, uning tuzilishidagi ayrim nuqsonlarni istisno etadi, muallif fikrini, g’oyasini oydinlashtiradi. Muharrirlik faoliyati andozaviylikni mutlaqo rad etadi. Zero, tuzatishning har qanday matnga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan qolipi yo‘q. Muharrir tuzatish usulini o‘zi tanlash huquqiga ega, lekin, bu usul to‘g’ri, asoslangan bo‘lishi lozim, Shuningdek, uni to‘g’ri qo‘llay bilishi ham kerak.
Musahhih va muharrir o‘qishidagi maqsad alohida, boshqa-boshqadir. Musahhih chop etishga tayyorlangan matnni o‘qish jarayonida uning tahrirdan chiqqan, muallif bilan kelishilgan va tasdiqlangan matniga to‘la mos ekanligiga erishadi. Matnni imloviy, tinish belgilari bilan bog’liq xatolardan holi qiladi.
Ensiklopedik asar matnidagi qisqartmalar va havolalarni bir xildaligi va aniqligini ta‘minlaydi. Izohlar matndagi ko‘rsatkichlarga mosligi va hokazolarni to‘g’riligini tekshiradi, shuningdek, zarur tuzatishlarni amalga oshiradi. Muharrirning o‘qib tuzatishidan maqsadi matnni sidirg’a o‘qishdan iborat.
Muharrir bu tur o‘qishni amalga oshirganda uning mazmuni, tuzilishi (kompozitsiyasi)dagi, shuningdek, uslubiy xatolarni aniqlaydi. O‘qish jarayonida
muharrir geografik nomlar, shaxslar ismi va familiyalari, taHalluslari bir xil berilishi, iqtiboslar, raqamlar, sanalar aniq bo‘lishiga e‘tibor qaratadi, uzunlik, miqdor o‘lchamlarining o‘rinliligi va to‘g’riligini tekshiradi. Shuningdek, sarlavhalarning matn bilan uyg’unligi, mosligini; tasvirlar osti yozuvlarining rasm,
chizmaga mosligini tekshirish ham uning vazifasiga kiradi.
Ayrim hollarda bunday o‘qish tahririyatning malakali va tajribali mutaxassisiga topshiriladi, lekin, u materialni tayyorlagan muharrirning zinhor o‘rnini bosa olmaydi. Uning vazifasi matndagi kamchiliklarni aniqlash, ko‘rsatish,
tuzatish emas. Ammo, tabiiyki, aniq ko‘rinib turgan punktuatsion, grammatik, imloviy xatoliklar bundan istisno. Shuning uchun, bunday o‘quvchining malakasi juda yuqori bo‘lgan taqdirda ham mazkur jarayonda yetakchi muharrir ishtirok
etadi va muammolarni hal qiladi.
1-topshiriq. Matnni o‘qing. Ma‘lumotlardan foydalanib o‘quv qo‘llanmadagi 1-ma’ruzani qisqartiring.
Matnda qisqartirib tuzatishlarni amalga oshirishdan maqsad, avvalo, matn
hajmini kichraytirish va shu yo‘l bilan uni maqbul o‘lchamga keltirish, qolaversa,
ortiqchaliklardan holi qilishdir. Qisqartirib tuzatishining o‘qib tuzatishdan farqi
shundaki, bunda matnga bevosita qo‘l uriladi. Shunga ko‘ra, muharrir matnning
mazmuniy va sintaktik qurilishini hisobga olishi lozim.

Matnni qisqartirish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:
- matnning asosiy fikrini ifodalovchi gaplarni ajrata olish;
- gaplardagi uyushiq va ajratilgan bo’laklarni, kiritma va ilova qurilmalarni qisqartirish, qo’shimcha fikr ifodalovchi gaplarini, sintaktik parallellar va takrorlarni qisqartirish;
- birikmalarni ma‘nodosh so’zlarga, sodda yoyiq gaplarni yig’iq gaplarga, qo’shma gaplarni sodda gaplarga, ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gaplarga aylantirish;
- matnni qisqa mazmunli tarkibiy qismlarga ajratish;
- birikmalarni va boshqa tasviriy ifodalarni sodda va ixcham shaklga keltirish.

Manbadan olinayotgan ko‘chirmalar hech bir o‘zgarishsiz, qo‘shtirnoq ichida keltirilishi va manbasi aniq ko‘rsatilishi shart. Matnda, ayniqsa, rasmiy matnlarda kishilarning ismi-familiyasini, lavozimlarini, tashkilot, muassasalar nomlarini, geografik joy nomlarini yozishda har xillikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shartli qisqartmalar ham o‘zbek tili lug’atlarida keltirilgan tarzda amalga oshirilishi to‘g’ri bo‘ladi.


Umuman, bu kabi holatlarni yozish va tahrir qilishda ma‘lum me‘yorga keltirilgan, ko‘pchilikka ma‘qul bo‘lib, tilda qonun-qoidalar bilan mustahkamlangan variantlardan foydalanish lozim.

Download 11,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish