O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi


Hozirgi maktablarimizda olib borilayotgan dars o‘tkazish shartlari quyidagilardir



Download 1,12 Mb.
bet65/175
Sana21.01.2022
Hajmi1,12 Mb.
#396663
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   175
Bog'liq
ma\'ruza metodika

Hozirgi maktablarimizda olib borilayotgan dars o‘tkazish shartlari quyidagilardir:

1. Har qaysi dars muayyan vaqtga (35, 40, 45, 80 minutga) mo‘ljallangan bo‘lib, qat’iy jadval asosida olib boriladi.

2. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko‘ra bir xil darajadagi bolalarning guruhiga ega bo‘ladi.

3. Dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatlari birligiga asoslangan bo‘lib, bevosita o‘qituvchining rahbarligida olib boriladi.

4. Dars o‘tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma-xil metodlar bilan olib boriladigan va ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradigan va navbatdagi bilimlarni o‘zlashtirmoq uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi.

Hozirgi zamon darsining eng muhim xususiyatlari yangi o‘quv materialini va uni qo‘llashni o‘zlashtirish bilan birga, ilgari o‘rganilgan narsalarni o‘zlashtirish, sintez qilish, takrorlash va mustahkamlash, nazorat qilish kabi elementlarining o‘zaro bog‘lanishidir.

O‘qituvchi sinfga kirar ekan, dars talablariga rioya qilgan holda dars boshlaydi. Darsga qo‘yiladigan talablar esa quyidagilar:

1. Har bir dars, albatta, ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun:

a) dars yoshlarni barkamol shaxs ruhida tarbiyalashning umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqadigan konkret bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lishi;

b) darsning maqsadi, albatta, o‘quvchilarga tugallangan bilim berishni nazarda tutgan bo‘lishi;

d) bir soatlik darsda o‘tishga mo‘ljallangan mavzu dastur materialining bir qismi sifatida ifodalanishi va bu materiallar o‘zaro ichki mantiqiy bog‘lanishga ega bo‘lishi;

e) o‘tilishi kerak bo‘lgan materialning xarakteriga ko‘ra qanday dars tipi, o‘qitish metodidan foydalanish nazarda tutilishi;

f) sinf o‘quvchilarining faolligini oshirish maqsadida umumsinf va ayrim o‘quvchilar bilan qanday ish olib borish kerakligi belgilangan bo‘lishi kerak.

2. Har bir dars mustahkam g‘oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyaviy yo‘nalishga ega bo‘lmog‘i lozim:

a) darsning mazmuni o‘tilayotgan mavzuning mohiyatiga bog‘liq holda o‘quvchilarni g‘oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladigan materiallar bilan boyitilishi;

b) dars o‘tilayotgan mavzuning mazmunidan kelib chiqadigan tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri taraqqiyoti haqidagi ilmiy bilimlar o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va e’tiqodlarining shakllanishiga qaratilgan bo‘lishi;

d) dars o‘tilayotgan mavzuning mazmunidan kelib chiqadigan ilmiy nazariyalar orqali o‘quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirish va o‘quvchilarni barkamol shaxs ruhida tarbiyalab yetishtirishni nazarda tutmog‘i lozim.

3. Har bir dars, albatta, turmush bilan, amaliyot bilan bog‘langan bo‘lmog‘i lozim. Bunda ayniqsa:

a) matematika, fizika, kimyo, biologiya, geometriya va boshqa fanlarning ilmiy asoslari, uni turmushda, ishlab chiqarish amaliyotida qo‘llashi;

b) sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanishida fanning tutgan o‘rni kabilar nazarda tutilishi lozim.

4. Har bir dars xilma-xil metod, texnologiya va vositalardan keng va unumli foydalangan holda olib borilishi lozim.

5. O‘qituvchining ham, o‘quvchining ham barcha faoliyat turlari dars rejasida yoki texnologik xaritada o‘z ifodasini to‘la topishi kerak. Bunda, ayniqsa, o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini, shuningdek, uning kompetentlik darajasini aniqlash ham ko‘zda tutilgan bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

6. Darsga ajratilgan har bir soatni tejab undan samarali foydalanish lozim.

7. Har bir dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyati birlashgandagina qo‘yilgan maqsadga erishish mumkin. Buning uchun:

a) o‘qituvchi darsga puxta tayyorlanishi;

b) shu dars davomida ishlatiladigan ko‘rgazmali o‘quv materiallarini to‘g‘ri tanlashi va ishlatishi;

d) sinf jamoasi va har qaysi o‘quvchi bilan munosib muomalada bo‘lishi;

e) sinf faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni to‘g‘ri belgilashi, ayniqsa, o‘quvchilarning mustaqil fikr yuritishlarini, ularning diqqatini jalb qilish va ma’lum topshiriqlarni kitob bilan ishlash, tajriba o‘tkazish va yozma grafik ishlarni bajarish;

f) dars soatidan unumli va samarali foydalanish nazarda tutilmog‘i lozim.

8. Darsda o‘quvchilarning qunt bilan ishlashlarini ta’minlaydigan mustahkam intizom o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

9. Har bir dars o‘quvchilarning mustaqilligini oshirishga qaratilmog‘i lozim:

a) o‘quvchilarni mustaqil ishga o‘rgatish ta’lim jarayonining hamma zvenolarida olib borilishi zarur. Darsda, ayniqsa, o‘quvchilarning yangi material yuzasidan mustaqil fikr yuritishlari, fakt va hodisalarni taqqoslab ko‘rib, xulosalar chiqarish va unumlashtira olishlarini;

b) o‘rganilgan materiallarni ilgari o‘tilgan o‘quv materiallari bilan bog‘lay olishlarini;

d) darsda o‘quvchilarning mustaqil holda og‘zaki, yozma va grafik ishlar olib borishlarini;

e) o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni turmushda qo‘llay olishlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi lozim.

10. Dars mashg‘ulotlarida har qaysi o‘quvchining individual – alohida xususiyatlari hisobga olinadi.

Bir soatlik darsga mo‘ljallangan dastur materiallarning mazmunini bayon qilish, didaktik maqsad va talablarga muvofiq tarzda tashkil qilingan mashg‘ulot turi dars tipi deb yuritiladi. O‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishda mashg‘ulotning asosiy qismini ishg‘ol qilgan ta’lim shakli u yoki bu dars tipini tashkil qiladi. Darsning tiplari quyidagilar:

1. Yangi bilim beruvchi va bilimlarni dastlabki mustahkamlovchi dars.

2. Bilimlarni umumlashtiruvchi – takrorlash darsi.

3. Ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi mustahkamlovchi dars.

4. Bilimlarni tekshirish-nazorat darsi.

5. Aralashgan dars.

6. Ekskursiya darsi.

7. O‘quv ustaxo‘zbek lari va maktab tajriba yer maydonida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar.




Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish