Mashq va topshiriqlar.
1-mashq. Quyidagi so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing, so‘ngra ularni rasmiy yoki shaxsiy munosabatni ifodalashiga ko‘ra guruhlang, ular o‘rtasidagi farqni izohlang.
O‘qishga kirmoq, vazifasidan ozod etilmoq, salom yetkazmoq, belgilangan jadvalga muvofiq, ko‘nglini ko‘tarmoq, ko‘rishganimizda aytib bermoq, zimmasiga yuklamoq, «Yoshlar Ittifoqi» yoshlar harakatiga qo‘shilmoq, vaqt topolmaslik, o‘qituvchi bo‘lib ishlamoq, harorat pasayishi oqibatida, xushxabar eshitgandan keyin.
2-mashq. Matnni o‘qing. Ajratilgan so‘zlarning ma’nolarini izohlang, grammatik shakllarning vazifasini tushuntiring. Shaxsiy munosabatlarni ifodalovchi jumlalarni shakllantirgan lisoniy vositalarni aniqlang.
«Umidim yulduzi, orzum chechagi, hayotim tiragi Kumushimga!
Kinoya va achchig‘lar bilan to‘liq bo‘lg‘an maktubingizni oldim. Xatni yozg‘an chog‘ingizda tamom bir o‘t ichida, g‘azab dengizida suzg‘anlig‘ingiz gavdalanib ko‘z o‘ngimdan o‘tdilar. O‘tdilargina emas, hatto menga shunchalik ta’sir etdilarkim, go‘yo malikasining g‘azabiga uchrag‘an qul qay darajada es-hushidan ayrilsa, qilar ishidan, o‘ylar o‘yidan yanglishsa, maning-da hozirgi holim buning yuz daraja yuqorisig‘a yetdi. To‘g‘risi, zahar olud maktubingizga odamlarcha tushina olmadim va tushinishga ham luzum ko‘rmadim, chunki g‘azab ustida aytilgan so‘zlar aqlli kishilarcha loyiqi muhokama va mutolaa bo‘lolmas, gulxandan so‘ng alanga hisobini hech
bir vaqtda olinmas… Siz maning bu xatimni o‘qub, gunohlarimni yarlaqab turgan kezlaringizda, albatta, man Marg‘ilon yo‘lida bo‘lsam kerak. Onangizning o‘qiyturg‘an bayti maning sha’nimga tamoman teskari, chunki ota-ona orzusi hech bir vaqt yangi yorlik vazifasini o‘tay olmas va hamisha boshqalarning orzu-havasi bo‘lib qola berar. Siz o‘zingizni tuproq bilan tenglashtirmakchi bo‘lg‘ansiz, lekin men hozir Kumushka ham qanoatlanmay Oltunbibi deb atamoq fikriga tushdim...
Borlig‘im muhabbatingiz alangasi bilan tutashqani holda zavjingiz Otabek.»
TESTLAR
Bayonnomaning ruscha nomlanishi
A) protokol
B) raspiska
C) povestka
D) akt
2. Mufassal so'zining lug'aviy ma’nosi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
A) uzluksiz, to'xtovsiz
B) mutloq, absolyut
C) qisqa, lo'nda
D) To'liq, batafsil
3. Turli yig’ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlar hamda ular qabul qilgan qarorlarni aniq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat… deyiladi?
A) Farmoyish
B) Qaror
C) Bayonnoma
D) Bildirishnoma
4. Rasmiy uslubga xos xususiyat ?
A) So'z va atamalarni ko'proq qo'llash
B) Buyruq shaklli so'zlarni qo'llash
C) Eskirgan so'zlarni qo'llash
D) Neologizmlarni qo'llash
5. Ma’lumotnomaning rus tilida nomlanishi
A) spravka
B) prikaz
C) raport
D) protokol
Do'stlaringiz bilan baham: |