5. Qoida. Suqrotning siri (insonni «Ha» deyishga majbur qiling). Biror bir inson bilan suhbatlashayotganda u bilanfikringizbir xil bo’lmagan mavzularda gaplashishni boshlamang. Avvalo u bilan bir xil fikrda bo’lgan masalalar haqida suhbatlashing. Doimo u bilan umumiy maqsadingiz bir ekanligini ta’kidlang, faqatgina ushbu maqsadlarga etishish usullaridagina fark bo’lishi mumkinligini unga anglating. Suhbatdoshingizning doimo «Ha, Ha» deyishiga erishing. Uning «Yo’q» deyishiga aslo imkon bermang. Suhbatni shu tarzda tashkil qilish asnosida, u bilan kelishuv amalga oshirilishi mumkin bo’ladi.
6.Qoida. Suhbatdoshni o’z fikringizga ishontirish uchun o’zingiz juda ham ko’p gapirmang. Iloji boricha ko’p vaqt davomida suhbatdoshingizgapirgani ma’qulbo’ladi.
Qoida. Kollektiv (jamoa) a’zolari orasida nimalargadir qiziqish va intilish uyg’otish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozimbo’ladi:
Jamoa a’zolari sizdan nimalarni kutayotganini biliboling;
Barcha talab va istaklarni bajarishga va’dabering;
Keyin ulardan nimalar kutish mumkinligini biliboling;
Bu ish jamoa bilan kelishib olish imkonini beradi va agar siz ularning talablarini bajarsangiz, ular ham o’z majburiyatlarinibajaradilar.
Insonlar o’z talablarining hisobga olinishini, istaklari ruyobga chiqishini va maslahatlari inobatga olinishini juda ham yaxshi ko’radilar. Shuning uchun ularni maslahat va turli xil g’oyalar berishga undang. Kollektiv a’zolarining fikrlariga xurmat bilan qarang. Agar suhbatdoshingizni biror bir fikrga ishontirmoqchi bo’lsangiz, bu fikr uning o’ziniki ekanligiga urg’u bering.
Qoida. Mo’jizalar yaratishi mumkin bo’lgan formula. Nega suhbatdoshingiz siz o’ylaganday emas, balki boshqacha fikrlayapti – buni tushunishga harakat qiling. O’zingizni uning o’rniga qo’yib ko’ring va o’zingizdano’zingizso’rang–sizushbuholatdanimaqilganbo’lar
edingiz? Esingizda tursin – barcha insonlar faqatgina o’z ishlari haqida uylaydilar va shu bilangina ko’proq qiziqadilar. Kerakli bo’lgan inson bilan uchrashuvdan avval siz nima haqda gapirishingiz va u nima haqda gapirishi haqida yaxshilab fikrlab ko’ring. Uning siz bergan savollarga qanday javoblar berishi mumkinligi va siz undan nimalarni so’rashingiz mumkinligi haqida fikrlab oling. U nimaga qiziqadi, tajribasi va qiziqishlari qanday, xobbisi nima, bo’sh vaqtini qanday o’tkazadi kabi ma’lumotlar ham uchrashuvda sizga juda asqotishimumkin.
9.Qoida. Siz bilan uchrashayotgan insonlarning ko’pchilik qismi nimadandir xayajonlangan, o’z muammolariga to’la, nimalargadir ishongan, to’g’ri yoki siz istaganday fikrlashni istamaydigan bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham ularni tushunishga harakat qiling. Ularning o’rniga o’zingizni qo’yib ko’ring, ularning muammolarini anglashga va hal qilishga harakat qiling. Ularga hamdardlik bildiring. Shunda ular sizni yaxshi ko’rib qolishadi va natijada siz bilan yaqin odamlaridek muomala qilib, fikr almashinadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |