KIRISH MASHG‘ULOTI – umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan har bir fan yoki ular doirasiga kiruvchi nazariy kurslarni boshlash paytida tashkil etiladigan dars turi. Bu kabi mashg‘ulotlarda o‘quv predmetining umumiy fanlar orasidagi yoki kursning shu fan doirasidagi o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlari, predmeti, ilmiy-tadqiqot metodlari, boshqa fanlar bilan aloqasi ko‘rsatiladi.
KITOBXON – umuman, kitob o‘qiydigan kishi, o‘qirman ham deyiladi. K. muntazam ravishda badiiy asar o‘qishi bilan badiiy adabiyotning rivojlanishiga turtki beradigan shaxs. Har bir shaxsning intellektual va ma’naviy-madaniy darajasi uning K.ligiga bog‘liqdir. Chunki insoniyat rivoji va takomili uchun hozirgacha ham K.likdan ko‘ra kuchlirok tahsir ko‘rsatadi vosita o‘ylab topilgan emas. Yoshlarni K.larga aylantirish jamiyatni taraqqiy ettirish va tahlim-tarbiya tizimi oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishning birinchi shartdir. Shuning uchun ham jamiyat hayotining barcha bo‘ғinlarida har bir ota-o‘zbek , pedagog, faol fuqaro jamiyat ahzolarining K.lik darajasini ko‘tarishga harakat qilishi lozim.
KITOBXONLAR ANJUMANI – kitobxonlarni o‘qilgan badiiy va ilmiy ommabop asarlar yuzasidan mustaqil fikr yuritishga, erkin mulohaza bildirishga undaydigan, ularni o‘z estetik qarashlariga ega faol kishilar darajasiga ko‘tarish maqsadida amalga oshiriladigan ma’rifiy tadbir.
KICHIK TEXNOLOGIYALAR – o‘quv-tarbiya jarayonining alohida qismi.
KLASTER (inglizcha cluster — yig‘ish, to‘plash, jamlash) – ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan turli metodlarni yago‘zbek maqsadga yo‘naltirish, bir dars mavzusini bayon etishda ulardan kompleks tarzda foydalanish usuli.
KOGNITIV TA’LIM – psixologik tadqiqot sohalaridan hamda pedagogikaning yo‘nalishlaridan biri. K.t.ning asosiy maqsadi sifatida individning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanadi. O‘quvchining yangi bilimlarni o‘zlashtirishga moslashish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan ta’limiy strategiyalar majmuiga asoslangan o‘qitish.
KOLLOKVIUM (lotincha colloquium — suhbat, muloqot) – o‘qituvchining o‘quvchilar shaxsi yo‘nalganligi bilan tanishish, yoshlarning fan, adabiyot, sanhat va boshqalarga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash maqsadida o‘tkazgan suhbati. Shuningdek, ilmiy mavzular muhokama qilinadigan ilmiy yig‘ilishlarni ham K. deb atash mumkin.
KRITERIY - (yunoncha kriterion – mulohaza vositasi) – uning asosida bir nimani baholash, aniqlash yoki klassifikatsiyasi o‘tkaziladigan xususiyat; baholash o‘lchovi.
Do'stlaringiz bilan baham: |