13.Terminologik lug'atda terminlar izohlanadi.
14.Etimologik lug'atda so'zlarning kelib chiqishi, shakllanish tarixi yoritiladi. «O'zbek tilining etimologik lug'ati» 2000 yilda prof. Sh.Rahmatullayev tomonidan yaratildi.
Tayanch so`zlar: qomusiy, lingvistik, ensiklopedik, izohli, imlo, orfoepik, morfem, chastotali, ters, frazeologik, sinonimlar, antonimlar, dialektal, terminologik, etimologik.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Leksikografiya nimani o`rgatadi?
2.Lug`atlar dastlab qanday turlarga bo`linadi?
3.Lingvistik lug`atlarning qanday turlari bor?
4.Maxsus lug`atlar deganda nimani tushunasiz?
5.Umumiy lug`atlar deganda nimani tushunasiz?
6. Bir tilli va ko`p tilli lug`atlar deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |