Kotib (ar. Xat ) yozuvchi, kitob ko’chiruvchi degan ma’nolarni anglatadi. Ro’yxat tuzish, qo’lyozmalarni ko’chirish bilan shug’ullanadigan shaxs, mirza.
Noshir (ar. –tarqatuvchi, nashr etuvchi) nashr etuvchi, chop qiluvchi, chiqaruvchi.
Yig’ma –qiyosiy matn imkoniyat darajasida qo’lga kiritilgan matnlarni o’zaro qiyoslash natijasida tuzilgan muallif matning nisbatan to’liq variantidir. Yig’ma-qiyosiy matn asar nusxalari kam yoki ishonchli qadimiy qo’lyozma nusxalar mavjud bo’lmagan taqdirda amalga oshiriladi.Alisher Navoiy asarlarini kitobat qilgan kotiblar xususida adabiyotshunos SH. Sirojiddinov quyidagi fikrlarni bildiradi: “Xattot va kotiblar Navoiy asarlarini ko‘chirishda, bir tomondan, xattotlik mahoratini orttirsalar, ikkinchi tomondan, ko‘chirish jarayonida Navoiy so‘zi qudratining naqadar kuchli ekanligiga imon keltira boshlaganlar va maftunkor she’riyat sehri ularni batamom o‘z og‘ushiga olgan. Ko‘pchilik xattotlar Navoiyning biror-bir asarini ko‘chirib bo‘lishgach, o‘sha asar ruhi ta’siridan chiqolmay, o‘z taassurotlarini kitob oxirida qayd etib ketishgan.
ADABIYOTLAR
1. HakimovM. Alisher Navoiy asarlarini ko‘chirgan xattotlar. – T.: Fan, 1991. – B.39.
2. ErkinovA.S., PolvonovN.T, AminovH. A. MuhammadRahimxon II – Feruzkutubxonasifehristi. – T. : YAngiasravlodi, 2010. – B.9–10.
3. Qarang: Erkinov A.S., Polvonov N.T., Aminov H. A. Muhammad Rahimxon II – Feruz kutubxonasi fehristi. – T. :YAngi asr avlodi, 2010. – B.38.
4. Qarang: Mahmudova R. O‘zbekistondagi toshbosma matbaalarda Navoiy asarlarining nashr etilishi tarixidan // Adabiymeros, 1968, –№1. – B.99.
5. Qarang: Murodov A. O‘rta Osiyo xattotlik san’ati tarixidan. – T.: Fan, 1971. – B.4.
7-AMALIY MASHG‘ULOT
MATN TARIXI, TADQIQ USULLARI
Reja:
1. Matn tarixi haqida.
2.Matnni o'rganishda matn tarixining ahamiyati.
3. Matnni tadqiq qilish usullari.
Boy tarixni o'rganish va o'rgatish deganda, faqat yozma manbalarda mavjud ma’lumotlar to'g'risidagi bilim va tushunchalarni shunchaki mexanik tarzda talaba va bakalavrlarga yetkazish emas, balki an’naviy va zamonaviy pedagogik usullarning eng qulay va samarali vositalaridan foydalangan holda, ularda manbalar to'g'risida tushuncha, bilim va ulardan foydalanish malakasini hosil qilish bilan biiga, tariximiz to'g'risida mustaqil fikr yuritishga o'rgatishni ham tushunamiz. Matnshunoslikning asosiy uslubiy prinsipi matn tarixini kompleks ravishda o’rganishdir.Bunda matndagi davr ruhi izlari,maqsadli ravishda yoki tasodifiy kiritilgan o’zgarishlar ham keyingi davrlarda yuz bergan nashriy soxtaliklar ham nazardan qochirilmaydi.Shu jarayonda matnshunoslik tarixiy-adabiy ,siyosiy-jug’rofiy va maishiy xarakterdagi turli masalalarni ham o’rganadi. Shundan kelib chiqib matnshunoslik barcha ilmiy sohalar obyektiga daxldor deyish mumkin. Adabiyot tarixi o’rganadigan b archa masalalar matnshunoslikda hisobga olinadi, biroq uning vazifasi aniq. U matn taqdirini yoritadi,matndagi o’zgarish xususiyatlari, sabablar bosqichlarini oydinlashtiradi. Matn tarixi muayyan matn haqidagi barcha ma’lumotlar yig’indisidir. U asarning shakl va mazmun haqida aniq tasavvur beradi, matnga oid bilvosita va bevosita ma’lumotlarning barchasini qamrab oladi . Matn tarixini o’rganishda tarixiy yoki adabiy yodgorliklarning yaratilgan va ko’chirilgan davrini aniqlash, manba nusxalari ko’p bo’lsa , ularning o’zaro bog’liqligini o’rgasnish muhim hisoblanadi. Matn tarixini o’rganish qo’lyozma nusxaning mavjud nusxalarini o’zaro qiyosiy tekshirishdan boshlanadi. Matnlar to’liq , nuqsonli tuzatilgan yoki tugatilmagan ko’rinishlarda uchraydi.
1. O‘zbek matnshunosligining tadqiq ususllari turlari
2. Matniy tafovutlarni tahlil qilish usuli
3. Asosiy matn tuzish usuli
4. Ko‘chirishdagi xatoliklarni tahlil qilish usuli.
5. Muallif matni xatoliklarini aniqlash usuli.
6. Matnni ongli ravishda o‘zgartirish hollarini tahlil qilish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |