O‘zbek tili va adabiyoti


Foydalanish uchun adabiyotlar



Download 2,2 Mb.
bet46/93
Sana11.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#774606
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   93
Bog'liq
Matnshunoslik majmua to\'liq

Foydalanish uchun adabiyotlar:

        1. Sirojiddinov Sh., Umarova S. O‘zbek matnshunosligi qirralari. – T: Akademnashr, 2015. 17-27-betlar

        2. Sirojiddinov SH. Matnshunoslik saboqlari. – T:. Navoiy universiteti, 2019. 90-119-betlar

6-AMALIY MASHG‘ULOT
Litografik manbalar, fixristlar, kotib va noshirlar, yig’ma-qiyosiy matnlar
REJA:

  1. Litografiya ishlari haqida

  2. Fixrist haqida umumiy tushuncha

  3. Kotiblik va kotiblar

  4. Noshirlar

  5. Yig‘ma-qiyosiy matnlar

Litografiya (tosh bosma) yassi chop etish, ya’ni matn oldindan qog’oz varag’iga bitilgan va tosh shaklga teskari tushirilgan aksdan nusxa ko’chirish usuli. (lito... va ...grafo) — bosma qolip tayyorlash uchun ohaktosh (litografik tosh), rux yoki alyuminiy varaqasidan foydalaniladigan tekis bosma usuli; shu usulda rassomlar tomonidan yaratiladigan grafika asarlari ham litografiya deb ataladi. Bunda yozuv yoki tasvir tosh sirtiga relyefsiz, litografiya tushi yoki qalami bilan tushiriladi. Tasvirning oraliq (probel) elementlariga azot k-ta (toshda) yoki fosfor k-ta (metallda) eritmasi hamda kolloid bilan ishlov beriladi, natijada bular boʻyoq olmaydi. Boʻyoq bilan qoplangan tasvir bevosita qogʻozga koʻchiriladi. Litografiyani 1798-yilda germaniyalik A. Zenefelder kashf qilgan. Shundan soʻng 1806-yilda Myunxenda, 1816-yilda Parijda, 1822-yilda Londonda dastlabki litografiya ustaxonalari tashkil qilingan. 20-asrning 30-yillaridan boshlab litografiya oʻrnini ofset bosma egallay boshladi
Toshbosma nusxalar tayyorlanishida kotibning matn mazmunini qay daraja tushunishi, muallif g‘oyasini idrok etishi muhimdir. Jumladan, 1323/1905 yili Toshkentda Porsev matbaasida tayyorlangan “Xamsa” asari toshbosma nashri matni Abdummanof Hoji tomonidan ko‘chirilgan. A. Murodovning bergan ma’lumotlariga ko‘ra bu kotibning asli to‘la ismi Abdumannof Abdulvahhob o‘g‘li bo‘lib, xalq o‘rtasida Qori Abdumannof, Abdumannof Hoji nomlari bilan ham mashhur bo‘lgan.
Hindistonda litografik usulda kitob nashr etish ishlarining rivojlanishi Sharq qo‘lyozma nashrlarining keng tarqalishiga olib keldi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida O‘rta Osiyo va Hindiston o‘rtasida savdo aloqalari jonlanib, O‘zbekiston hududiga ko‘plab Sharq adiblari va tarixchilari asarlarining litografik nashrlari kirib keldi. Qo‘lyozma asarlarning bunday qulay ko‘paytirish imkoniyati O‘zbekistonda ham litografik nashriyotlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Otajon Abdullaev tomonidan Xivada 1880 yilda Xiva xoni rahnamoligida ochilgan litografiyada Navoiyning “Xamsa”si nashr etildi. Shu davrda Toshkentda S.Laktin bosmaxonasi ishga tushdi. 1893 yilda O.Porsev nashriyoti, 1896 yilda O. Breydenbax va V.Ilin nashriyoti tashkil etilib, arab, fors, o‘zbek tillarida turli badiiy va tarixiy asarlar chop etila boshladi. 1907 yilda Toshkentda Ko‘kcha dahasining Chaqichmon mahallasida ochilgan Mulla G‘ulom Hasan maxsum Orifjon o‘g‘li bosmaxonasi, ayniqsa, o‘zbek matbaachiligi tarixida o‘zining mahsuldorligi bilan alohida o‘rin tutadi. Ushbu bosmaxonada o‘sha davrning mashhur xattot, rassom va bosmaxona ustalari jamlangan edi. Ular tomonidan xalq ehtiyojidan kelib chiqib, “Ustodi avval”, “Adibul-avval”, “Haftiyak” kabi darsliklar, Hind xalqining falsafiy-didaktik asari ”Kalila va Dimna” tarjimasi, Firdavsiy “Shohnoma”sining tarjimasi,So‘fi Olloyor , Bedil, Navoiy asarlari bilan birga zamonaviy shoirlarning bayozlari va turli tazkiralari chop etilgan. 
Odatda birorta qo’lyozma fondi yoki boy kutubxonalarda qo’lyozmalarni tavsiflash ishlari amalga oshirilsa, bu tavsiflar albatta kitob shaklida nashr etilishi ko’zda tutiladi va bunday kitoblar nomi qanday bo’lishidan qat’iy nazar fixrist (katolog) deb ataladi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish