32
Jomi Jam ichra Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga.
Oxirgi bayt – maqta she’rning o‘ziga xos yakuni sifatida maydonga chiqadi. Shunga
ko‘ra u barcha baytlardagi fikr oqimini davom ham ettiradi,
ayni paytda ularning
mantiquy poyonini ham ko‘rsatadi.
G‘ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo‘ldum sanga.
1. Tasavvur qiling, siz akademik litseylarning ikkinchi bosqichida shu g‘azalni
tahlil etmoqchisiz. O‘quvchilaringizga qanday savollarni bergan bo‘lar edingiz?
Shunday savollardan 10 tasini yozma ravishda ko‘rsating. Akademik litseylarda va
kasb – hunar kollejlarida Navoiyning bir qator ruboiy, g‘azal va qit’alarini o‘rganish
asosida o‘quvchilarning klassik she’riyat,
lirik qahramon, lirik kechinma, lirik
kayfiyat haqidagi tasavvurlarini kengaytirish va boyitish mumkun bo‘ladi.
O‘quvchilarga she’riy asarni talqin qilishda juda ko‘p yo‘l va usullar borligini,
shoirning niyati ko‘pincha tag ma’nolarda yashiringan bo‘lishini, shunga ko‘ra
she’rning har doim ko‘p ma’nolilik
kasb etishini tushuntirish, ularda manashunga
oid ko‘nikma va malakalrni shakllantirish va rivojlantirish kerak bo‘ladi.
Misol
tariqasida Abdulla Oripovning mashhur she’rini eslatish mumkin:
Bozorga o‘xshaydi aslida dunyo,
Bozorga o‘xshaydi bunda ham ma’ni.
Ikisi ichra ham ko‘rmadim also
Molim yomon degan biror kimsani.
Yoki boshqa bir adibning she’rini ko‘rish mumkin:
Dono o‘ylar ko‘rib nodonni,
Tabiatdan umr – bir ehson,
33
Insonmi shu g‘animat onni –
Qadrlamay sovurgan inson?
Nodon o‘ylar ko‘rib dononi,
Tabiatdan umr – bir ehson,
Insonmi shu g‘animat onni –
Qadrlamay sovurgan inson?
Mumtoz she’rlarning shakliy tuzilishi bir-biriga o‘xshaydi.Bo‘lajak pedagoglar ana
shu o‘xshashliklami farqlashga o‘rganishlari kerak.Bu talabalar amalda qo‘llash
orqali egallaydi. She’rlaming janr xususiyatlarini farqlash talab etiladi.Yana bir
usulga diqqatimizni qarataylik
l-topshiriq.
1. Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatda kishi.
Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh,
G‘urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.
2. Yo rab ul shahd-u shakar yo labmudur,
Yo magar shahd-u shakar yolabmudur.
Jonima
payvasta novak otqali
G‘amza o ‘qin qoshig‘a yolabmudur.
Talabalar matnni ifodali o‘qiydilar va har ikki she’rni bir-biridan farqlaydilar.
1-topshiriq: Alisher Navoiyning “Qaro ko‘zum” g‘azalini ovoz chiqarib o‘qing.
Do'stlaringiz bilan baham: