O`zbek tilining boyish manbai


«O`ZBEK TILINING O`ZLASHMA SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI»



Download 25,01 Kb.
bet6/7
Sana10.06.2022
Hajmi25,01 Kb.
#653152
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O`zbek tilining boyish manbai

«O`ZBEK TILINING O`ZLASHMA SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI»

«O`zbek tilining o`zlashma so`zlar o`quv izohli lug`ati» Y.Hamrayeva tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan. Lug`atning maqsadi o`quvchilarning savodxonlik darajasi va so`z boyligini oshirishga, tafakkurini kengaytirishga, til madaniyatini shakllantirishga va to`g`ri talaffuz me’yorlarini mustahkamlashga, shuningdek o`quvchilarga tilimizga turli tillardan kirib kelgan muayyan so`zlar hamda atamalar haqida genetik ma’lumot berishga yo`naltirilgan.

Lug`at so`zligi tilimizga rus va boshqa chet tillari orqali kirib kelgan qadimgi yunon va lotin tillari elementlaridan tashkil topgan va hozirgi kunda jahondagi ko`plab xalqlarning tillari uchun umumiy bo`lgan respublika, konstitutsiyaprezident, demokratiya kabi siyosiy atamalarni, shuningdek kimyo, sanoat, sport, falsafa, fizika, geografiya, etnografiya kabi turli ilmiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid so`zlar va atamalarni, jahondagi ko`plab mamlakatlarning pul birliklari nomlarini o`z ichiga oladi. Shuning uchun «O`zlashma so`zlar o`quv izohli lug`ati»dan nafaqat til o`rgatish darslarida, balki maktab, litsey va kollejlarning sinfxonalarida har qanday fan bo`yicha olib borilayotgan mashg`ulotlarda foydalanish mumkin.

Respublikamiz mustaqillikka erishgach, so`nggi o`n-o`n besh yil ichida uning xalqaro aloqalari yanada kuchaydi, mamlakatimizda iqtisod va siyosat, texnika va sanoat, sport va madaniyat sohalarida tub o`zgarishlar yuz berdi. Taraqqiyot sari qilingan ildam odimlar natijasida, tilimiz ko`plab yangi tushunchalarni atovchi so`zlar bilan yanada boyidi. So`nggi yillar ichida lug`atimizga jadal kirib kelgan kompyuter, fayl, sayt, biznes, barter, market, marketing, monitoring, shuningdek avvaldan mavjud bo`lgan va mustaqillikdan keyin yangicha ma’no kasb etgan vazir, tadbirkor, mahkama, devonxona kabi so`zlar ham mazkur lug`atda o`z o`rnini topdi.

Lug`atni tuzishda «O`ZBEK TILINING IZOHLI LUG`ATI» hamda «СЛОВАРЬ ИНОСТРАННЫХ СЛОВ» kitoblaridan foydalanilgan.

Lug`at maqolalari quyidagicha tuzilgan: har bir maqolaning bosh so`zlari lug`atda alifbo tartibida joylashtirilgan. Bosh so`z va uning muayyan xususiyatiga doir barcha ma‘lumotlar va belgilar, unga berilgan izohlar lug`at maqolasini tashkil etadi. Bosh so`z katta harflar bilan berilgan, undan so`ng katta qavs ichida so`zning genetikasi, ya’ni qaysi tilga mansub ekanligi haqida, keyin esa mazkur so`z yoki atamaning qaysi sohaga oidligi to`g`risida ma’lumot berilgan. Agar so`z tilimizga o`zlashtirish jarayonida turli fonetik o`zgarishlarga uchrab, uning o`zbek tilidagi hozirgi ko`rinishi o`zining asl shaklidan uzoqlashib ketgan bo`lsa, katta qavs ichida etimologik ma’lumotning yonida so`zning asl ko`rinishi ham ko`rsatilgan. Masalan:

VAJ [a vajh] …

yoki


ASTOYDIL [f-t az tahi dil]…

Bir tildan o`zlashgan omonimlar, ya’ni shakldosh so`zlar hamda turli tillardan o`zlashib omonimik munosabat hosil qilgan so`zlar alohida-alohida maqolalarda bosh so`z sifatida berilgan va bir-biridan farqlanishi uchun rim raqamlari bilan belgilangan. Masalan:

GAZ I [f-t] esk. Ilgari amalda bo`lgan, 0,71metrga teng uzunlik o`lchovi; arshin.

GAZ II [goll] Zarralari o`zaro kuchsiz bog`langan, shu sababli o`zi ishg`ol qilgan bo`shliqni bir tekis to`ldirib turadigan yengil modda; yonilg`i.

Tilimizda o`zlashmalar mustaqil so`zlar doirasidagina emas, yordamchilar, undov, taqlid va boshqa so`zlarlar orasida ham uchraydi. Qo`llanmaning maqsadi o`zlashma so`z haqida batafsil ma’lumot berishga yo`naltirilganligi bois unga barcha turkumlarga oid so`zlar kiritilgan.

O`zlashmalarning aksariyati tilimizga rus tili orqali kirib kelganligi sababli, ularning talaffuzi ham ko`p hollarda rus tilidagi talaffuzidan farq qilmaydi va bu hozirgi o`zbek adabiy tili uchun me’yor hisoblanadi. Shuning uchun Lug`atda so`zlarning transkripsiyasi, ya’ni talaffuziga doir maxsus ko`rsatmalar keltirilmagan. Biroq o`zbek tilida urg`u turg`un, u, asosan, so`zlarning oxirgi bo`g`iniga tushadi, hind-yevropa oilasiga mansub tillarning aksariyatida esa urg`u erkin bo`lgani uchun, so`zning har qanday bo`g`iniga tusha oladi. Shuningdek, hindcha, yaponcha, portugalcha va ayrim arabcha so`zlarda ham urg`u so`zning birinchi yoki ikkinchi bo`g`iniga tushishi mumkin. Shu bois so`zlarning oxirgi bo`g`iniga tushmagan hollarda urg`u yozuvda ko`rsatildi.

Alohida maqolalarda bosh so`z vazifasida kelgan, shaklan o`xshash, talaffuzda farqlanuvchi so`zlar (omograflar)ning esa har ikkala shaklida ham urg`u belgisi qo`yilgan. Masalan:

AKADÉMIK [r] …

AKADEMÍK [r akademicheskiy] …

Ma’nodosh (sinonim) so`zlarning har biri mustaqil ravishda alifbo tartibida o`z o`rnida berilib, izohlangan. Ayrim hollarda so`z izohi o`rnida ayn. belgisi bilan uning faol sinonimi keltirilgan:

RIYOZIYOT [a] esk. ayn. Matematika.

Lug`atda so`zlarning asosan hozirgi o`zbek adabiy tilida keng qo`llanadigan ma’nolari qisqa izoh bilan bayon etilgan. Polisemantik (ko`pma’noli) so`zlarning har bir mustaqil ma’nosi tartib bilan alohida-alohida izohlangan va bir-biridan farq qilishi uchun arab raqamlari bilan ajratilgan. Ko`chma ma’noda qo`llanadigan so`z oldidan ko`ch. belgisi qo`yilgan. Agar shakldosh so`zlar yoki ko`pma’noli so`zning alohida ma’nolari turli turkumlarga oid bo`lsa, u holda izohlanayotgan so`zning etimologiyasidan keyin grammatik va uslubiy ma’lumotlar ham berilgan. Masalan:

TAAJJUB [a] 1 sft. Kishini hayratda qoldiradigan, ajablanarli, g`alati.

ot Ajablanish, hayronlik. 3 kirish.s. Ajab, qiziq.

O`zbek tilida boshqa so`z bilan turg`un birikma shaklida qo`llanadigan o`zlashmalar tik to`g`ri chiziqdan keyin birikma shaklida qora harflar bilan berilib, izohlangan. Bunda izoh bosh so`zga emas, ana shu birikmaga tegishli bo`ladi. Masalan:

IJROIYA [a] | 


Download 25,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish