Adabiy ta’limda qo‘shimcha materiallardan foydalanish usullari
Reja:
1. Adabiy ta’limda foydalaniladigan qo‘shimcha materiallar haqida.
2. Ommaviy axborot materiallaridan foydalanish.
3. Adabiyot darslarida radio va televidenie materiallaridan foydalanish.
4. Adabiyot fani bilan bog‘liq gazeta va jurnallardagi ma’lumotlarni dars jarayonida qo‘llash.
Tayanch tushunchalar: matbuot, gazeta, radio, televideniya, ma’lumot, axborot, kirish mashg’ulot, mavzu, ommaviy axborot, innovatsiya.
Adabiy ta’limda adabiyot o‘qituvchisi alohida e’tibor qaratadigan yana bir faktor mavjud bo‘lib, o‘quvchi talalarda mental tafakkurni shakllantirish masalasidir. Aynan ta’lim jarayonida o‘quv elementlarini o‘zlashtirishda, o‘quv faoliyatini III, IV bosqich darajalariga ko‘tarish shaxs mental tafakkurini shakllanishiga zamin yaratadi. Mental tafakkur zaminida o‘quvchilarning mantiqiy tafakkuri shakllanib boradi. Mantiqiy tafakkurni tarkib toptirib borishda pedagogning metodik faoliyati muhim ahamiyatga ega. Masalan ta’lim mazmunini mantiqan o‘zlashtirishda insert usulidan foydalanish texnologiyalarini olima M.Hoshimova kuyidagicha tavsiya etadi: Insert – bu matn bilan ishlanganda faollikni qo‘llab– quvvatlash uchun kuchli vositadir. Talaba matn bilan ishlaganda faollikni qo‘llab–quvvatlash uchun kuchli vositadir.
Talaba matn bilan ishlayotganda bir qator belgilarni qo‘yib boradi ular esa quyidagi ma’nolarni bildiradi:
“V” – bilganlarimni tasdiqlaydi
“Q” – yangi axborot
“-“ – bilganlarimga zid keladi
“q” – meni o‘ylantirib qo‘ydi
Matnni “Insert” usulida o‘rganganda quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin
“V”
|
“-”
|
“Q”
|
“q”
|
“Ha”
o‘qiganlaringizdan aniq bilgan yoki bilaman deb o‘ylagan ma’lumot
|
“Manfiy”
o‘qiganlaringiz, bilganlaringizga qarama-qarshi ma’lumot
|
“Musbat”
o‘qiganlaringiz orasida siz uchun yangi bo‘lgan ma’lumot
|
“Savol”
o‘qiganlaringizdan siz uchun tushu-narli bo‘lmagan yo-ki shu haqida ko‘p-roq narsa bilishni istagan ma’lumot
|
Insert usuli o‘quvchilarni badiiy asar yuzasidan mustaqil bilim olish malakalarini shakllantirib o‘z mehnati evaziga bilim olish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash malakalarini shakllanishiga yunaltiradi. Albatta, mantiqiy tafakkurni tarkib toptirishda tanqidiy fikrlashga yo‘naltiruvchi boshqa texnologiyalar ham mavjud.
1-topshiriq. Adabiy ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish dars samaradorligini ta’minlovchi omil ekanligini aniq misollar asosida tushuntirib bering.
2-topshiriq. 1. Metodist V.Qodirov shunday yozadi:
“Adabiyot o‘qituvchisi vaqtli adabiy nashrlarda, ilmiy-adabiy to‘plamlarda e'lon qilinayotgn mumtoz namunalar, xususan, tasavvuf bitiklari talqin va tahlil qilingan maqolalarni muntazam ravishda o‘qib, o‘rganib borishi lozim” (V.Qodirov. Mumtoz adabiyot: o‘qitish muammolari va yechimlar, – Toshkent, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxo‘zbek si, 2009,122-bet).
a) Ayting-chi, Siz oxirgi marta mana shunday maqolalardan qaysi birlarini o‘qidingiz. Uning qisqacha annotatsiyasini yozing.
b) “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Til va adabiyot ta'limi”, “Sharq yulduzi”, “O‘zbekiston adabiyoti va san'ati”, “Yozuvchi”, “Ma’rifat”, “Pedagogik talim”, “Talim texnologiyasi” singari jurnal hamda gazeta sahifalarida shu muammoga bag‘ishlangan yangi maqolalar obzorini tuzing. Ularga qisqacha tavsif bering.
g) Adabiy ta’lim muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-metodik asarlarning qaysilari sizga ma’qul bo‘lganligini tushuntirib bering.
d) Siz o‘z o‘qituvchilik faoliyatingizda qanday qo‘shimcha materiallardan foydalanishni ma’qul ko‘rasiz.
s) Adabiyot darslarida qo‘shimcha materiallardan foydalanish dars samaradorligini ta’minlovchi omil ekanligi haqidagi fikrlaringizni dars ishlanmasi va slaydlar asosida taqdim eting.
1-topshiriq. Ifodali o‘qish qoidalari haqida fikrlaringizni bayon eting.
2-topshiriq. Urg‘u, ritm va pauzalarning ifodali o‘qishdagi o‘rniga baho bering va fikrlarinizni misollar orqali asosilang.
3-topshiriq. A.Navoiyning “O‘n sakkiz ming olam oshubi” deb boshlanuvchi g‘azalini ifodali o‘qishga harakat qiling.
She’rlarni o‘qishda ularning vazni va ritmiga e’tibor qaratishning ahamiyatini aniqlang.
Aruz vaznidagi she’rlarni o‘qishda hijo va turoqlarning o‘ri haqida fikrlaringizni bayon eting.
Nasriy asarlarni ifodali o‘qishning o‘ziga xos jihatlarini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |