29-mavzu: Olmosh va uning grammatik xususiyatlari
Reja:
1.Olmosh mustaqil so’z turkumi haqida umumiy tushuncha
2.Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlari
3.Boshqa turkumlarga oid so’zlarning olmoshlarga ko’chishi
4.Olmoshlarning ma’no turlari
Ot, sifat, son, ravish o’rnida qo’llanadigan so’z turkumi olmosh deyiladi. Olmoshlar turlanadi, gapda ko’pincha ega, to’ldiruvchi va aniqlovchi bo’lib keladi: Hamma keldi. Bizni tabriklang. Shu kitobni bering.
Olmoshlar quyidagi grammatik xususiyatlarga ega: 1) so’z yasalish xususiyati yo’q (lekin olmoshlar asosida fe’l, ravish, sifat yasalishi mumkin: sensirama, o’zicha, menbop, hozirgi; 2) juftlanib, bosh so’z turkumi vazifasida keladi: o’sha –o’sha, shu –shu; 3) olmoshlar otlarga xos so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarni olishi mumkin: unga, shunisi;
Do'stlaringiz bilan baham: |