5-modul. Psixolingvistika
Nutqiy faoliyat tilshunoslik va psixologiyaning o’rganish ob’ekti sifatida. Ikki fan oraligidagi kesishish nuqtasi psixolingvistikaning o’rganish ob’ekti sifatida. Psixolingvistika atamasi xususida. Psixolingvistikaning ildizi — tilshunoslikda anchadan buyon davom etib kelayotgan psixologik yo’nalish haqida. Psixolingvistika XIX asr tilshunosligida hukm surgan psixologik yo’nalishning mantiqiy davomi sifatida. Psixologik yo’nalish tarafdorlari V.fon Gumboldt va uning shogirdi X.Shteyntal qarashlari.
6-modul. Sotsiolingvistika. Etnolingvistika
Til ijtimoiy hodisa sifatida. Tilning jamiyat bilan, jamiyatning hayoti bilan uzviy aloqada ekanligi xususida. Tilning ijtimoiy mohiyati, ijtimoiy vazifasi, tilga sotsial omillarning ta’siri, til taraqqiyotida til siyosatining roli. Tilshunoslikda sotsial yo`nalishning vujudga kelishi. Sotsiolingvistikaning asosiy o’rganish muammolaridan biri tilning sotsial differensiyasi haqida. Sotsiolingvistikada millat va milliy til, til va jamiyat masalalari.
Til bilan shu til egasi bo’lgan xalq uzviy aloqadadir. Xalq tarixidagi har bir voqea, xalqning urf-odatlari, turmush tarzi uning tilida aks etadi. SHuning uchun ham til bilan shu til egasi bo’lgan etnos o’rtasida qanday mustahkam aloqa mavjud bo’lsa, ularni o’rganuvchi tilshunoslik bilan xalq tarixi va etnografiya o’rtasida ham shunday aloqa mavjudligi xususida. Xalq elatlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida ro’y bergan har bir o’zgarish uning tilida ham o’z ifodasini topishi, etnolingvistikaning mustaqil lingvistik yo`nalish sifatida shakllanishi masalalari.
7-modul. Pragmalingvistika. Rragmalingvistik tahlil
Pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqil yo’nalishi sifatida. Pragmatikaning shakllanish tarixi, boshqa tilshunoslik sohalari qatorida tutgan o’rni, uning sohalararo munosabati. Lisoniy muloqot jarayonida ijro etiladigan vazifalarning turli-tumanligi. Lisoniy muloqot inson faoliyatining muhim turi sifatida. Pragmalingvistika lisonning qo’llanishi bilan shug’ullanuvchi, nutqiy vaziyatda (kontekstda) faollashgan til tizimi haqidagi fan, tilni rejalashtirilayotgan maqsad nuqtai nazaridan tadqiq qiluvchi fan, nutq aktlarini tavsiflovchi nazariya, konversatsion (og’zaki nutq) tahlil nazariyasi, shaxslararo munosabatlarni ifodalovchi lisoniy vositalarni o’rganuvchi soha sifatida.
Do'stlaringiz bilan baham: |