O‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasikafedrasi


Notanish so‘zlar lug‘atini tuzish topshiriq qilib beriladi



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/31
Sana21.11.2022
Hajmi1,28 Mb.
#869545
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Bog'liq
xolyorov diplom ishi

Notanish so‘zlar lug‘atini tuzish topshiriq qilib beriladi
• Tavoze-kamtarlik
• La’l-u yoqut- dur-gavhar
• Zamir - ko‘ngil 
• Mufarrih – shodlik 
• Hayotafzo - hayotni yashnatuvchi 
• Guharposh - gavhar sochuvchi 
• Hadaf -nishon
• Chobuk - sho‘x ,o‘ynoqi,go‘zal; mergan 
• Xasm – dusliman 
• Burqa - yuz pardasi, hijob
• Pinhon - yashirin
• Tag‘ofil-beparvolik
• Fosh - oshkor
• Qallosh - kambag‘al, bechora 
• Ag‘niyo - boy-badavlat
• Riyovu kizb ahli - riyokor va yolg‘onchilar
Baytlar mazmunini sharhlashga alohida e’tibor qaratiladi
• 1-bayt: Yuzingni och. quyosh senga fido bo‘lib, boshingdan aylansin. Yangi oy 
yuz tavoze ko‘rguzib qoshingdan aylansin. Shoir yor yuzining yorug‘ligi 
(go‘zalligi) quyoshdan ham ortiq ekanligini va uning oldida quyosh fido bo‘lishini, 
yangi oy ham yor qoshining nozik va egikligi jihatidan past darajada bo‘lganligi 
uchun unga ta’zim qiladi.(husni ta’lil)
♦ 2-bayt: El ko‘nglini la’l, yoqut kabi qimmatbaho toshlar xursand qiladigan 
bo‘lsa, hayot bag‘ishlovchi gavhar sochuvchi ikki la’lingdan aylansun. (istiora - 2 
la’l)


39 
♦ 3-bayt: Ey sho‘x go‘zal, jon-u tanimni nishon qilib o‘q-u tosh otsang, biri 
o‘qingdan biri toshingdan aylansun. Laf-nashr jon-o‘q, tanatosh
♦ 4-bayt: Raqib garchi men uchun dushman bo‘lsa-da, agar uni yo‘ldosh qilsang, 
senga jonim fido bo‘lsin, jismim yo‘ldoshingdan (raqibdan) aylansun
♦ 5-bayt: Yoshing o‘n sakkizga yetdi, yuzingdan pardani ol, o‘n sakkiz ming olam 
o‘n sakkiz yoshingdan aylansin.
♦ 6-bayt: Ko‘zing uchidan yashirin boqib, beparvoligingni fosh qilding, bor-u 
yo‘g‘im o‘sha oshkor va yashirinligingdan aylansin.
♦ 7-bayt: Qancha bechora bo‘lsam ham boylar oldida bosh egmayman, ular 
himmat bilan mening faqirligimdan aylansin.
♦ 8-bayt: Ey saxiy, non va osh bermoqchi bo‘lsang, sadoqat ahliga bergin, riyokor 
va kizb ahli osh-u nonigndan aylanib o‘tsin.
♦ 9-bayt: Ogahiy, oh va yoshing yorning ko‘ngliga ta’sir qildi, shekilli, butun jon-u 
jahonim oh va yoshingdan aylansin.
Badiiy san’atlarini aniqlash baytlar tahlili orqali olib boriladi
■ 1-bayt: Tashxis- quyosh boshingdan aylansin, oy qoshingdan aylansin; tanosib - 
yuz, bosh, qosh; quyosh, oy
■ 2-bayt: Istiora - ikki la’li guharposh
■ 3-bayt:Tanosub - o‘q-u tosh, chobuk, tan, jon; laf va nashr
■ 4-bayt: Tazod - yo‘ldosh - xasm, tashxis
■ 5 -b a y t:Takrir-o ‘n sakkiz
■ 6-bayt: Tazod - pinhon - fosh
■ 7-bayt: Tazod va tard i aks - qallosh - ag‘niyo
■ 8-bayt: Istiora va tazod - sidq ahli va kizb ahli Nido - ey saxiy
■ 9-bayt:Takrir - oh va yosh; istiora - oy
Janr xususiyatlari aniqlash
■ Ja n ri: g ‘azal


40 
Mavzusiga ko‘ra: oshiqona
♦ Qofiyalanishi: a-a, b-a, v-a, g-a 
■ Qofiyadosh so‘zlar, ya’ni misradagi ohangdosh so‘zlar yig‘indisi: boshingdin, 
qoshingdin, yo‘ldoshingdin, yoshingdan, foshingdan, oshingdin, guharposhingdin, 
toshingdin, qalloshingdin,radif: “aylansun” so‘zi.
Janr xususiyatlarini aniqlash
• Qofiya turi: murdaf (radifli) qofiya, ya’ni raviydan oldin kelgan tovush cho‘ziq 
unli bo‘ganligi uchun.
•Raviy, ya ‘ni qofiyani tashkil etuvchi tovush: 
“sh”
• Radif, ya’ni misra so‘nggida qofiyadan keyin aynan takrorlanuvchiso‘z: 
“aylansun” so‘zi. 
Bilimlarnifaollashtirishuchunsavollar 
1. G‘azal shakliga mansub asarlaming misralari qay tarzda qofiyalanadi?
2. Ruboiy vag‘azal janrini bir-biridan farqlovchi asosiy xususiyatlarini ayting?
3. She’riyatimizda barcha misralari qofiyalangan g‘azallar ham uchiaydimi? Ular 
qanday nomlanadi? 
4.Hozirgi zamon she’riyatida ham g‘azalchilik va ruboiynavislik an’analari davom 
ettirilganmi? Kimlar bu sohada ijod etishmoqda? 
1-matn 
Ko‘rgali husningni zom mubtalo bo‘ldum sango, N e balolig‘ kun edikim, 
oshno bo‘ldum sango. Har necha dedimki, kun-kundan uzay sendin ko‘ngul, Vahki, 
kun-kundin batarroq mubtalo bo‘ldum sango. 
Alisher Navoiy 2-matn 
Ko‘zum 
uchadir, magarki yorim keladur, Es har dam ozar, magar nigorim keladur. Yo 
bodiyat firoq sayrida qilib, Yuz marhala qaf shahsuvorim keladur. 
Alisher Navoiy 
Yuqorida keltirilgan lirik asarni janr xususiyatiga ko‘ra farqini aniqlang.
1. G ‘azal haqida nimalami bilasiz?
2. Ruboiyning qofiyalanishidagi o‘ziga xoslik to‘g‘risida fikr bildiring.
3.G‘azalchilikda kimlar shuhrat qozongan?

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish