O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi аrеаl lingvistikа fanidan mаgistrаturа 1-kurs uchun



Download 375 Kb.
bet24/43
Sana01.06.2022
Hajmi375 Kb.
#626803
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Bog'liq
1-КУРС АРЕАЛ Л. ФАНИДАН МАЖМУА

Irradiatsiya hodisasi haqida
Irradiatsiya atamasi lotin tilidan olingan bo’lib, irradiare – “nur taratmoq”, “yog’dulantirmoq” ma’nolarini anglatadi. Termin aslida fizika sohasiga oid bo’lib, areal lingvistikada muayyan til yoki shevaning boshqa areallarga tarqalish hodisasini bildiradi.
Muayyan leksemaning boshqa so’zlar yoki morfemalar bilan o’xshashligi (tovush tarkibining yaqin bo’lib qolishi) sababli yuzga keladigan ma’nosi irradiatsiya hodisasini keltirib chiqaradi. Mana shu ma’noning “nurdek taralishi” irradiatsiya deyiladi.
Ammo til va dialektlar taraqqiyotining qadimiy davri uchun xarakterli bo’lgan ayrim hodisalarni izohlashda yondosh tillar va shevalardan hammavaqt ham material topilavermaydi. Masalan, Namangan guruh shevalari uchun xarakterli bo’lgan “r” undoshining o’zidan keyin kelgan hamma til oldi undoshlariga (tüssunüjjinättişkäkabi) singib ketishi Farg’ona vodiysidagi boshqa shevalarda uchramaydi. Ammo aynan shu hodisaning o’zi O’zbekistonning janub qismida joylashgan Qashqadaryo viloyatidagi shahar tip shevalarida mavjud.
Bu hodisaning innovatiya markazi qaysi ekanligi va uning irradiatsiyasi tarixan qay tomondan qay tomonga yo’nalganligi haligacha o’zining areal lingvistik bahosini olgani yo’q. O’zbek shevalari mukammal areal lingvistik atlasi yaratilganda mana shunga o’xshash ko’pgina muammoli masalalar yechilgan bo’lar edi.
Chunonchi, masofa jihatdan bir-biridan ancha yiroq Toshkent, Qarshi va Shimoliy Afg’oniston o’zbek shevalari uchun xarakterli bo’lgan egalik affiksi va kelasi zamon fe’li formasi -vuz (anavuz, baravuz kabilarni) yondosh turkiy tillarning birontasida uchratmaymiz. Lekin shu affikslar hamma singarmonistik variantlari bilan (oĝluvus – «o’g’limiz», aldivis – «biz oldik», ostuvus – «biz o’sdik» kabi) tuva tilida mavjudligini ko’ramiz.
Shuningdek, boshqa o’zbek shevalarida kamdan-kam uchraydigan o’zbek adabiy tilidagi «ota» so’zining Toshkent shevasidagidek ädä shaklida qo’llanishi ham xuddi shu tuva tilida mavjud. Agar turkiy tillarning areal lingvistik atlasi mavjud bo’lganda edi, bu hodisaning innovatsiya markazi (asl manbayi) va irradiatsiyasi aniqlangan bo’lar edi.
O’zbek adabiy tiliga tayanch bo’lgan shahar shevalarida tushum va qaratqich kelishigi qo’shimchalari bitta formal ko’rsatkichga ega. Ya’ni, tushum qo’shimchasi -ni va uning -di, -ti kabi variantlari bilan talaffuz etiladi. O’zbek adabiy tiliga qaratqich kelishigi qo’shimchasi o’zbek tilining qipchoq va o’g’uz dialektlaridan qabul qilingan. O’zbek qipchoq shevalarida bu forma o’zbek tiliga qo’shni bo’lgan barcha turkiy tillardagidek hamma singarmonistik variantlari bilan barqaror.
O’zbek shahar shevalarida qaratqich kelishigi formasi qanday yo’qolganligini isbotlovchi biron dalil yo’q. Mazkur shevalarda bu forma azaldan bo’lmaganligini isbotlovchi fakt ham mavjud emas. Lekin turkiy tillardan qorachoy-bolqor tilida ham jaşlani anasi – «yoshlarning onasi», maşinalani qiaysїsї jeňil jyuriydyu – mashinalarning qaysisi yengil (tez) yuriydi (у которой из машин большая скорость)» kabi xuddi o’zbek shahar shevalaridagidek qaratqich va tushum kelishigi formalarining faqat bitta formal ko’rsatkich(-ni)ga ega ekanligini ko’ramiz. Bu tasodifiy o’xshashlikmi? Yoki o’zbek shahar shevalari bilan qorachoy-bolqor tilida mazkur hodisa bir xil qonuniyat asosida yuz berganmi? Yoki bo’lmasa bu xususiyat har ikkala tilning ichki rivojlanish qonuniyati asosida paydo bo’lganmi? Agar bu hodisa umumturkiy qonuniyat bo’lsa, uning innovatsiya markazi qayerda va irradiatsiyasi qaysi tomondan qaysi tomonga yo’nalgan?
Shevalarimizdagi shunga o’xshash ko’pgina noaniqliklar boshqa turkiy tillarda mavjud bo’lishi mumkin. Turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy o’rganish va milliy tillar shevalari areal lingvistik atlasini yaratish ana shunday noaniqliklarni bartaraf qilish uchun ochqich bo’lishi shubhasiz. Demak, areal lingvistika materiallari faqat tilning ichki strukturasini tekshirish bilan bog’liq bo’lib qolmasdan, balki u xalqning qadimgi tarixini ham o’zida aks ettiruvchi tilning tashqi tarixi bilan bog’liq ilmiy xulosalarga ham olib kelishi mumkin.

Download 375 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish