Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Olmosh mustaqil so`z turkumi haqida nimalarni bilasiz?
2. Olmoshning qanday grammatik xususiyatlari mavjud?
3. Olmoshningqanday ma`no turlari bor?
4.Olmoshning qaysi ma’no turlari turlanadi?
Topshiriqlar
1-topshiriq:Gaplarni avval ot, keyin sifat, so’ng son o’rnida qo’llangan olmoshlarni aniqlang.
1.U o’ymakor eshikni qiya ochib ichkari kirdi. (Х.Sultonov)
2. O’rtog’ing yugurishda birinchi ekan, sen-chi, nechanchi o’rindasan?
3. Cholning chapdast, chaqqon o’g’li bor ekan, mening ham shunday farzandim bo’lsa edi. (Ertakdan)
4. Men ham shunday o’ydaman, fikru yodim undadir, gar o’zim har joydaman. (Y.Sulaymon)
5. Bu ish uchun senga qancha vaqt kerak?
2- topshiriq: Berilgan so’roq olmoshlarini boshqa so’zlarga almashtiring va ular ishtirokida gaplar tuzing. So’z turkumini aniqlang.
Namuna: Kim? – Тikuvchi. Opam atel’уeda tikuvchi bo’lib ishlaydi.
Kim?, qanday?, nechanchi?, nima?, nechta?, qancha?, qaysi?
Do'stlaringiz bilan baham: |