izohlovchi, to‘ldiruvchi, hol va undalma bo‘lib keladi. Masalan, Ko‘z - qo‘rqoq, qo‘l –
botir (maqol). Gullarning ichida eng qadrlisi – atrgul. Azamat teraklarning yaproqlari
kumush astarlarini oyga tutib, orom uyqusiga ketishgan (S.Ahmad). Yo‘lchi o‘z do‘sti
Qoratoy temirchi bilan hangomalashib o‘tirar edi (Oybek). Adabiyot ilmi xuddi yong‘oqqa
o‘xshaydi: sirti qattiq, lekin ichidagi mag‘izi shirin (A.Qahhor). Osmonda yulduzlar siyrak
qoldi (P.Qodirov). –Bolam, hech kim otasiz o‘smabdimi, bo‘ying cho‘zilib qoldi, endi o‘zing
ota bo‘lasan, mana ko‘rasan (S.Ahmad).
Do'stlaringiz bilan baham: |