O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi аrеаl lingvistikа fanidan mаgistrаturа 1-kurs uchun


-ma’ruza Tillarning o’zaro ta’siri va o’tish zonalari hududining hosil bo’lishi



Download 375 Kb.
bet22/43
Sana01.06.2022
Hajmi375 Kb.
#626803
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Bog'liq
1-КУРС АРЕАЛ Л. ФАНИДАН МАЖМУА

8-ma’ruza
Tillarning o’zaro ta’siri va o’tish zonalari hududining hosil bo’lishi
Reja:
1. Tillarning o’zaro ta’sir zonalari haqida
2. Areal sinonimlar
3. Irradiatsiya hodisasi haqida

Tayanch tushunchalar: lingvistik yoki dialektologik orol, o’tuvchi zonalar, ta’sir zonalari, aralash zona, areallar, fonetik shakllar, grammatik shakllar, areal lingvistik karta, til landshafti, til oroli, o’z qatlam, o’zlashma qatlam, transkripsiya, irradiatsiya, innovatsiya markazi




Tillarning o’zaro ta’sir zonalari haqida
Dialektlar tarixi shu til egasi bo’lgan xalqning tarixi hamdir. Uni o’rganish tarix va tilshunoslik uchun beqiyos ahamiyatga ega.
Areal lingvistika va dialektologiya tarixiy fanlar bilan ham mustahkam bog’liqdir. Hozirgi shevalar materiallari tarixchi uchun ham qimmatli manba hisoblanadi. Qadimda aholi qanday guruhlarga bo’lingan, qayerlarda istiqomat qilgan, qanday madaniy harakatlar bo’lgan, har xil tarixiy davrda shu xalqning turli qismi orasida o’zaro va qo’shni xalqlar bilan qanday aloqalar sodir bo’lgan – shulariing hammasi ma’lum darajada dialektlarda aks etgan bo’ladi. Hamma gap shundaki, dialektal farqlarning territorial tarqalishi shu xalq tomonidan bosib o’tilgan tarixiy yo’lning izi, qoldig’i hisoblanadi.
Dialektizmlar ma’lum areallarda joylashgan qator shevalarga xos so’zlar hamda fonetik va grammatik shakllarni o’z ichiga oladi. Bunday so’z va grammatik formalar, asosan, o’sha arealdagi shevalarga xos xususiyatlar hisoblanadi. Masalan: güriñ (ad. orf. suhbat, Qashqadaryo), käpčä (ad. orf. belkurak, Xorazm, Qashqadaryo), їnäk (ad. orf. sigir, Qashqadaryo) va boshqalar.
O’zbek xalqining o’z tarixida turli xalqlar bilan uzoq davom etgan iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlari tufayli o’zbek shevalariga boshqa (fors-tojik, arab, mo’g’ul, rus) tillaridan anchagina til elementlari o’tib qolgan. Bu elementlar o’sha tillardan kirgan sheva qatlamlarida o’rnashib qoladi. Masalan, javgandum (fors-tojikcha bug’doy bilan arpaning aralashmasi, Qashqadaryo), kälävüsh (fors-tojikcha – do’ppi, Qashqadaryo), sätil (fors-tojikcha – chelak, Samarqand), xoräk (fors-tojikcha – ovqat, Qashqadaryo), käpčä (fors-tojikcha – belkurak, Xorazm, Qashqadaryo), müjärrät (arabcha – balog’atga yetish, Qashqadaryo), ĝulva (arabcha – suv trubasi, Qashqadaryo), ĝunajin (mo’g’ulcha – ikki yoshli sigir, Qashqadaryo), ĝunän (mo’g’ulcha – to’rt yoshli ot, Samarqand, Qashqadaryo), särpinkä (ruscha – chit, gazlama, Qashqadaryo) va boshqalar.
Bu elementlar turli tillarga oid bo’lib, o’zbek adabiy tilida uchramaydi; ammo o’zbek xalqining og’zaki tilida, shevalarda o’z ma’nolari bilan saqlanib qolgan.
Areal lingvistik tadqiqotlarga ko’ra shevalar mahalliy va umumxalq til xususiyatlarining birligidan iborat. Shuning uchun ularni o’rganish mahalliy til xususiyati bilan umumxalq tilining birligi va o’zaro bog’liqligini tadqiq etish demakdir.
Umumxalq tiliga o’xshash dialekt ham o’zining og’zaki va yozma shakliga ega. Uning yozma formasi, asosan, transkripsiya bilan yozib olingan dialektologik va folklor tekstlarida namoyon bo’ladi.



Download 375 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish