O„zbek tili va adabiyoti fakulteti “Himoyaga tavsiya etilsin” Fakulteti dekani



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/32
Sana16.03.2022
Hajmi1,36 Mb.
#497700
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
sultonova zilola devonul lug\'atit turk bmi

 
 
 
 
 


42 
II.”Devonu lug„otit turk”dagi narsa-buyum otlarining morfologik 
xususiyatlari 
2.1.Tub otlar 
Otlar yasalish xususiyatlariga ko`ra boshqa turkumdagi so`zlarga nisbatan 
alohida ajralib turadi. Chunonchi, otlarda yasovchi qo`shimchalar ko`p bo`lib, 
ular ishtirokida ko`plab yangi so`zlar yasalganidek, so`z qisqarishi asosida 
yangi so`zlar yasalishi ham ot turkumiga xosdir. Shu boisdan ham otlar yangi 
so`zlar hisobiga tez boyib boruvchi turkumdir. Otlar asosan
morfologik
va 
sintaktik
usullar bilan yasaladi. So`z o`zak, negiziga maxsus so`z yasovchi 
go`shimchalar qo`shish bilan ot yasalishi morfologik usul bilan yasalishdir. Ot 
yasovchi qo`shimchalar yordamida ot, sifat, son, fe`l va boshqa turkumlardan ot 
yasaladi. Masalan
, ishchi
(otdan), 
terim
(fe`l dan) , 
birlik
(sondan ),
 yaxshilik
(sifatdan). 
Bugungi kunda ko‗pgina soddalashgan otlar tarixan yasalgan otlar sirasiga 
kiradi. Jumladan, o‗zbek tilining tarixiy ildizi hisoblanmish ―Devonu lug‗otit 
turk‖da qishloq, ovloq, toshloq, o‗choq kabi bir qancha otlar yasalganlik 
xususiyatiga ega bo‗lgan. Keyinchalik til taraqqiy etavergani sayin soddalashib 
tub holiga kelib qolgan. Mahmud Koshg‗riyning ushbu qomusiy asari orqali 
o‗zbek tilining shakllanish darajasini, ilk ko‗rinishlarini bilib olishimiz mumkin 
bo‗ladi. Olim o‗zi yashayotgan davrda ikki harfdan yetti harfgacha bo‗lgan 
so‗zlar mavjud ekanligini ta‘kidlab o‗tadi. Olimning fikricha, otlar ikki turli: 
yasama ot va tub otdan iborat bo‗ladi.Fe‘llardan yasalgan otlar fe‘l oxiriga o‗n 
ikki harfdan birini qo‗shish bilan yasaladi. 
Qilich, oq kabi otlar tub otlar sirasiga kiradi. Bu xil otlar boshqa so‗zlardan 
kelib chiqmagan. Yasama otlar boshqa so‗zlardan kelib chiqadi. Bularning 
ba‘zilari turmushda qo‗llanib, eshitilib yurilgan bo‗lsa, ba‘zilari aniq emas, 
qiyosiy asosdadir. Men iste‘moldagilarini berib, muhmallari (iste‘moldan 
chiqqan, ma‘nosi noaniq) ni tashladim. Lekin muhmallarni solishtirib aniqlash 


43 
mumkin bo‗larlik qilib, quyidagicha bir qoida yaratdim: fe‘llardan yasaluvchi 
otlar quyidagi o‗n ikki harfdan birining qo‗shilishi bilan tuziladi. Bu harflar ْتْا
ْ ج
وْ ْْ َْ يْ نْ قْ غْ ش kabilardir
58
. ―Devonu lug‗otit turk‖ da keltirilgan so‗zlar 
tarkibiga nazar tashlasak, asosan, tub otlar ko‗proq ikki va uch harfli so‗zlardan 
tashkil topgan.
Tub otlarga ―Devon‖dan misollar keltirib o‗tamiz: 
ْْتَا - et, go‗sht ; 
ْْتُا ot - o‗t, o‗simlik; 
ْْتُا ot – dori, davo; ot ichtim dori ichdim; tabib ma‘nosidagi otachi so‗si shu 
so‗zdan yasalgan. 
ْْتُا ot – og‗u, zahar;
ْْصُا o‗z – yog‗; o‗zluk mo‗n – yog‗lik sho‗rva; 
ْْطَا as – yirtqich hayvonlarga tekkan parcha go‗sht; 
ْْطَا as – karkas qushi; burgut: 
Keldi menga tat, 
Aydim emdi yat, 
Qushqa bolub at, 
Seni tilar as bo‗ri. 
―Menga bir tot keldi; unga men: yot, qushlarga yem bo‗l, qushlar, qurtlar seni 
kutayotirlar, (deb uni o‗ldirdim)‖. (Mening oldimga bir uyg‗ur kofiri keldi. Seni 
yirtqichlar, bo‗rilar parchalasin, qushlarga yem bo‗lib, shunday yot dedim).
ْْقُا oq – o‗q; 
58
Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. Таржимон ва нашрга тайёрловчи С. М. Муталлибов. Тошкент: 
ФзФА нашриёти. I, 1960. –Б. 50. 


44 
قُا oq - to‗sin yoki xari; ِْيلُاْْوَا – uy o‗qi, bolor, uyning to‗sini; 
ْْقُا oq – yer va boshqa hissalarni ajratishda ishlatiladigan chek (qur‘a); 
ْ
َُْا um – ishton, lozim, shalvar; 
ًَْْا ay – to‗q sariq rangdagi bir ipak kiyimlik; 
ْْسَا
ْْق arq – chiqit, chiqindi; ٌِْلْسَاْْشَُّج – temir chiqindisi; 
ْْيوُا ul – devor va uylar poydevori. ٌٌِْوُاََْْاج tam uli – devor osti, devor poydevori. 
Mavzu yuzasidan xulosa qiladigan bo‗lsak, tub otlariga oid so‗zlar ―Devonu 
lug‗otit turk‖ning I va II jildlarida batafsil berib o‗tilgan. So‗zlar soni ko‗pligi 
sababli ayrimlarini misol keltirib o‗tish bilan cheklandik, xolos. Ammo mavzuni 
o‗rganish davomida tub otlar ichiga kiruvchi dehqonchilik, hunarmandchilik, 
uy-ro‗zg‗or buyumlari, hayvon va qushlar nomlarini ham bilib oldik. Bundan 
tashqari asarda ma‘noviy guruhiga ko‗ra aniq va mavhum otlar tasnifiga 
kiruvchi so‗zlarni ko‗rib o‗tdik.
Umuman olganda, ot so‗z turkumi nafaqat o‗n asr oldingi tilshunosligimiz, 
balki Hozirgi o‗zbek adabiy tilining ham muhim o‗rganilib kelayotgan 
obyektlaridan biridir. Bugungi kunda ushbu turkum doirasida ko‗plab ishlar olib 
borilmoqda. Biz ham ―devonu lug‗otit turk‖ dagi tub so‗zlarni o‗rganishda oz 
bo‗lsa ham , o‗z hissamizni qo‗shishga harakat qildik.

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish