KO‘CHIRMA, k o n s p ye k t (lotincha cons’ectus – ko‘rish, nazar solish; ko‘rinish so‘zlaridan) – biror matn (nutq, mahruza, asar va boshqa) mazmunining qisqacha yozma bayoni. Bunda kishi o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, matnning lozim qismini shartli qisqartmalardan foydalanib ko‘chirishi ham mumkin. K. – o‘quvchilar aqliy taraqqiyotini faollashtirishning samarali usullaridan biri. Maktab o‘quvchilari va talabalar K. olish jarayonida o‘qilgan yoki eshitilganlarning muhimlarini nomuhimidan ajratishni, eng zarur o‘rinlarni anglanarli tarzda, o‘zaro bog‘liq yo‘sinda qayd etishni o‘rganishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |