4.Eskirib qolgan so’zlar – kundalik hayotda ishlatilmaydigan bo’lib qolgan so’zlardir. Jamiyat to’xtovsiz rivojlanib boradi. Yillar o’tishi bilan mehnat qurollari, kiyim –kechak, uy jihozlarining yangi nusxalari paydo bo’ladi, eskilarining ba’zilari ishlatilmaydigan bo’lib qoladi, natijada ularni ifodalovchi so’zlar ham bora-bora juda kam qo’llaniladi. Eskirgan so’zlar ikkita guruhga ajratiladi:
1) tarixiy so’zlar – iste’moldan butunlay chiqib ketgan so’zlardir: mingboshi, xalfa, mo’ndi…
2) arxaik so’zlar hozirda mavjud bo’lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan atamalaridir. Bunday so’zlar iste’molan chiqish arafasida turgan, hozirgi tilda sinonimi bo’lgan so’zlardir: rayon (tuman), ekspress (tezyurar), oblast (viloyat)…
3)yangi paydo bo’lgan so’zlar – tilda hayot, fan, texnika, san’atning rivojlanishi bilan yangi paydo bo’lgan tushunchalarning nomlarini ifodalovchi so’zlardir: xokkeychi, limonzor, fermer, teleminora…
Do'stlaringiz bilan baham: |