O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi аrеаl lingvistikа fanidan mаgistrаturа 1-kurs uchun


MUNDARIJA O‘QUV MATERIALLARI ...........................................................5-42



Download 375 Kb.
bet2/43
Sana01.06.2022
Hajmi375 Kb.
#626803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
1-КУРС АРЕАЛ Л. ФАНИДАН МАЖМУА

MUNDARIJA
O‘QUV MATERIALLARI ...........................................................5-42
MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI ..........................43-44
GLOSSARIY ...............................................................................45-55
ILOVALAR .................................................................................56-77

MAJMUADA QO‘LLANILGAN TRANSKRIPSION BELGILAR






Transkripsion belgilar



Misollar




Unli tovushlar







a

ata (ota), aptavuz (avtobus), čap (chop)




ä

änä (ana), ämmä (amma)




o

orαq (o‘roq), oquvči (o‘quvchi)




ö

ördäk (o‘rdak), öpkä (o‘pka)




u

qul (qul), tumαr (tumor)




ü

Ürgänč (Наманган), tüş (pastga tush)




i

bir (bir), kir (kir), bigiz (bigiz)




ї

qї:z (qiz), dї:z (tizza)




e

ekin (ekin), Eşmät (Eshmat)




Undosh tovushlar







g

gä:mä (kema), gül (gul)




ġ

ġaz (gaz), ġlobus (globus)




ĝ

aĝa (og‘a), čuĝul (chaqimchi)




j

jüjä (jo‘ja), Jümmi (Jummi), Jabbi (Jobbi)




ž

žurnal (jurnal), äždär (ajdar)




ќ

aќsiya (aksiya), ќosmos (kosmos)




k

kök (ko‘k), kečä (kecha), Käşmїr (Kashmir)




q

Qummi (Qummi), qudurmaq (quturmoq)




w

sawun (sovun), awaz (ovoz), äwwäl (avval)




v

väpa (vafo), sävät (savat)




ş

şipa (shifo), şämmä (shamma, quruq choy)




č

čömič (cho‘mich), čürik (chirik)




ň

yaňaliq (sadaqaning bir turi), čoňqir (chuqur)




ñ

badriñ (bodring), gäräñ (garang, kar)



ESLATMA: unlining o‘ta choziqligini ifodalash uchun
undan so‘ng ikki nuqta qo‘yilishi mumkin.


1-ma’ruza.
Kirish. “Areal lingvistika” fanining maqsad va vazifalari

Reja:

1. “Areal lingvistika” faniga kirish
2. “Areal lingvistika” fanining predmeti
3. Fanning maqsad va vazifalari

Tayanch tushunchalar: bilingvizm, lingvo-geografik metod, metokartografik metod, kartografik metod, adstrat, superstrat, substrat, bilingvizm, areal lingvistika


“Areal lingvistika” fani zamonaviy qiyosiy tilshunoslik sohasining asosiy yo’nalishlaridan biri sanaladi. Ushbu soha bugungi kunda ham ilmiy, ham amaliy jihatdan jadal rivojlanib bormoqda. Bu fanni o’rganishni uning tilshunoslik fanlari orasida tutgan o’rni, shuningdek, uning qanday fan ekanligini belgilab olishdan boshlash maqsadga muvofiqdir.


Mazkur yo’nalish qiyosiy tilshunoslikning asosiy tarmoqlaridan bo’lsa ham, bu sohada ancha sezilarli ishlar amalga oshirilayotgan bo’lishiga qaramay, tilshunoslikda “areal lingvistika” tushunchasini qanday talqin qilish borasida aniq bir to’xtamga kelingan emas1. Shuningdek, xuddi ana shu sohaga taalluqli bo’lgan “lingvistik geografiya”(lingvogeografiya) va “arealogiya”, “dialektografiya” terminlari talqini masalasida ham muayyan munozaralar mavjud.
Mantiqan olib qaraganda, mazkur ikki termin ko’p jihatdan bir-biriga mos kelib qoladi. Chunki, “lingvistika” ko’p hollarda “tilshunoslik” deya talqin qilinadi. Bu nuqtayi nazardan olib qaraganda, “areal lingvistika” va “areal tilshunoslik” bir xil ma’no taliqiniga ega bo’lishi mumkin.
Biroq ayrim adabiyotlarda “areal lingvistika”, asosan, dialektologik yo’nalishda ish ko’ruvchi tilshunoslik sohasi, “areal tilshunoslik” esa turli o’lkalarda (mamlakatlar, regionlarda) tilshunoslik fanining taraqqiyoti masalalari bilan shug’ullanuvchi soha sifatida qaraladi.
Bugungi kunda mavjud ilmiy adabiyotlarda “areal lingvistika”ni “hududiy lingvistika” deya talqin qilinayotgan o’rinlar ham mavjud. Unga mos keladigan yana bir yo’nalish “lingvistik geografiya” atamasi ham qo’llaniladi. Mazkur ikki tushuncha ham mazmun va mantiqiylik jihatidan bir-biriga mos kelsa ham, ayrim lingvistik terminlar lug’atida ularni farqli terminlar sifatida qaralaish o’rinlari kuzatiladi.
Jumladan, O.S.Axmanova tomidan tayyorlangan “Lingvistik terminlar lug’atida” “areal lingvistika”ni hududiy tilshunoslik, “lingvistik geografiya” esa “dialektografiya” deya talqin qilinadi.
Biz ushbu kursga asos bo’lgan “areal lingvistika” terminining nomlanishi borasida mulohaza yuritadigan bo’lsak, uning asosida: lotincha “area” – maydon, hudud hamda “lingvistika” – tilshunoslik ma’nosidagi atamalar yotganligini qayd qilishimiz mumkin.
Ko’pgina olimlar (B.A.Serebrennikov, A.V.Desnitskaya) “areal lingvistika” terminidan butunlay voz kechishni va uning o’rnida “lingvistik geografiya” atamasini qo’llashni taklif qiladilar. Bizningcha, bu ikki teminni bir-biridan farqli ravishda qo’llash maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Ular o’zaro yaqin tushunchalar bo’lsa ham, “lingvistik geografiya”ni shevalarni kartalashtirish metodi sifatida, “areal lingvistika”ni esa tillar, dialekt va lahjalarni kengroq o’rganuvchi va tadqiq qiluvchi fan sifatida qaralishini ma’qul deb hisoblaymiz.
Adabiy til va sheva, shevalarimizning tarqalishi, ularni o‘rganishda lingvogeografiya metodidan foydalana olish nuqtayi nazaridan sheva materiallarini tahlil qilishga doir muayyan bilimga ega bo‘lish va ularni amaliyotda tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon bevosita amaliy va ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amaliy jihatdan alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu kurs ana shu muammolar bilan shugullanadi.
Rossiyalik olimlar N.Gurov va A.Zograflarning ta’kidlashicha, “areal tilshunoslik” bevosita bir-biriga ta’sir qilgan, munosabatga kirishgan tillarni, tillararo aloqalarni o’rgansa, “areal lingvistika” nafaqat o’zaro munosabatga kirishgan tillarni, balki sheva va lahjalarni o’rganishni ham qamrab olishi bilan farqlanadi.



Download 375 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish