Vatan-millat beshigi
Vatan deganda hamisha ko‘z oldimizga o‘zimiz tug‘ilib o‘sgan yurt keladi. Vatan tushunchasi keng va katta ma’noga ega. Vatan deganda biz mustaqil O‘zbekistonimizni, uning boy tarixiy merosini, tog‘u-toshlarini, bog‘-rog‘larini, sharqiroq suvlarini, bitmas-tugunmas boyliklarini tushunamiz. Vatan so‘zi yonida hamisha o‘zbek so‘zi keladi. Bu bejiz emas. Chunki, o‘zbek -vatan timsolida biz okean ortidagi mamlakatni kashf etgan Abu Rayhon Beruniyni, tibbiyot ilmining asoschilaridan biri bo‘lmish Abu Ali ibn Sinoni, buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi Amir Temurni, ne-ne sarkardalar ololmagan joyni qalam kuchi bilan zabt etgan Alisher Navoiyni, shohlarning shoiri, shoirlarning shohi Zahiriddin Muhammad Boburni, yulduzlar jadvalini tuzgan Mirzo Ulug‘bekni ko‘z oldimizga keltiramiz. Zotan, vatan ularga ham o‘zbek o‘rnida o‘zbek bo‘lgan. Biz bu kabi ajdodlarimizdan faxrlansak arziydi. Ongimizga o‘zbek vatan, o‘zbek yer, o‘zbek zamin kabi tushunchalar singib ketgan. Vatan ham o‘zbek kabi yago‘zbek dir. Chunki, hech bir inson o‘zbek sini tanlay olmaganidek, vatanini ham tanlay olmaydi. Vatanning katta-kichigi bo‘lmaydi.Dunyoga kelib, ilk bor ko‘z ochib ko‘rganim - vatan. O‘zbek jonim aytgan allasi orqali tomirimga, vujudimga singgan, buvijonim aytgan ertaklar orqali jajji tasavvurimda g‘ujg‘on o‘ynagan savollarimga javobim bugun – vatan. O‘zbek jonim yopgan issiq kulchalarni qo‘llarimda tutolmay, suvlarda oqizganim – vatan. Vatan inson kindik qoni to‘kilgan joydir. Vatanga muhabbat tuyg‘usi o‘zbek suti bilan qonga qiradi. Vatan ham, vatanga muhabbat tuyg‘usi ham ilohiy bir ne’mat. Shuning uchun ham vatan tuyg‘usi sajdagohday pok va ulug‘dir.Vatanparvarlik vatanni sevishdir. Inson uchun vatandan musaffo va tiniq boylik yo‘q. Vatanparvarlik tuyg‘usi go‘daklikdan boshlab shakllansa, uning ildizi ham shunchalik mustahkam bo‘ladi.Vatanparvarlik – o‘zbek vatanimiz, mustaqil O‘zbekistonimizga muhabbat tuyg‘usini o‘z ongimizga singdirish, unga sodiq bo‘lishga erishishdir; – vatanimiz xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga hurmat bilan qarashdir; –buyuk ajdodlarimizdan qolgan merosni, tarixiy obidalarimizni o‘rganish va ularni asrab-avaylashdir.Kishi tug‘ilgan yeriga yopishib olgan bilan chin vatanparvar bo‘la olmaydi. Haqiqiy vatanparvar o‘z vatani uchun jonini ham fido qilishga tayyor turishi kerak. Qaerda bo‘lmasin o‘z o‘zbek vatani shon-shuhrati uchun kurashmog‘i, elim deb, yurtim deb yonib, kuyib yashamog‘i lozim.Vatanimiz ozodligi, erki, mustaqilligi uchun kurashgan fidoyi ajdodlarimizni millatimiz, xalqimiz hech qachon unutmaydi. Vatanni qadrlamaydigan insonni millat ham, jamiyat ham qadrlamaydi.Ko‘ksiga urib kerilgan inson emas, vatan ravnaqi yo‘lida ongli ravishda mehnat qilgan inson haqiqiy vatanparvardir.Vatanni sevish – eng oliyjanob xislat. Dono x alqimiz aytganidek, “vatanni sevmoq – iymondandir”. Vatanni sevib, ardoqlab, kerak bo‘lsa vatan uchun jonini, hayotini fido qilgan ajdodlarimiz To‘maris, Shiroq bizga hamisha o‘rnak bo‘lganlar, Vatanni sevish yuksak fazilatdir. Zero, vatan ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan vatandoshimiz Muqanna aytganidek: “vatan uchun jonini qurbon qilganlar mangu tirikdir”. Shunday ekan, biz ham mustaqil O‘zbekistonimizni sevib, uning gullab yashnashi uchun o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz lozim.Hayot vatanda go‘zal!Chunki bu go‘zallik, avvalo, o‘z o‘zbek vataningda yuz ochadi. Vatanda yuz ochgan go‘zallik-ko‘ngilga yuz ochgan go‘zallikdir. Agar shohlikning o‘zi bir baxt bo‘lib, amal va e’zozlar insonga umr ato etganda edi, ajdodimiz Zahriddin Muhammad Bobur:
Tole yo‘qi jonimg‘a baloliq bo‘ldi.
Har ishniki ayladim xatoliq bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin ne yuz qarolig‘ bo‘ldi,
– deya ohi olamni o‘rtab 48 yoshida dunyodan ketmas edi. Inson qanchalik boy bo‘lishidan qat’iy nazar, u o‘z vatanidan yiroqda yashasa hech qachon baxtli bo‘lolmaydi. Darhaqiqat, hayot vatanda go‘zal. Bizning mustaqil O‘zbekistonimiz esa mutloq go‘zal bo‘lib yaralgan. Uning saxovatli zamini, betakror tabiati, bir-biridan go‘zal shahar va qishloqlari, boy tarixiy merosi, sodda, mehnatkash odamlari – barcha-barchasi insonni o‘zi tug‘ilgan shu turpoqqa bog‘lab turadi, uning jonkuyar farzandi bo‘lishga undaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida shunday degan edi: “Biz O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, ulug‘lamoqchi bo‘lsak, avvalo, vatan uchun munosib farzandlarni, jonkuyar yozuvchilarimizni, shoirlarimizni tarbiyalashimiz lozim”. Yurtboshimizning ishonchini oqlagan holda, ularning biz yoshlarga yaratgan imkoniyatlari, sharoitlaridan to‘g‘ri foydalanib, jamiyatimiz uchun kerakli shaxs bo‘lishimiz kerak. Zero, men shunday mustaqil vatanda yashayotganimdan faxrlanaman.
Ota yurt bu, o‘zbek yurt, sha’ni yashar joningda,
Momo yerning isi bor, ushatilgan noningda,
Yurt chirog‘i shu’lasi yuzingga tushib turar,
Agar boqiy baxt bo‘lsa, u O‘zbekistoningda.
2. Yuqoridagi insho namunasida abzatslar ataylab olib tashlangan. Ularni tiklashga harakat qiling. Bunda nimalarga e’tibor berganingizni izohlang/
2. Endi mavzudagi boshqa bir insho namunasi bilan tanishib chiqing.
Do'stlaringiz bilan baham: |