Esda tuting: Bu qoidani o—i, o‘--i, u—u, i—i tarzida shakllangan ikki bo‘g‘inli
so‘zlarning barchasiga qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan: odil, bo‘g‘in, kukun, chivin, ojiz kabi.
2. Manba, tole kabi unli bilan bitgan otlarga egalik qo‘shimchasining –im, -ing, -i
shakli qo‘shiladi: manbai, toleim kabi.
3. Oxiri k yoki q undoshi bilan tugagan tabrik, kerak, yong‘ok, qayliq kabi otlarga
egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z oxiridagi k undoshi g undoshiga, q undoshi g‘
undoshiga aylanadi va tabrigi, keragi, yong‘og‘i, qaylig‘i tarzida yoziladi.
Esda tuting. nutq, zavq, ufq kabi bir bo‘g‘inli otlarga, shuningdek, idrok, ishtiyoq
kabi ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa o‘zakda o‘zgarish yuz bermaydi.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |