12-mavzu. Hujjat va uning turlari. Hujjatlarning zaruriy qismlari.
Tayanch so‘z va iboralar: hujjat, hujjat turlari, sodda hujjat, murakkab hujjat, farmoyish hujjatlari, tashkiliy hujjatlari, xizmat yozishmalari, hujjatning zaruriy qismlari
SAVOLLAR
Hujjat so’zining ma’nosi nima va unga ta’rif bering
Hujjatlar mazmuniga ko’ra necha turga bo’linadi?
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeyiga ko‘ra hujjatlar turlarini sanang.
Hujjatning zaruriy qismlari qaysilar?
Hujjat – (arabcha “guvohnoma, isbot, dalil”) axborot qayd etilgan hamda uni vaqt va makonda uzatish imkonini beruvchi moddiy obyekt.
Hujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi : sodda v murakkab. Bir axborot doirasigi hujjat sodda, ikki va undan ortiq axborot doirasgi hujjat murakkab hujat deyiladi.
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanadi: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma’lumotsimon- axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari.
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqarish jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi.
Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabilar kiradi.
Farmoyish - bu muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat.
Ko‘rsatma - idoralarda xabarsifat-uslubiy tusdagi masalalar, shuningdek buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muhandis, ularning o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish qog‘oziga bosiladi.
Ma’lumot-axborot hujjatlari. Bu turdagi hujjatlar guruhi anchaginani tashkil qiladi. Bu guruhga kiruvchi hujjatlar, ya‘ni ariza, ma'lumotnoma, tushuntirish xati, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taqdimnoma, guvohnoina, taklifnoma. hisobot, tarjimai hoi, tilxat, bildirishnoma, bayonnoma kabilar ish jarayonida juda keng qo‘llanadi. Ularing har biriga alohida to‘xtab o‘tamiz.
Tarjimayi hol. Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bolishi shart.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tarjimayi hoi).
2. Matn:
1) muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi;
2) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi;
3) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va ota ismi, ish joyi);
4) ma’lumoti va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi;
5) ish faoliyatining turlari;
6) oxirgi ish joyi va lavozimi;
7) mukofot va rag‘batlantirishlar;
8) jamoat ishlarida ishtiroki;
9) oilaviy ahvoli va oila a‘zolari;
10) turar joyi;
3. Sana.
4. lmzo.
Tarjimayi hol oddiy qog‘ozga, ayrim hollarda,ya‘ni ishga, o‘qishga kirishda maxsus bosma ish qog‘ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo‘lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi. Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologiya) asosida beriladi. Tarjimayi hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, ishchanlik mahorati, ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida tasavvurga ega bo‘lsin.
TARJIMAYI HOL
Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), (tug‘ilgan yili, sanasi, joyi) __________________ oilasida tug‘ildim.
(oila a’zolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ish (o‘qish) joyi, lavozimi).
(O‘zining o‘qish, mehnat va jamoatchilik faoliyati uchun olgan mukofotlari).
Bo‘ydoqman [turmushga chiqqanman, ta farzandim bor]
Mening turar joyim:
Sana imzo ismi, familiyasi
|
TESTLAR
Ma’lumot - axborot hujjati Bayonnoma nechta asosiy zaruriy qismdan iborat?
A) 12 ta
B) 8 ta
C) 11 ta
D) 9 ta
2. Hujjatlar tuzilishiga ko‘ra qaysi turlarga bo‘linadi
A) Ichki va tashqi hujjatlar
B) Sodda va murakkab hujjatlar
C) Namunaviy va qolipli hujjatlar
D) Rasmiy va shaxsiy hujjatlar
3. Tashkiliy hujjatlarga qaysi hujjatlar kiradi ?
A) Buyruq, buyruqdan ko'chirma, ko'rsatma, farmoyish
B) Ariza, bayonnoma, bildirishnoma, dalolatnoma
C) Guvohnoma, yozriqnoma, nizom , ustav, shartnoma
D) Adres, taklifnoma , telegramma, xatlar
4.Hujjat matni qanday talablar asosida ko‘riladi ?
A) Xolislik, aniqlik
B) Ixchamlik, lo‘ndalik
C) Mazmuniy to‘liqlik
D) Barcha javoblar to‘g‘ri
5. Ma’lumot-axborot hujjatlaridan Ariza nechta zaruriy qismdan iborat ?
A) 9 ta
B) 11 ta
C) 7 ta
D) 10 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |