KO‘RSATMALI O‘QUV QUROLLARI – o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida foydalaniladigan didaktik vositalar. Didaktikaning eng muhim tamoyillaridan biri uning ko‘rsatmaliligidir. K.o‘.q. o‘quvchilarga o‘rgatilayotgan mavzuni o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Ta’limning ko‘rsatmaliligi bilish nazariyasining tabiatidan kelib chiqadi. O‘quvchi, ayniqsa, quyiroq sinflarda bilishning hissiy bosqichida bo‘lishadi, yahni sezgi muchalariga bevosita ta’sir etgan narsa-hodisalarni yaxshiroq idrok etishadi. SHu boisdan ham darslarda ko‘rsatmali quroldan foydalanish joiz.
KO‘RGAZMALILIK – har bir darsning mazmun-mohiyatini turli xil tasviriy rasmlar, jadvallar va boshqa vositalar orqali jonlantirib, qayta yodga solish.
Do'stlaringiz bilan baham: |