30
formasi bo‗lishi mumkin, degan farazni ham keltirib chiqaradi. Turkiy tillar
yodgorliklarida sanochga yaqin ko‗rinishga ega bo‗lgan leksik ma‘no
nuqtai
nazaridan o‗ziga xos o‗zga buyum nomini ifodalovchi chanaq leksik birligi ham
ma‘lum. U yozma yodgorliklarda quyidagicha izohlanadi: ْْكََٕج
chanaq
(janaq) –
yog‗ochdan o‗yib ishlangan tuzluq va shu kabi idishlar (MK, I, 362), ََْٔاض
ْْك
shanaq –
loytovoq (Attuhfa, I, 274),
shanaq
– loy idish (Attuhfa, II, 405), ْْقَإ
َج
chanaq
– idish (Kurishjanov, 217),
chonoq
– tabaq (SH.Sulaymon, 149),
chanaq
– chanoq, tovoq (Tarjumon, 117),
chӓnӓq
– idish,
chini
– chanaq,
chinijajaq>chinajaq
(Nadjip, 134).
O‗zbek tilining Gurlan, Mang‗it, Yangibozor shevalarida – zarang tovoq,
turkman
tilida
chanaq
– yog‗och miska, idish,
uli chanaq
– katta miska, bir
chanaq gatik – bir idish qatiq,
qoraqalpoq shevasida
shanak
– idish,
chanak
–
kichik tovoq ma‘nolarida keladi.
Dasturxon
- o‗rtaga yozib ustiga ovqat qo‗yiladigan maxsus mato, ro‗zg‗or
buyumi. Dasturxon ma‘nosida qadimgi yodgorliklar tilida َْامٍْضَا – dasturxon (MK,
II, 58), و ْش
ِج
ٌِْ tergi – dasturxon (MK, I, 403), ―Boburnoma‖da
shira
– dasturxon
(Nazarova, Boburnoma, 170), ―Navoiy asarlari lug‗ati‖da ْْْاح ْس
ُوحْسَد
dastorxon –
dasturxon (NAL, 183) variantlarida uchraydi.
Regiondagi turkiy tillarda bu leksik birlik
dasturxon
(o‗zb.),
destuxan
(uyg‗.),
dastarqan
(qoz.),
dastorxon
(qirg‗), dasturqan (qq.),
desserxan//
dastarxan
(turkm.) ko‗rinishlarida mavjud. Dasturxon fors tilidan o‗zlashgan
bo‗lib, َْْْوح ْسَاحْسَد (dӓstarxan) – ovqat yeyiladigan dasturxon (Miller, 218)
ma‘nosini bildiradi.
To„shak
– jun, paxta, momiq singari yumshoq narsa
tiqilib yasalgan qalin
o‗rin-bosh anjomi nomi.
To‗shak qadimgi yozma yodgorliklar tilida
tushak
(Malov, PDP, 436),
to‗shak (DTS, 582),
to„shak
(MK, I, 368),
to„shak//toshak
(Attuhfa, I, 262),
31
tashak//to„shak
(Attuhfa, II, 379, 383),
toshak, toshagu
(Ibratov, 210) tarzida
qo‗llanilgan.
Sandiq
– bisot saqlash uchun xizmat qiladigan, ochilib yopiladigan qopqoqli
va
qulf-kalitli, kata yashikka o‗xshash temir yoki yog‗och – taxtadan yasalgan
to‗rtburchakli uy-ro‗zg‗or buyumi.
Sandiq
qadimgi turkiy tillar lug‗atida u
sanduy, sanduq
(DTS, 484) fonetik
variantlarda uchraydi.
Regiondagi
turkiy tillarda u
sandiq
(o‗zb.),
sanduq
(uyg‗.),
sandiq
(qoz.,
qq.),
sandiq
(qirg‗., turkm.) variantlarda ma‘lumdir.
Sandiq
so‗z birligi arab
tilidan o‗zlashgan bo‗lib, bu tilda ٌْْقُوذَض
yashik
ma‘nosida keladi.
Sandiq
o‗zbek tilida -
chi
, -
soz
affikslari bilan qo‗shilib
yangi sandiqchi,
sandiqsoz so‗zlari yasaladi va u sandiq yasovchi usta ma‘nosini ifodalaydi. -
cha
affiksi bilan kichik sandiq ma‘nosida keladi. Shuningdek, o‗zbek tilida
sandiqzada formasi yasalib u sandiqda yotaverib asli sifatini yo‗qotgan mol
(O‗til, II, 18) ma‘nosini ifodalaydi. Turkiy tillar tarixida sandiq ma‘nosida ْْهَوُا
ukӓk – sandiq (MK, I,107) so‗zi ham ishlatilgan bo‗lib, bu so‗z hozirgi zamon
qirg‗iz tilida
Do'stlaringiz bilan baham: