O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘zbek tili kafedrasi


Psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 267,41 Kb.
bet15/72
Sana18.02.2022
Hajmi267,41 Kb.
#456963
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72
Bog'liq
2 5382020872917750987

Psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari
Psixolingvistikaga qiziqish bildirgan tilshunoslarning maxsus adabiyotlar bilan tanishish jarayonida o‘ziga xos psixik to‘siqlarga duch kelishi tabiiy holdir. Chunki, muayyan “ilmiy paradigma” doirasida “tarbiyalangan” tilshunosning boshqa “ilmiy paradigma”ga kirishi, yangi terminologiya, tushunchalar, materiallar va noan’anaviy vazifalarni qabul qilishi qiyin kechadi. Shunda tilshunos o‘zi uchun qulay bo‘lgan yondashuvdan kelib chiqqan holda shunday xulosaga keladi: “Psixolingvistika shug‘ullanadigan masalalar juda qiziqarli bo‘lishi mumkin. Lekin bu tilshunoslik emas!”. Bu o‘rinda psixolingvist L.V.Saxarniy tomonidan qayd qilingan zamonaviy nazariy tilshunoslikning quyidagi ziddiyatini keltirish o‘rinli bo‘ladi: “Tilshunos tilni kishilarning aloqa qilishi va fikrlash vositasi ekanligini e’lon qiladi, biroq tilni tadqiq etishda til egalarining umuman keragi bo‘lmaydi. Til strukturasi uni yaratgan, undan foydalanayotgan inson faoliyatidan mustaqil ravishda tasvirlanadi. Boshqacha qilib aytganda, zamonaviy tilshunoslikning ziddiyati shundaki, inson tilini o‘rganayotgan tilshunoslik insonsiz ish ko‘radi”11. O‘z davrida mashhur psixolog, nutq bo‘yicha mutaxassis N.I. Jinkin shunday yozgan edi: “Agar lingvistika va psixologiya aniq tafakkur jarayonini tadqiq etishni rad etsa, ular juda katta yo‘qotishga, ya’ni inson va uning nutqi tushib qolgan yo‘qotishga uchraydi”12. Afsuski, bunday yo‘qotishni tilshunoslik tarixida kuzatish mumkin. Binobarin, XX asrning boshida F. de Sossyur (1857-1913) va uning izdoshlari nutqiy faoliyatni “til” va “nutq”, aniq va mavhum, ijtimoiy va individual hodisalarga ajratganda vaziyat murakkablashgan edi13.
Psixolingvistikaning diqqat markazida inson turadi. Uning eng muhim xususiyati inson omili hisoblanadi. Binobarin, inson nutqni yaratadi va uni idrok qiladi. Psixolingvistika bu omilni nafaqat nutqning, balki eng muhimi – tilning o‘zini ham xarakterini, mohiyatini aniqlaydigan majburiy omil sifatida o‘z modellarining tavsiflari, asos qilib olingan hukmlariga faol tatbiq qiladi. Bunda qandaydir mavhum “umuman odam” emas, balki real harakatdagi xotiraga ega real odamlar, ularning yoshiga oid xususiyatlari, shaxsiy tajribasi, ijtimoiy roli va h.k. nazarda tutiladi.
Psixolingvistika nutqni F. de Sossyur tushunchasidek cheklab o‘rganmaydi. Agar inson omili hisobga olinsa, nutqiy faoliyatdagi til tilshunoslar tasavvuridagidan butunlay boshqacha “g‘aroyib olam” ekanligi ko‘zga tashlanadi. Sossyur va uning izdoshlari tomonidan tuzilgan til modellarida yaxshi “ishlaydigan” til va nutqni farqlash nutqiy faoliyatni psixolingvistik modellashtirishda jiddiy tahrir talab qiladi.
Psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlariga inson omilini kiritish – bu muhim, biroq u nutqiy faoliyatga psixolingvistik yondashuvni tavsiflovchi yagona jihat emas. Modomiki, so‘zlovchi va tinglovchi omili kiritilgan ekan, o‘z-o‘zidan vaziyat omili ham kiritilgan sanaladi. Binobarin, kishi qandaydir vaziyatda gapiradi va eshitadi. Buning ustiga shunchaki qandaydir vaziyatda emas, balki belgilangan, aniqlangan vaziyatda gapiradi va eshitadi. Agar til va nutqni klassik qarama-qarshi qo‘yishda barcha vaziyatlar faqat nutqqa taalluqli, tilga esa vaziyatlardan holi, barqaror tizim sifatida qaralgan bo‘lsa, psixolingvistik yondashuvda murakkab va harakatdagi vaziyat omili inson omilidek nafaqat nutqda, shuningdek, tilda ham mavjud bo‘ladi.
Nihoyat uchinchi jihat psixolingvistik tadqiqot xususiyatini amalda tushunish mumkin bo‘lgan eksperiment omilidir. Umuman, psixolog ham, tilshunos ham psixolingvistikani o‘rganishga jalb qilingan. Har ikkalasi ham sotsiolog hisoblanadi. Shu tomondan ularning masalaga yondashuv usuli ham bir xil bo‘ladi. Barcha sotsiologlar gipotezalarni shakllantirish va sinash bilan shug‘ullanishadi. Boshqa tomondan esa psixologlar o‘z gipotezalarini, asosan, sinchiklab boshqariladigan eksperimentlar orqali tekshirishadi. Tilshunoslar o‘z gipotezalarini “kabinet” usulida tekshirishadi. Ular eksperiment usuliga shubha bilan qarashadi va eksperimental vaziyatlarning keskinligi ba’zan noto‘g‘ri natijalarga olib keladi, deb o‘ylashadi. Boshqacha aytganda, eksperimentlardan “g‘alati” kutilmagan natijalar olinganda, tilshunosda darhol mazkur eksperiment natijalari asosida mavjud til qoliplarida qandaydir tuzatishlar qilish kerak bo‘ladi, degan shubha tug‘iladi. Holbuki, eksperimental natijalar asosida nutqiy faoliyatning yanada kuchli va haqiqiy qoliplarini qurish mumkin bo‘ladi14.

Download 267,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish