Amaliy va seminar mashg`ulotlar
Badiiy asar tili va asar kompozitsiyasini o‘rganish usullari
Reja:
1. Badiiy asar tili haqida.
2.Badiiy asar tilini tahlil qilishning asosiy xususiyatlari.
3. Muallif va perso‘zbek j tili.
4. Tasvirda badiiy ifoda vositalarining o‘rni va ahamiyati.
5. Jonli til, adabiy til va badiiy tilning xususiyatlari va ular o‘rtasidagi tafovutlar.
6. Muallif nutqi va persanajlar nutqini biror asar misolida tushuntirish.
7. Badiiy asar kompozitsiyasini o‘rganish usullari
Tayanch so‘z va birikmalar: Badiiy asar tili, muallif va perso‘zbek j tili, tasvir, badiiy ifoda, jonli til, adabiy til, badiiy til, tafovut, muallif nutqi, persanajlar nutqi.
Savol va topshiriqlar:
1. Adabiy-tanqidiy tushunchalarning shakllantirilishidagi asosiy talablar nimalardan iborat?
2. Dasturlar asosida umumiy o‘rta ta’litm maktablarining har bir sinfida o‘rganiladigan adabiy-nazariy tushunchalarning qiyosiy jadvalini tuzing.
Badiiy adabiyotni ongli va ijodiy o‘qishga o‘rgatish bugun har doimgidan ko‘ra ham kattaroq ahamiyat kasb etib bormoqda. Bu borada badiiy matn tushunchasi, uni tahlil qilish tamoyillari ayricha ahamiyat kasb etadi. Badiiy matnni adabiyotshunoslar ham, tilshunoslar ham o‘rganishadi. Matnning lingvistik tahlili esa tobora kengroq e’tibor qozo‘zbek yotganligi bejiz emas.
Badiiy asar matnini o‘rganish bilan adabiyotshunoslar ham, tilshunoslar ham juda qadim zamonlardan buyon shug‘ullanib kelgan deb aytishimiz mumkin. Shuning uchun ham bu masala fanda an’anaviy mavzular qatorida turadi, biroq haligacha mana shu qadimiy muammoning qorong‘i nuqtalari, bahstalab o‘rinlari oz emas.
Garchi oliy o‘quv yurtlaridagi bir qator fanlar: adabiyotshunoslik va tilshunoslikka kirish, adabiyot nazariyasi, o‘zbek tili va adabiyot o‘qitish metodikasi, badiiy matnning lingvistik tahlili, badiiy asarni tahlil qilishning zamonaviy metodlari, o‘zbek tili va adabiyot o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari yo bevosita, yo bilvosita badiiy matn tahliliga aloqador bo‘lsa-da, haligacha ularning eng samarador va amaliyot uchun eng qulay turlari ustidagi bahslar davom etmoqda. Bunda asar tili alohida e’tiborda tutiladi.
«Adabiyot nazariyasi va estetikaning umumiy muammolarini egallagan, hatto badiiy g‘oya va mazmunni intuitiv tarzda his eta olish qobiliyatiga ega bo‘lgan adabiy tanqidchi va adabiyot tarixchisi adabiy asar tahlilida poetik nutqning linvistik asoslangan uslubiyatisiz hech narsaga erisha olmaydi. Faqat shu yo‘l bilangina adabiyotda o‘zaro qattiq bog‘lanib ketgan ikkita omil: mazmun (g‘oya) va material (shakl)ning ishonchli namoyishiga erishish mumkin bo‘ladi»102.
«Badiiy asar mazmuni deganda odatda borliqdagi ijtimoiy, ma’naviy, tabiiy hodisalarning alohida, maxsus (badiiy-estetik) o‘zlashtirish va aks ettirish natijalari tushuniladi»103. «Asar badiiy to‘qimasini tahlil qilishning qiyinligi til shaklining o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Til materiali boshqa barcha san’atkorlar ishlatadigan materiallar (marmar, bo‘yoq, yog‘och, tosh, musiqadagi tovush v.b.)dan o‘zida ham moddiy, ham ideal tomonlari borligi bilan farq qiladi. Boshqacha qilib aytganda, so‘z materiali umumegalik qiladigan ashyo sifatida individual ijod jarayoniga qadar ham o‘z moddiy qobig‘i va o‘z mohiyati (mazmuni)ga ega bo‘ladi. Demak, til oddiy material («materiya») emas, balki allaqachon shakllangan material, ya’ni turli tipdagi (lug‘aviy, grammatik) ma’nolarga ega bo‘lgan moddiy substratdir». Ijod jarayonida allaqachon o‘z mazmuni (ma’nosi)ga ega bo‘lgan til birliklari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) badiiy «mazmun»ni, ya’ni real borliq ob’ektlari haqidagi san’atkorning fikrlarini ifodalash uchun maqsadli tarzda foydalaniladi.
Badiiy asar shakli tushunchasi «moddiy substrat»dan, ya’ni tildangina iborat emas, vaholanki, badiiy asar shaklini tashkil etuvchi elementlar sirasida (masalan, kompozitsiya bilan yonma-yon tarzda) so‘z materialiga, uning tuzilishiga yetakchi o‘rin xosdir. Shakl elementlari orasida mazmunning kategoriyalari hisoblanadigan g‘oya, obraz, syujet, motiv, vaziyat v.b. bilan eng mustahkam va bevosita bog‘lanib ketadigani tildir. Bu munosabatlarning shunday turiki, ular hatto bir-birlariga o‘tib turishlari va aylanishlari bilan xarakterlanadi104.
«Badiiy matnni tadqiq etayotgan adabiyotshunos va tanqidchi uchun eng muhim mazmun kategoriyalari g‘oya va obrazdir. Darhaqiqat, g‘oya va obraz ajralmasdir, zero badiiyo obraz mazmuni badiiy asar g‘oyasini tashkil etadi. San’at sohasida mazmunni yaratish, birinchi navbatda obrazni yaratish sifatida namoyon bo‘ladi. Yuqorida bayon etilgan mulohazalardan ochiq ko‘rinib turibdiki, badiiy asar mazmunining umumiy talqini, ochilishi va bahlanishida tilning ahamiyati nechog‘lik kattadir. Shunga qaramay, badiiy matn tahliliga bag‘ishlangan tadqiqotlarda g‘oya-obraz va til mutanosibligi masalalari turlicha ko‘rib chiqiladi»105. «Ulardan bittasini qayd etaylik: struktur-lingvistik metod o‘z tabiatiga ko‘ra ikkiyoqlama bo‘lgan ob’ektning bir tomonini – tilni o‘rganishga, (biroq nutqni o‘rganishga emas) yo‘naltirilgan, ayni paytda adabiyotshunos konkret «nutqiy» mavjudlik bilan (mavhum «til» hodisalari bilan emas) bilan mashg‘ul bo’ladi»106.
Tilshunoslik faoliyatining bitta sohasi badiiy asar tili va uslubini, jumladan, yozuvchining individual uslubini o‘rganishdan iboratdir. Biroq, sof tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganiladigan yo‘nalishda badiiy asarning butunligiga ko‘ra uning mazmun alomatlarini to‘la qamray olmaydi.
Biz bir asar tilini tahlil qilishni rejalashtiraylik. Buning uchun e’tiborda tutilishi shart bo‘lgani ayrim xususiyatlar borki, biz ularni esda tutishimiz kerak. Bular:
1) o‘quvchilarning oldingi sinflarda o‘zbek tili va adabiyot darslarida olgan bilimlari;
2) ularning adabiy-nazariy tayyorgarliklari;
3) matndagi asosiy tasvir vositalarini aniqlay olish hamda ularning shu matnda bajarayotgan vazifalarini tahlil qila olishga oid malaka va ko‘nikmalari.
Badiiy asar tilini tahlil qilishda ham uzviylik hamda uzluksizlik asosiy tamoyil bo‘lib qolishi kerak. Shunga ko‘ra badiiy asar tilini o‘rganishda ham o‘quvchilarning bu sohadagi bilimlarining bosqichma-bosqich ortib borishiga e’tibor qaratish lozim.
Buni shunday tasavvur qilsak bo‘ladi:
1. Poetik til haqidagi dastlabki ma’lumot;
2. «Poetik nutq» tushunchasini;
3. Poetik matnning sintaktik qurilishi;
4. Badiiyat va tasvir vositalari mutanosibligini umumlashtirish.
Barcha bosqichlardagi asosiy urg‘u til sathlari, adabiyotshunoslik fanlari, predmetlararo aloqalarni e’tiborda tutgan holda shakllanadigan bilim, ko‘nikma va malakalarga qaratilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Biz Xorazmiy haqida gapirganimizda, jumladan, shunday deymiz:
«Xorazmiyning tili nihoyatda shirali. U o‘zbek tilining nozik va nafis ichki imkoniyatlarini muhabbat bilan namoyish eta olgan. «Shakardek til», «tong yoqtusitek», «tan ichra jon», «arslon yurak», shuningdek, «oldini tutmoq», «oldin kechmoq», «yer o‘pmoq», «yelga bermoq» kabi ifodalar Xorazmiy tilining nafosatini belgilab beradi. Asarda Faridun, Sulaymon, Masih, Yusuf, Hotami Toy, Rustam, Ali, Muhammad Xo‘jabek singari tarixiy hamda afso‘zbek viy nomlar uchraydi. Muallif o‘rni-o‘rni bilan arabcha va forscha so‘zlardan ham ustalik bilan foydalanadi. Shuning uchun ham «Muhabbatnoma» o‘zbek tili tarixini o‘rganish uchun ham boy manba bo‘la oladi. Uning o‘sha davr tilining badiiy yodgorligi sifatidagi qadri balanddir». Bu gaplar mag‘zini chaqish uchun esa Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si tili ustida ishlash talab etiladi.
Buning uchun darslik materialiga murojaat qilamiz:
Nomalar oshiqning o‘z ma’shuqasiga dil izhorlari tarzida yozilgan. Ularda ma’shuqa ta’rifi asosiy o‘rin tutadi. Birinchi nomaning dastlabki misralariyoq xuddi shu tarzda boshlangan. Ma’shuqaning ko‘rki tengsiz. U ko‘rklilarning podshohi uning go‘zalligi haqidagi madh (husnung sipohi) olamni tutgan.
Ma’shuqa – pariruxsor. Ammo pariruxsorlarning ham go‘zali – ko‘rkaboyi.
Yuz, qosh, ko‘z, xol, bo‘y (qad) tasvirlari nihoyatda xilma-xil holatlarda juda go‘zal va original tarzda tasvirlanadi:
Turubdur ko‘zda qaddingiz xayoli,
Aningdekkim suv uzra tol niholi.
Lirik qahramon nazarida ma’shuqa go‘zallik, latofat va nazokatda tengsiz. U olamdagi eng aziz va mo‘’tabar inson. Mumtoz adabiyotimizda bo‘lganidek, Xorazmiy tasvirida ham ma’shuqa beparvo, qahri qattiq, jafokor va hatto bevafodir. Shuning uchun ham ma’shuqa «nomehribon», «ahdi baqosiz».
Qamuq yoqut erinli, so‘zi durlar,
Vafosizlikni sizdan o‘rganurlar.
Biroq oshiq ko‘ngil izhorida sobit, u o‘z ishqiga sodiq. fikrida qat’iy:
Davr sizning durur davron borincha,
Qulungizmen tanimda jon borincha.
... Kishi qayda o‘larin bilsa bo‘lmas,
Haqiqat yoridan ayrilsa bo‘lmas.
hatto:
Ayurmen, yuz nechakim kelsa mehnat,
Jafo sizdin, taqi bizdin muhabbat.
Umuman, asarda haqiqiy go‘zallikni ta’rif va tasvir etish, insoniy muhabbat tuyg‘ularini samimiy ifodalash, inson qalbidagi nozik kechinmalarni qalamga olish asosiy o‘rin tutadi. Bu goh ma’shuqa va saboga murojaat, goh oshiq qalb izhori tarzida namoyon bo‘ladi. Ularning barchasiga xos xislat – yuksak badiiyatdir. Adibning o‘xshatish va sifatlashlaridan boshlab, tanlagan vazni, janri, qofiya va radiflarigacha ana shunday nozik badiiyatni yuzaga keltirishga xizmat qiladi.
Agar desam seni Rustam, yorarsen,
Qiliching birla saflarni yorarsen.
Muhammad Xo‘jabek madhiga bag‘ishlangan bu parchada mamduh - maqtalayotgan odam Rustamga o‘xshatilmoqda. Birinchi misra oxiridagi «yorarsen»-yaraysan, loyiqsan, arzuguliksan ma’nolarini beradi. Keyingi misradagi shu so‘z esa «yormoq», «bo‘lib tashlamoq» ma’nolariga ega. Bunday tajnisli qofiyalar adibning og‘zaki an’analar bilan yaqindan tanishligini ko‘rsatadi. Bugina emas, xalqo‘zbek kinoya va qochirimlar, an’anaviy tasvir vositalari, xususan, mubolag‘a va o‘xshatishlar tizimi ham bu fikrni quvvatlaydi. Bunday tahlilni zamonaviy she’riyat misolida ham amalga oshirish mumkin.
Yurtim, senga she’r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor o‘z yurtim butun—
Olam aro atagan tanho.
Ular she’ri uchdi ko‘p yiroq,
Qanotida kumush diyori.
Bir o‘lka bor dunyoda biroq
Bitilmagan dostondir bori:
Faqat ojiz qalamim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.
Abdulla Oripov «O‘zbekiston» she’rini Vatan mavzusida yaratdi. Unda vatanparvarlik g‘oyasi ilgari surildi. Aslida bu she’r millionlarning, millionlab o‘zbeklarning ijtimoiy bosim ostida tomoqida qadalib turgan hayqiriq sifatida yuzaga chiqdi. Zero, she’r yozilgan paytda O‘zbekiston mustaqilligi haqida gap ham yo‘q edi. Shoir O‘zbekistonni baland va o‘z ovozi bilan Yurtim - Vatanim deya oldi. Vatan tasviri esa mutlaqo o‘ziga xos tarzda qalamga olindi. Adib avval yurt tarixini esga oladi. Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoyidek buyuk inson-larning bevosita o‘zbek xalqiga mnsubligining o‘zi faxr va iftixor manbai bo‘la olishini ta’kidlaydi. Abdulla Oripov ta’rifidagi O‘zbekiston «bitilmagan dostondir». Shoir vatanparvarlik g‘oyasini ro‘yobga chiqarish uchun tasvirning o‘ziga xos usullarini tanlaydi. Ayniqsa, asarning tili mutlaqo o‘ziga xos. U shiradorligi, ohangdorligi, serjiloligi bilan ajralib turadi. She’r barmoqning nihoyatda o‘ynoqi vaznida yozilgan. O‘n besh bandli bu asarning har bir bandida poetik fikrning o‘ziga xos rivojini kuzatish mumkin. Ana shu rivoj bevosita uning tili bilan ham bog‘liqdir. O‘quvchilar bilan she’rni tahlil qilishda har bir banddagi tayanch so‘zlarni belgilash, har bir banddagi asosiy g‘oya va uning ifodalanish tarziga diqqat qilish yaxshi samara beradi. She’rdagi badiiy tasvir vositalari ustida ishlash jarayonida ham (o‘xshatish, sifatlash, tazod, ta’did …) asar tilining o‘ziga xosliklarini kuzatish imkoniyati bo‘ladi.
Ma’lumki, ALlarning 3-bosqichida Abdulla Oripovning hayoti va ijodi ham o‘rganiladi. Jumladan, u yerda «Hangoma» asarini o‘rganish imkoniyati mavjud. Biz ushbu asar tili bilan bog‘liq tahlil namunasini Q.Yodgorov tadqiqotiga suyangan holda havola etamiz.
«Biz bu asar ustida ishlash jarayonida asar tili bilan uning g‘oyasi, g‘oyaviy-badiiy mazmuni orasidagi bog‘lanishlarni aniqroq tasavvur etish imkoniyatlari bilan tanishamiz. Bu yerda matnda ikkita ma’no: bir o‘qishda yalt etib ko‘zga tashlanib turadigan - tashqi qism, hamda uning ostiga «berkitib qo‘yilgan» - sirli qism mavjud. Ammo ularning o‘zaro zich aloqadorligini ham aytish joiz. Yirik rus metodisti I.A. Galperin qayd etganidek, «Ayni kuzatib bo‘ladigan hodisa kuzatib bo‘lmaydigan hodisalar mohiyatini oydinlashtirish uchun imkon beradi»107.
Ma’lumki, matn bir marta to‘liq o‘qib chiqilganidan keyin uning yaxlitligini idrok etish mumkin bo‘ladi. Ammo bu yaxlitlikning alohida-alohida qismlardan iborat ekanligini ham nazarda tutish kerak. Zero, «matnning butunligiga ichki ma’no rivojidagi qismlar va butunlikning o‘zaro aloqalari tufayli erishiladi»108. Bizning misolimizda u alohida-alohida bandlardan iboratdir. Mana shu bandlarning muallif taqdimi va talqinidagi ketma-ketligi matn yaxlitligini ta’minlagan.
O‘quvchilarning matndagi mavjud mazmun-mohiyatni to‘la anglab yetishlari uchun undagi lisoniy xususiyatlarning butun majmuiga, matnning qurilishiga, uning qismlari orasidagi mantiqiy aloqadorlikka e’tibor berish zarurati seziladi. Demak, tahlil jarayonida matnning faqat ko‘rinishi, tashqi tomoni emas, balki mana shu tashqi tomon – so‘zlar va gaplar bilan ifodalanadigan qismdan tashqari, ularning o‘zaro munosabat va aloqadorligidan kelib chiqadigan ma’no ham asosiy o‘rin tutishini anglab yetish maqsadga muvofiq bo‘ladi».
Demak, badiiy asar tilini tahlil qilishning ham xilma-xil shakl va ko‘rinishlari majud. Bularning hammasi esa o‘quvchilarning badiiy asar bilan yaqinligini kuchaytiradi, ularning qalbida badiiy so‘zga, adabiyotga, ular orqali esa ezgulikka bo‘lgan mehrini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |