O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi fanidan ma’ruza (VI semester 4-kurs) Individuallik



Download 1,12 Mb.
bet50/111
Sana18.04.2022
Hajmi1,12 Mb.
#561052
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   111
Bog'liq
O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi

Vatan – millat beshigi
Men, Imomova Mahliyo, 1992 yil 22 iyul kuni O‘zbekiston atalmish buyuk davlatning, Buxoro deya nom olgan qadim shaharning azim tumanlaridan birida dunyoga kelganman. Men tug‘ilgan o‘lka o‘zining ko‘rkamligi, tinch-osudaligi bilan butun dunyoga mashhurdir. Men ilk bora shu o‘lkada vatan, o‘zbek mehrini his qilganman.
Vatan! Bu so‘zni eshitishimiz bilan qalbimizda o‘zgacha bir his-hayajon uyg‘onib ketadi. Vatan osto‘zbek dan boshlanadi.
Vatan biz tug‘ilib o‘sgan, kindik qonimiz to‘kilgan, ota-bobolarimiz yashab o‘tgan muqaddas go‘shadir. Bu dunyoda har bir inson bor ekanki, vatan tushunchasini o‘ziga xos tarzda talqin qiladi.
Bizning buyuk vatanimiz O‘zbekiston 1991 yil 31-avgust kuni o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritdi. Bu kun tarix zarvaraqlaridan o‘zining munosib o‘rnini egalladi. Shu kundan boshlab dunyo xaritasida O‘zbekiston deb atalgan yangi davlat paydo bo‘ldi. Bu kundan boshlab xalqimiz hayotida kutilmagan kunlar boshlanib ketdi. Necha yillardan buyon yetisha olmayotgan orzular asta-sekin o‘z ro‘yobini topa boshladi. Bu kun xalqimiz qalbida bir umrga muhrlanib qoldi.
Hammamizga juda yaxshi ma’lumki, xalqimiz mustaqillikkacha bo‘lgan davrda o‘z boshidan og‘ir sinovlarni kechirdi. Ozodlik deb ne-ne buyuk ajdodlarimiz bevaqt hayotdan ko‘z yumdilar. Ularning astoydil mehnatlari bilan, qolaversa, Prezidenti Islom Karimovning kuchli siyosatlari tufayli, bugun O‘zbekiston buyuk davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallagan. O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach ham siyosiy, ham iqtisodiy sohalarda ildam qadam tashlay boshladi.
O‘zbekistonimiz mustaqillikning ilk kunlaridayoq, o‘z ramzlariga, milliy armiyasiga, pul birligiga erishdi. Asta-sekin biz yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochila boshladi. Mamlakatimizning turli burchaklarida o‘rta maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, oliy o‘quv yurtlari barpo etila boshlandi. Ularda yoshlarning yaxshi ta’lim olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Qolaversa, yoshlar chet ellarda malaka oshirish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar. Albatta, bularning hammasi, eng buyuk ne’mat bo‘lgan mustaqillik tufaylidir.
Har bir xalqning insoniyat tarixida o‘ziga xos, noyob va betakror o‘rni bor. Shu jumladan, O‘zbekistonning ham o‘rni beqiyos. Lekin, xalqning buyukligi faqat noyoblik, betakrorlik kabi xususiyatlar bilan belgilanmaydi. Davlat yoki millatning buyukligi uning insoniyat ilm-fani, adabiyoti, san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy salohiyati va imkoniyatlari bilan belgilanadi. Xalqimizning kelajak tayanadigan o‘tmishi, ko‘p ming yillik tarixi bor. Kelajak avlod faxrlanadigan buyuk ajdodlarimiz bor. Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ajdodlarimiz asos solgan buyuk davlatchilik an’analari mavjud. Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Farobiy, Beruniy, ibn Sino, Alisher Navoiy, Imom Buxoriy, Najmiddin Kubro kabi allomalarimizning ulkan merosi bor. Bu merossiz dunyo ilm-fani, ma’rifati, insonning ma’naviy ruhiy izlanishlarini, umuman olganda jahon madaniyati rivojini tasavvur qilish qiyin.
Mustaqillik tufayli O‘zbeksiton o‘z erki va ozodligiga erishdi. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat degan shior mana shu ozodlikka va buyuk kelajakka intilishimiz teran tarixiy ildizlarga egaligiga ishora va uni anglab yetish, ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashdan dalolat beradi.
Bahrayn suvlariga chaydim yuzimni,
Nasimlar esdilar iliq arabiy.
Bir osmon to‘ldirib keldi ko‘ksimni,
Vatan qolar ekan, vatan abadiy.
Ne zotlar o‘tdilar vatandan ayro,
Sog‘inchi savdoyu, sevinchi sahro.
Bir osmon to‘ldirib keldi ko‘ksini,
Vatan qolar ekan, vatan abadiy.
Bobo qirlardagi bir xas yo tikan,
Shu ham kimlargadir zo‘r armon ekan,
Ko‘p ekan, zar topib, zor bo‘lib yurgan,
Vatan qolar ekan, vatan abadiy.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek Vatanni har kim o‘zgacha talqin qiladi. Qadimda ota-bobolarimiz o‘z vatanlarini ko‘z qorachig‘laridek asrab, hatto vatan uchun o‘zlarining jonlarini ham fido qilganlar. Vatanni muqaddas bilib, uning ozodligi yo‘lida kecha-kunduz harakat qilganlar. Biz mustaqillik yillarida ularning ko‘rsatgan jasoratlari, qilgan ezgu ishlarini yuqori baholab, kerak bo‘lsa ulardan ham ko‘proq vatanimiz uchun qayg‘urishimiz zarur.
Vatan – o‘zbek kabi muqaddas. Shu so‘z zamirida juda katta ma’no yotibdi. Biz o‘z o‘zbek mizni qanchalik muqaddas va aziz bilsak vatanimizni ham shunchalik qadrlashimiz zarur. Inson hech qachon o‘z vatanidan yiroqda yashay olmaydi. Yashaganda ham bir umr o‘zbek Vatan sog‘inchi uni hech qachon tark etmaydi. Xalqimizda shunday naql bor. “O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l”. O‘z vataniga xiyo‘zbek t qilgan xiyo‘zbek tkor insonlar bir kun qattiq afsus chekadilar. Buyuk bobokalonimiz Z.M.Bobur ma’lum sabablarga ko‘ra o‘zga yurtlarda yashashga majbur bo’ladilar. Ular o‘z vatanlaridan yiroqda yashasalar-da bir kun ham o‘z vatanlarini unutmaydilar. Doimo Vatan sog‘inchi bilan yashaydilar. Ular Vatandan ayro juda og‘ir kunlarni boshlaridan kechirganlar. Ular qalblaridan o‘z Vatanlari yodini bir kun ham chiqarmaganlar va bir umr Vatanga qaytish umidi ularni tark etmagan. Bunday yomon kunlar hech bir insonning boshiga tushmasin deya niyatlar qilamiz.
O‘zbekiston – muqaddas vatan. Biz mana shunday buyuk va betakror Vatan bag‘rida kamol topayotganimizdan doimo faxrlanamiz lozim. Biz ham kelajakda shunday inson bo‘lishimiz kerakki, bizday yoshlar tufayli mamlakatimiz bundanda yuksak cho‘qqilarni zabt etsin. Shu jihatdan foydalanib men ham kelajakda a’lo o‘qib, Vatanim uchun nafi tegadigan inson bo‘lishga harakat qilaman. Oliy o‘quv yurtini tugatib, o‘zimning tumanimdagi maktablarda yosh avlodga qo‘limdan kelguncha ta’lim-tarbiya berib, Vatanimga kerakli kadrlar tayyorlashga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman.
Men shu niyatimga erishib, xalqim, Vatanim uchun sodiq farzand bo‘laman. Kimyo sohasida yangiliklar yaratib, Vatanim nomini bundanda yuksak cho‘qqilarga olib chiqaman. O‘ylaymanki, shu niyatlarim o‘z ro‘yobini topadi.
Vatan mening qalbimda doimo muhrlanib qoladi.
Vatanlar shodasi ichra durdo‘zbek ,
O‘zingsan dunyoda tanho yago‘zbek ,
Qoshingda bir umr bo‘lib parvo‘zbek ,
Vatanim, koringga yarasam, deyman.
Qismat tashlamasin sendan yiroqqa,
Yurak dosh berolmas bunday firoqqa,
Go‘dakdek talpinib o‘zbek quchoqqa,
Yo‘g‘ingu boringga yarasam, deyman.
2. Unga epigraf tanlang. Inshoning rejasini tuzing.
4. Inshoning xulosa qisimni o‘z tasavvurlaringiz asosida yangidan yozing.
5. Yuqoridagi ikki inshoni o‘zaro qiyoslang. Ularga ixcham taqriz yozing.

III.
1. “Farhod obraziga tavsif” mavzusi uchun tuzilgan insho rejalari bilan tanishing.Ularning yutuq va kamchiliklari haqida o‘z fikringizni bildiring:



Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish